Oddiy geometrik yasash elementlarini yasash qonun qoidalari


To‘gʻri burchakni teng uch boʻlakka boʻlish



Yüklə 329,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix04.02.2023
ölçüsü329,3 Kb.
#82822
1   2   3   4
HcHC6KoSAo zEWUYiOWuNEr4KgTTRGay

To‘gʻri burchakni teng uch boʻlakka boʻlish. 3chizma a, b va v larda CAB 
toʻgʻri burchakni teng uchga boʻlish koʻrsatilgan. Buning uchun 30º x 90ºx60º li 
uchta uchburchaklikni bir-biriga taqab qoʻyish, ularning gipitenuzalarida belgilangan 
1 va 2 nuqtalarni to‘gʻri burchakning A uchi bilan tutashtirish orqali ushbu burchak 
teng uch boʻlakka boʻlinadi. 3-chizma 


3-chizma (To‘gʻri burchakni teng uch boʻlakka boʻlish) 
Bu ishni sirkul yordamida bajarish uchun esa A nuqtadan ixtiyoriy R radiusda 
yoy chizib, uni burchak tomonlarini kesgan 1 va 2 nuqtalari belgilanadi. 1 va 2 
nuqtalardan ham R radiusda yoylar (R=1A=2A) chiziladi. Bu yoylar A nuqtadan turib 
chizilgan yoy bilan oʻzaro kesishib 3 va 4 nuqtalarni beradi. 3 va 4 nuqtalarni to‘gʻri 
burchak uchi – A nuqta bilan tutashtirish orqali CAB to‘gʻri burchak teng uch 
boʻlakka boʻlinadi (3-chizma, b). 3-chizma, v da to‘gʻri burchakni teng uchga 
boʻlishning tugallangan holati koʻrsatilgan. 
Aylanani teng uchga boʻlish. 1-holat O markazdan R radiusda aylana chizib, 
uning vertikal va gorizantal markaziy oʻqlari oʻtkaziladi. Vertikal oʻqning yuqorisida 
1 nuqta pastida A nuqta tanlanadi. Nuqta 1 biz qurmoqchi boʻlgan muntazam 
uchburchakning bir uchi boʻlsin. Tanlangan A nuqtadan R (R=OA) radiusda yoy 
chizib, uning aylana bilan kesishgan 2 va 3 nuqtalari belgilanadi. Tasvirdagi 1,2 va 3 
nuqtalar aylanani teng uchga boʻluvchi nuqtalar boʻlib, ularni oʻzaro tutashtirishdan 
hosil boʻlgan geometrik figura muntazam uchburchak hisoblanadi. (4– chizma ) 
Aylanani teng toʻrt boʻlakka boʻlish. 1-holat. Aylana markazi dan markaziy 
oʻqlar oʻtkaziladi. Oʻqlarning aylana bilan kesishgan 1,2,3 va 4 nuqtalari aylanani 
teng toʻrt boʻlakka boladi. Bu nuqtalarni tutashtiruvchi geometrik figura aylanaga 
ichki chizilgan muntazam to‘gʻri toʻrtburchak (kvadrat) hisoblanadi (4-chizma, a). 2- 
holat. Aylananing markaziy oʻqlari oʻtkazilib, ularni aylana bilan kesishgan O₁, O₂, 
O₃, O₄ nuqtalari aniqlanadi. Bu nuqtalarni markaz qilib, ulardan R(R= O₁ O= O₂ O= 
O₃ O= O₄) radiusda yoylar chiziladi. Bu yoylarning kesishgan nuqtalari aniqlanadi. 


Aniqlangan nuqtalar mos ravishda oʻzaro tutashtirilsa, ular O markazdan oʻtadi va 
aylanani 1,2,3,4 nuqtalarda kesib oʻtadi hamda uni teng toʻrt boʻlakka boʻladi. Hosil 
boʻlgan 1,2,3 va 4 nuqtalarni tutashtiruvchi tekis shakl muntazam to‘gʻri to‘rtburchak 
(kvadrat) ni tashkilqiladi (4-chizma, b). 

Yüklə 329,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin