1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Muloqotning turlari va vazifalari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

2. Muloqotning turlari va vazifalari. 
Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular bilan 
munosabatga kirishishi, aloqa o`rnatishi, o`zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga 
mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoliyatning bir tomoni, uning axborot aspekti-
kommunikatsiya sifatida namoyon bo`ladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson o`zi yasagan 
predmetda o`zini “translyatsiya” qiladi, ya`ni o`zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet 
(ko`rilgan bino, yozilgan qatorlar, o`tkazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan 
inson o`zini ko`rsatadigan vositadir. CHunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. SHunday qilib, 


faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin 
muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashqil etadi. 
3. Muloqotning verbal va noverbal vositalari 
Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o`rtasidagi kommunikatsiyani ta`minlaydi, 
chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot 
beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (retsipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi 
kerak, aks holda bir - birini to`g`ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga 
tushunarli belgi va mazmunga ega bo`lishi kerak. Til so`z belgilari yig`indisidan iboratdir. So`zning 
ma`nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir alohida odamning harakatlari va faoliyatlarini alohida 
odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir 
muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy -tarixiy tajribasi belgilaydi. Kichkina bola dunyoni 
mustaqil ravishda bilab olmaydi, u ota - onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu 
javoblardan bola o`z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini 
oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so`z belgilari tizimida 
hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo`ladi, o`quvchi olam haqida barcha bilimlarni 
o`qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya`ni til yordamida o`zlashtiradi. Bu erda til o`zining 
muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya`ni yashash vositasi ijtimoiy -tarixiy tajribani berish va 
o`zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo`ladi. Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish -harakati va 
faoliyati ko`pincha ijtimoiy qiymatga ega bo`lmagan o`zga kishilarning bevosita tajribalari belgilaydi. 
Masalan, men oshxona tomon yo`l olaman. Yo`lda o`rtog`im uchrab menga: “oshxona yopilgan”, deydi. 
SHu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma`lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona 
tomon jo`nayman. Bu erda til o`zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya`ni vosita yoki kommunikatsiya 
usuli yoki olamning xatti -harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo`ladi. Natijada har 
qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta`sir qilishdan iboratdir. Uchinchidan, 
har bir alohida odamning ish -harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi 
belgilaydi. Odamning “shaxsiy” tajribasi, o`z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va 
ijtimoiy tajribaning o`ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli ularoq, o`z harakatlarini 
rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirishdan va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli 
tildir. Bu erda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning ( idrok, xotira tafakkur, xayol) quroli 
sifatidagi vazifasiga to`qnash keldik. So`z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi. 
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy -tarixiy tajribani o`zlashtirish va avlodlarga berish yoki 
kommunikatsiya o`rnatish o`z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til 
aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining o`zidir. Nutq faoliyatining 
faol va passiv turlari farqlanadi: So`zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi esa passiv nutq 
hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bo`linadi. Tashqi nutq-yozma va og`zaki nutqka, ogzaki nutq esa 
monolog va dialogik nutqqa bo`linadi. Monolog - bir kishining o`ziga yoki boshqalarga qaratilgan 
nutqidir. Bu o`qituvchining bayoni, o`quvchining to`laroq javobi, ma`ruza va boshqalardir. Monologik 
nutq ma`lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik 
qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e`tibor berish kerak. Dialogik 
nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda o`qituvchilar o`quvchilarda monologik 
nutqni rivojlantirishga alohida e`tibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar o`rtasidagi nutq 
dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko`p jihatdan undan oldingi fikrga bog`liq 
bo`ladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma`lum bo`lgan ayrim so`zlar tushirib qoldiriladi. SHuning 
uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo`lmasligi mumkin. Dialogik nutqda har xil 
turdagi shablonlar, ya`ni odatlanib qolingan so`z birikmasi ko`p uchraydi (qoyil, marhamat qilib 
aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq 
amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon bo`ladi. Biz so`zni chala - yarim 
aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim og`zaki nutq aktlaridan ilgariroq, xuso`san 
ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq bo`lgan og`zaki nutqdan ilgariroq sodir bo`lishi mumkin. YOzma 
nutq monologik nutqning turlaridan biri bo`lib yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir. 
Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko`z yosh, kulgu 
va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - so`zni to`ldiradi, kuchaytiradi va ba`zan uning 
o`rnini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo`q degani, ruslarniki teskarisi bo`ladi. Turli yosh 
guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo`ladi. Masalan, bolalar ko`pincha kattalarga 
ta`sir etish, ularga o`z xohish va kayfiyatlarini o`tkazishda yig`idan vosita sifatida foydalanadilar. 


Axborotni so`z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining 
mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. Bu ayniqsa pedagog uchun g`oyat muhimdir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin