1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

2. Shaxsning faolligi 
Shaxs o`zining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo`ladi. Shaxsning 
faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan 
faqat odamlar emas, hayvonlar ham o`zaro munosabatda bo`ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga 
moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o`zgartirishga ham qodirlar. 
Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo`ladi. XX asr boshlarida yashagan 
avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan nasliy 
yo`l bilan o`tgan instinktiv mayllarning namoyon bo`lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan jinsiy 
instinktlar shaklida namoyon bo`ladi”. Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog`laydi. 
Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to`g`ri hal qilib beradi. Ularning fikricha, inson 
shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlaridadir. Odamning ehtiyojlari faollik ko`rsatishga 
undaydi. ehtiyoj - shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo`ladigan va uning aniq yashash 
sharoitiga bog`liqligini ifodalovchi holatdir. ehtiyojlar paydo bo`lishiga ko`ra, moddiy (tabiiy) va 
ma`naviy (madaniy) ehtiyojlarga bo`linadi. Moddiy ehtiyojlarga uxlash, jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq 
va sovuqdan saqlanish, uy - joyga bo`lgan ehtiyojlar kiradi. Ma`naviy ehtiyojlarga kishilarning ijtimoiy 
ong mahsulotlariga bo`lgan muhtojligi kiradi. Bunday ehtiyojlarga - o`zaro suhbatlashish, kitob o`qish, 
kino - teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi. Biz moddiy ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar 
asosida qondiramiz. Moddiy va ma`naviy ehtiyojlar albatta qondirilishi shart. 
Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo`ladi. Qiziqish- shaxsning oliy nerv 
faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan bog`liq bo`lgan munosabatidir. Qiziqishlar 
moddiy, ma`naviy, salbiy, ijobiy, davomli, qisqa muddatli bo`ladi. qiziqishlar asosida shaxsning 
dunyoqarashi va ishonch - e`tiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz 
kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining o`z motivlari bo`ladi. MOTIV - ma`lum ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog`liq bo`lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining moxiyatini 
tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning namoyon bo`lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan 
bog`liqdir. SHuning uchun motivlar bir - biridan ehtiyoj turiga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy 
ehtiyojning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar yoki ma`naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan 
bog`liq bo`lgan motivlar bo`lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. 
Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o`sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. 
Demak, motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sabablardir. Xatti 
- harakatlarning muhim motivi e`tiqoddir. e`TIqOD - shaxsni o`z qarashlari , tamoyillari, 
dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar ham 
xatti - harakat motivlari bo`lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo`lmagan yashash va taraqqiy 
etish sharoitlarida ehtiyojlar o`z ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng 
ko`p o`rganilgan masala ko`rsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N. Uznadze va uning 
xodimlari tomonidan ishlangan. Ko`rsatma berish deganda, bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan 
ehtiyojlarni ma`lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Masalan, talabalar o`qituvchilar 
beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin