1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
1. Inson faoliyati va hayvonlar xatti -harakatlari o`rtasida qanday farqlar mavjud? 
2. Bolalar nima uchun o`ynaydilar? 
3. Malakalarning qanday turlari bor? 
4. Faoliyat tarkibiga nimalar kiradi? 
5.Faoliyatni o`zlashtirishdagi asosiy bosqichlarni sanang. 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
1. Shaxs faolligining manbai nima? 
a) instinktlar; b) ehtiyojlar; 
v) motivlar
g) maqsad. 
2. Maqsad nima? 
a) faoliyatning tarkibiy qismi; 
b) ehtiyojlarning qondirilishi
v) ehtiyojlarning ruyobga chiqishi; g) faoliyatning so`nggi natijasi. 
3. Faoliyat jarayonida sezgi a`zolari qanday vazifani bajaradi? 
a) ijro etish; b) nazorat qilish
v) boshqarish;
g) kuzatish. 
 
5 - mavzu: Muloqot psixologiyasi 
Reja: 
1. Muloqot haqida tushuncha. 
2. Muloqot turlari va vazifalari. 
3. Muloqotning verbal va noverbal vositalari. 
4. Muloqot - shaxslararo o`zaro ta`sir etish. 
5. Muloqot insonlarning bir - birini tushunishi. 
6. Muloqot texnikasi va usullari 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
Afaziya — bosh miya po`stloq qismidagi markazlar faoliyatining shikastlanishi natijasida nutqning 
buzilishi. 
Dialogik nutq — ikki yoki undan ortiq ishtiroqchilar birday faol bo`lgan nutq turi. 


Ichki nutq — insonning tovushsiz nutq faoliyatining o`ziga xos turi, tafakkurning asosiy quroli. 
Identifikatsiya — o`zini boshqa kishining o`rniga qo`yish orqali unga tenglashtirish. 
Kommunikatsiya (psixologiyada) — til yoki boshqa belgilar vositasida axborot berish. 
Muloqot — ikki yoki undan ortiq kishilar o`rtasidagi axborot ayirboshlash, o`zaro ta`sir va bir - birini 
tushunishdan iborot jarayon. 
Monologik nutq — bir kishining o`ziga yoki boshqalarga yo`naltirilgan nutqi. 
Refleksiya — sub`ektning u bilan munosabatga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini 
anglab etish. 
Stereotiplashtirish — xulq - atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma`lum va mashhur deb 
sanalgan, ya`ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning 
sabablarini izohlash. 
Til — so`z belgilari yig`indisi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin