1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Muloqot kishilarning bir -birini tushunishi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

5. Muloqot kishilarning bir -birini tushunishi 
Muloqotning pertseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho 
berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo`ladigan faoliyat, aloqa 
istiqbolini aniqroq belgilab oladi. 
Kishini kishi tomonidan idrok qilish mexanizmi. Muomala jarayonida kamida ikki kishi ishtiroq etadi. 
Kishining qiyofasi, xatti - harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir -birini idrok 
qilishda quyidagi mexanizmlar g`oyat muhimdir: 
a) identifikatsiya; 
b) refleksiya; 
v) stereotipizatsiya. 
Identifikatsiya (lotincha tenglashtirish) tasnifini u kishiga tenglashtirish, baravarlash. 
Refleksiya — (lotincha aks ettirish) - o`z fikr va kechinmalarini tahlil qilish va mulohaza yuritish, ya`ni 
muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan 
idrok qilishini ikqilangan oynadagi aks ettirishga o`xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar 
ekan, shu bilan birga o`zini ham aks ettiradi, agar kishi o`zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to`liq, 
ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo`lsa, ular bilan bexato aniqlikda o`zaro ta`sir o`rnatishi mumkin. 
Biroq sub`ekt hamma vaqt bunday aniq ma`lumotga ega emas. SHuning uchun u boshqalar xatti - 
harakatining sabablarini o`ylab chiqishga majbur bo`ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish 
uchun faoliyat motivlari, his - tuyg`ular, intilish va fikrlashning o`ylab chiqarilishi kauzal atributsiya deb 
ataladi. O`qituvchilar tomonidan bola harakatlarining shunday sababini talqin qilinishi maktabdagi 
pedagogik muomalani qiyinlashtiradi. Stereotipizatsiya — grekcha o`zgarishsiz, takrorlanish degan 
ma`noni bildiradi. Stereotipizatsiya mos ma`lum yoki taxminan ma`lum bo`lgan voqealarni tiklash, nisbat 
berish yo`li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash demakdir. Ba`zan muomala 
jarayonida noto`g`ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o`tkazilgan suhbatga 
ko`ra kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi 
tasdiqlandi. So`ralgan 72 kishining 9 tasi kvadrat ko`rinishiga ega bo`lganlar kuchli, irodali, 17 kishi 
peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar engilmas, bo`ysunmas xarakterga ega. 5 kishi bo`yi 
o`rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 


kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o`zini sevuvchi kishilar bo`ladi, deb tasdiqlagan. Begona kishini 
idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi muhim 
o`rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o`tkazilgan tadqiqot bunga misol bo`la oladi. 400 ta 
o`qituvchilarga baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 tasi salbiy xunuk, 
yoqimsiz deb berganlar. ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini ta`riflash so`ralgan edi. 
Afsuski baholarning sub`ektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog`liqdir. Muloqotda qayta 
axborot. Muloqot muvaffaqiyatli bo`lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo`lishi - sub`ekt o`zaro 
ta`sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o`zi uzatgan axborotni retsipient qanday qabul 
qilishini va qanday munosabatda bo`layotganligini qayta axborot ma`lumotlariga asoslanib bilib oladi. 
Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir -birini tushunishning asosiy shartidir. Agar 
o`qituvchi o`quvchilarni uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa pedagogik 
munosabat yaxshi bo`lmaydi. Ayniqsa, ma`ruza o`tayotganda bu juda muhimdir. 
Muloqot treningi. Trening - inglizcha maxsus rejim, trenirovka degan ma`noni bildiradi. Kishilarda 
muloqot malakalari tasodifan yoki ta`lim mahsuli sifatida shakllanib boradi. Masalan, o`quvchilar to`liq 
javob berishga, o`zidan kattaga munosabat qilganda o`rnidan turishga o`rganib boriladi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin