O`ZBEKISTON RESPUPLIKASI OLIY VA
O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI
JIZZAX VILOYATI A.QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
SIRTQI BO`LIM «TASVIRIY SAN`AT VA
MUHANDISLIK GRAFIKASI»
YO`NALISHI
4-bosqich 801-guruh talabasi
DJumayeva Shaxloning
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o’qitish
metodikasi fanidan bajargan
2-AMALIY MASHG’ULOT TOPSHIRIG’I
Bajardi: DJumayeva Shaxlo
Qabul qildi: Rashid Zulfiyev
2022-2023 o’quv yili
DJumayeva Shaxlo Isomovna
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o’qitish
metodikasi
2-amaliy mashg’ulot topshirig’i
REJA:
1.Tasviriy san’at o‘qitishning didaktik prinsiplari mohiyati va ta’limda
qo‘llaniladigan prinsiplar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berish.
2. Tasviriy san’at ta’limida qo‘llaniladigan didaktik prinsiplarni ketma-ketligi
haqida tushunchalar berish.
3.Didaktik prinsiplar va ularni tasviriy san’atni o‘qitishdagi ahamiyati.
4.Tasviriy san’atni o‘qitishda didaktik prinsiplarning o‘ziga xos xususiyatlari
Didaktik prinsiplarsiz umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`at
darslarini tasavvur qilib bo`lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy
bog`lagan Holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta`lim va tarbiyaning
samarali bo`lishiga erishish mumkin. Didaktik prinsiplar va ularning asosiy
masalalari Evropaning buyuk pedagog-olimlari YA.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G.
Pestalotssilar tomonidan ishlab chiqilgan. SHuningdek, didaktik prinsiplarni ishlab
chiqishda F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar Ham katta Hissa qo`shganlar. Ular
tomonidan ilgari surilgan g`oya Hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil
etadi.Didaktik prinsiplar Hisoblangan ta`lim va tarbiyaning birligi, ko`rgazmalilik,
ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va ketma-ketlilik, ta`lim mazmunini
bolalarning kuchi va yoshiga mos bo`lishi maktabda tasviriy san`atni o`qitishda
aloHida aHamiyat kasb etadi.
Maktabda tasviriy san`atni o`qitishda didaktik prinsiplar professorlar
N.N.Rostovsev, V.S.Kuzin, R.Hasanovlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Ta`lim va tarbiya birligi prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan
Hisoblanadi va bu tasviriy san`atni o`qitish jarayonida aloHida aHamiyat kasb
etadi. Ma`lumki, bugungi kunda ta`lim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri
o`quvchilarni milliy istiqlol mafkurasi ruHida tarbiyalash Hisoblanadi.
O`. Tansiqboevning “Jonajon o`lka”, X. RaHmonovning “May tongi”, N.
Karaxanning “Oltin kuz”, Z. Inog`omovning “CHoyga”, YU.Elizarovning
“Natyurmot” kabi asarlarida O`zbekiston ko`rk-jamoli yorqin aks ettirilgan.
O`quvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirishda bolalarda ona-vatanimizga
bo`lgan ilk muHabbat paydo bo`ladi, shu zaylda ularda ona-vatanga, o`lkaga
nisbatan meHr-muHabbat tuyg`ulari yanada kuchayadi.
Tasviriy san`at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani
amalga oshirish imkoniyatlari Ham katta va u turli mavzularda kompozitsiya
ishlash, boshqa millat va xalqlar Hayotini ifodalovchi suratlarning
reproduksiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan illyustratsiyalarni namoyish etish
orqali amalga oshiriladi.
“MeHmonlarimiz”, “CHet el delegatsiyasini kutib olish”, “Turistlar” mavzularida
rasm chizdirish yuzasidan o`tkaziladigan suHbatlarda o`quvchilar ongiga
millatlararo totuvlik, do`stlik tushunchalarini singdirishga Harakat qilinadi. Asar
mazmunini ochishga yordamlashuvchi suHbatlar, turli millat va xalqlarning
qiyofalarini tasavvur etish, bolalar ijodining takomillashuviga, tasavvurlarining
boyishiga olib keladi.
Turli millat yozuvchilarining asarlari va xalqlarining og`zaki ijodiga xos
illyustratsiyalar o`quvchilarga boshqa millatlarning Hayoti, orzusi, g`oyalari bilan
tanishish, sevish va tushunish imkonini beradi.
Tasviriy san`at atrof-muHitni His etish, undagi voqea va Hodisalarni o`ziga
xos jiHatlarini bilishni talab etadi. SHu boisdan tasviriy san`at darslarida
o`quvchilar chiziqli va Havo perspektivasi, yorug`soya, rangshunoslik,
kompozitsiya qonunlarini yaxshi bilishlari talab etiladi. SHuningdek, odam va
Hayvonlarning plastik anatomiyasi Haqida etarlicha ma`lumotlarga Ham ega
bo`lishlari lozim. Tasviriy san`at dasturida o`quvchilarning bu qonunlarni
o`zlashtirishlari ko`zda tutiladi. Perspektiva qonunlarini o`zlashtirmasdan realistik
tasvir yaratish mumkin emas, desak mubolag`a bo`lmaydi. Rassom yoki
o`quvchining rasm chizish uslubi Har xil bo`lishi mumkin, lekin rasm yoki san`at
asarlarining qurilishi bir xil, ilmiy asosda bo`lishi shart. Perspektiva qonunlari
Hisoblangan chiziqli va Havo perspektivasi, ufq chizig`i, kesishish nuqtasi,
kuzatish nuqtasi, buyumni bir yoki ikki kuzatish nuqtasi asosida rasmini ishlash,
o`lchovlarni o`zgarish perspektivasi, och-to`qlikni o`zgarish perspektivasi,
ranglarni o`zgarish perspektivasi, shakl va chegaralardagi aniqlikni kamayishi
perspektivasi v.b. realistik rasm ishlashga o`rgatishning asosini tashkil etadi.
Ilmiylik prinsipi tasviriy san`at o`qituvchilaridan dars jarayonida va sinfdan
tashqari ishlarda o`quvchilarga berilayotgan barcha material va ma`lumotlar ilmiy
bo`lishligini, maktab amaliyotida tekshirilgan Hamda o`quvchilarning yosh
xususiyatlariga mos bo`lishligini talab etadi.
Ko`rgazmalilik prinsipi tasviriy san`atni o`qitishda borliqdagi narsa va
Hodisalarning mohiyatini bilishga, uning xarakterli xususiyatlari va
qonuniyatlarini o`rganishga ko`maklashadi.Naturani o`rganish chog`ida (sinfda va
plenerda) o`quvchilarning kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari
rivojlanadi.
O`qituvchida Har doim Ham o`rganilayotgan ob`ektni ko`rsatish imkoni
bo`lavermaydi, bunday Hollarda unga ko`rgazmalilik yordam beradi. Bu esa
o`quvchilarda mazkur soHaga bo`lgan qiziqishni jonlantiradi.
O`quvchi naturadan rasm chizish jarayonida doim izlanadi, shakllarni
solishtiradi, naturaning tuzilishi, o`lchovlari, shakllari, rangi kabilarni bilib oladi.
SHubHasiz, bularning Hammasi o`quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlanishiga
olib keladi.
Ma`lumki, bolalarda fikrlash konkretlikdan abstraktlikka borish jarayonida
rivojlanadi. Tushuncha va obstrakt qoidalar ma`lum dalil, misol va obrazlar bilan
mustaHkamlangandagina o`quvchilar ongiga oson etib boradi.
Ko`rgazmalilik tasviriy san`at darslarida boshqa o`quv predmetlaridagidek
yordamchi emas, balki o`quvchilarda tushuncha va tasavvurlar Hosil qiluvchi
asosiy materialdir.
Naturaning o`ziga qarab rasm chizish darslarida uni naturasiz tasavvur etib
bo`lmaydi, bu o`rinda tasviriy san`at darslarida ko`rgazmalilik prinsipining roli
juda katta.
Dostları ilə paylaş: |