Oddiy geometrik yasash elementlarini yasash qonun qoidalari


-chizma (Aylanani teng 3 va 4 bo’lakka bo’lish)  Aylanani teng besh boʻlakka boʻlish



Yüklə 329,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix04.02.2023
ölçüsü329,3 Kb.
#82822
1   2   3   4
HcHC6KoSAo zEWUYiOWuNEr4KgTTRGay

 
4-chizma (Aylanani teng 3 va 4 bo’lakka bo’lish) 
Aylanani teng besh boʻlakka boʻlish. 1- holat. Aylananing vertical oʻqida 1, 
gorizontal oʻqida A nuqta belgilanadi. OA kesmani teng ikkiga boʻluvchi O₁ nuqta 
aniqlanadi. Sirkul ignasini O₁ ga qoʻyib R₁(R₁=O₁1) radiusda yoy chiziladi va uni 
gorizontal oʻqni kesgan N nuqtasi topiladi. Hosil boʻlgan 1N masofa aylanani teng 
beshga boʻluvchi vatar uzunligi hisoblanadi. Demak, 1 nuqtadan R₂(R₂=1N) radiusda 
yoy chizib uni aylana bilan kesishgan 2 va 5 nuqtalari aniqlanadi. Aniqlangan 2 va 5 
nuqtalardan ham R₂ radiusda yoylar chizilib, aylanada 3 va 4 nuqtalar topiladi. Bu 1, 
2, 3, 4, 5 nuqtalar aylanani teng besh boʻlakka boʻlib, ularni oʻzaro tutashtirishdan 
hosil boʻlgan 12345 tekis shakil esa muntazam beshburchak hisoblanadi(5-chizma, 
a). 2- holat. Aylananing gorizontal oʻqidagi OA kesmani teng ikkiga boʻluvchi O₁ 
nuqta aniqlanadi va undan R₁(R₁=O₁ O=O₁A) radiusda aylana chiziladi (5-chizma, a). 
Vertikal oʻqning pastida joylashgan M nuqtani O₁ bilan tutashtiruvchi chiziq R₁ 
radiusli aylanani N nuqtada kesadi. Sirkul ignasini M nuqtaga qoʻyib R₂ (R₂=MN) 
radiusda yoy chizib, uni aylana bilan kesishgan 1 va 2 nuqtalari aniqlanadi. 
Aniqlangan 12 kesma aylanani teng beshga boʻluvchi masofa uzunligi hisoblanadi. 2 
nuqtadan R₃(R₃=12) radiusda ketma-ket yoylar chizib, uni aylana bilan kesishgan 


3,4,5 nuqtalari belgilanadi va bu nuqtalar aylanani teng besh boʻlakka boʻladi (5-
chizma, b). 
a) b) 
5-chizma (Aylanani teng 5 bo’lakka bo’lish) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 329,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin