Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
Husnining ani ko‘ngul oshubi bo‘ldikim, solur
Kulgudin zaxmig‘a shirinkorlig‘ onida tuz. 
Tuzmasa tong yo‘q ko‘ngulkim, ul malohat konining,
Ishvasi to‘ldurmish aning zaxmi pinhonida tuz. 
Novaki zaxmida og‘riqdin achishmoqdur fuzun,
Muzmar etmishlar magar su birla paykonida tuz. 
Achig‘-achig‘ yig‘lamay naylay iki la’ling uchun
Kim, xayoli soldi ko‘zlar ashki g‘altonida tuz. 
Ul malohat koni ishqidin qayon borsam, kelur
Do‘stlar, ollimg‘a rasvolig‘ biyobonida tuz. 
Ey Navoiy, ne ajab solsa chuchuk jonimg‘a so‘z,
Chunki bor ul no‘shlabning shakkaristonida tuz. 
214 
Ey visol ahli, mening holim ko‘rub, rahm aylangiz,
Yor zulmi gah-gahi yetsa, shikoyat qilmangiz. 
Ey ibodat xayli, pandim bergucha tengri uchun,
Yorg‘a rahmu manga sabru tahammul istangiz. 
Aqlu sabru zuhdu taqvo jonima qilmang g‘ulu,
Chiqti mast ul sho‘x, turmay emdi har yon butrangiz. 
Ko‘zu ko‘nglumdin edi ranjim ani ko‘r ayladim,
Bo‘lsa bu devona paydo o‘tqa solib o‘rtangiz. 
Men fano dashtida tufrog‘ o‘lsam, ey ahli niyoz,
Ishlarim dostonlarin olmoqqa talqin asrangiz. 
Egma qaddim xam bo‘lub turmoq uchun, ey sho‘xlar,
Yaxshidur cholokliklar birla sekrib o‘ynangiz. 
Bir pariyvash ishqidin miskin Navoiydur biling,
Dasht aro oshuftayu majnun sifatliq ko‘rsangiz. 
215 
Ishq sirrig‘a amin kimsa xayol aylamangiz,
Qismingiz xalqdin anduhu malol aylamangiz. 
Asray olmay o‘zunguz, chunki tilarsiz hamroz,
Topmag‘i mumkin emas, fikri mahol aylamangiz. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
Xo‘blar turrai oshuftasig‘a mayl etmang,
Ko‘nglunguzni kuch ila shiftahol aylamangiz. 
Gulda yo‘q bo‘yi vafo, sham’da yo‘q shu’lai mehr,
O‘zni bulbulvashu parvona misol aylamangiz. 
Dilbarim chiqqusi xurshiddek, ey mahvashlar,
Haddingizni bilib, izhori jamol aylamangiz. 
Ko‘rkaboylarg‘a gado bo‘ldunguz, ey ishq ahli,
Bu g‘anilarg‘a vafo naqdi savol aylamangiz. 
Tarki nshq etti Navoiy, tutubon taqvoyu zuhd,
Ey sanamlar, anga ko‘p g‘anju dalol aylamangiz. 
216 
Sarv kim ko‘rdi aning ustida mohi dilnavoz,
Oy qachon qildi tulu’ — ostida aning sarvinoz. 
Ma’ni ahlida bu surat zohir o‘ldi har qachon 
Kim, shabiston ichra qildi jilva ul sham’i tiroz. 
Ne g‘arobatlar ekin ul oydakim, har dam qolur
Husnining har diqqati kashfida hayron ahli roz. 
Beadad nozi bila behad niyozim sharhida,
Daftare yozib, otin qo‘ymoq bo‘lur «Nozu niyoz». 
To xayoling ko‘zdadur, ko‘z uyi go‘yo Ka’badur 
Kim, turub atrofidin kirpiklarim aylar namoz. 
Demang, ul sho‘xi balo usruk yetishti, qil hazar,
Vah, netaykim, bu balodin aylayolmon ehtiroz. 
Ey Navoiy, qalbu jon naqdin magar pok o‘ynading,
Ul muqomir shevag‘akim bo‘ldi oting pokboz. 
217 
Rozi ermasmen, ko‘ngul chokini payvand etsangiz,
Qolg‘anin ham koshki parkand-parkand etsangiz. 
Itlari ollida solibkim meni, ul ko‘ydin
Qovmaq istarlar, dame mashg‘ulu xursand etsangiz. 
Qayd etarda ul pariy ko‘yida men devonani,
Itlari zanjiri birla koshki band etsangiz. 
So‘rmog‘img‘a kelsa Majnun netti, ey ahli junun,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin