Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
43
Ey ko‘ngul, ko‘yida ahvolimni jononimg‘a ayt,
O‘lmakimni mehnati hijronida jonimg‘a ayt.
Oh dudi,
ashk qoni, nola maddi rif’atin
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi xiromonimg‘a ayt.
Ishqining yuz ming balosinkim yoshurdum xalqdin,
Yig‘labon ul voqifi asrori pinhonimg‘a ayt.
Eyki, ko‘rdung ko‘yida ko‘nglumni ishq etgan xarob,
Xonumonimnn aloxonu alomonimg‘a ayt.
Telbarab tandin libosi ofiyatni tashlabon,
Dasht tutqan holni Majnuni uryonimg‘a ayt.
Bo‘lma dersen, nosiho, husn ahlig‘a
hayronu zor,
Mendin o‘tkil, ko‘ngul otlig‘ zori hayronimg‘a ayt.
Va’dasi ummididin bukim Navoiy berdi jon,
Ey sabo, Iso nafaslik ahdi yolg‘onimg‘a ayt.
82
Ul malaksiymoki, solmish husnidin olamg‘a o‘t,
Qayda qo‘yg‘ay solmayin jinsi bani odamg‘a o‘t.
Charx uza xurshid emaskim, bir quyosh hijronidin
Shu’lai ohim solibtur bu biyik toramg‘a o‘t.
Bazm aro qo‘ymang meni,
ey ishrat ahli, zinhor
Kim, g‘amim barqi solur yuz xotiri xurramg‘a o‘t.
Har damim bir o‘tlug‘ oh o‘lsa, taajjub qilmangiz,
Hajr so‘zidin tutashibtur bu issig‘ damg‘a o‘t.
Zulfi sohirdurki, o‘tluq orazi uzra tushub,
Solmadi yuz shu’lasi ul turrai purxamg‘a o‘t.
Ko‘kta
ul shakli mudavvarkim, ko‘rubsen, shu’laliq,
Tushmish ul yuz lam’asidin nayyiri a’zamg‘a o‘t.
Zaxmlig‘ ko‘nglum o‘tig‘a marham etmas naf’kim,
Yaradin momuqqa, momuqdin tushar marhamg‘a o‘t.
Dayr ichinda durd ichar sing‘am safolim rashkidin,
Otashin may lam’asidin tushtn jomi Jamg‘a o‘t.
Hajr so‘zidin degan nazming, Navoiy buylakim,
Tutti olamni ajab gar solmag‘ay olamg‘a o‘t.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: