yorug`likni sezish kiradi. Ranglar xromatik, axromatik turga bo`lindi. YOrug`lik nurlari shisha prizma
orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deyiladi. Xromatik ranglarga kamalakdagi
etti xil rang kiradi. Axromatik ranglarga oq va kulrang kiradi. Nimaning aksi sariq dog`ga tushsa o`sha
narsani hamma narsadan ko`ra ravshanroq ko`ramiz. Ko`rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab
yorug`likdir. Odam ko`zi sezadigan ranglar taxminan 380 millimikrondan, 780 mm gacha o`zunlikda
to`lqinlarni ta`siri bilan hosil bo`ladi. eng o`zun to`lqinlar qizil rang sezgisi hosil qiladi. eng qisqa
to`lqinlar binafsha rang hosil qiladi. “SHapko`rlik” da tayoqchalar sust ishlaydi, yoki butunlay
ishlamaydi. “Rang ajrata olmaslik” xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat.
Ba`zi kishilar faqat axromatik kul rangni ko`radi. Bunday hodisa erkaqlarda 4%, ayollarda 0,5% uchraydi.
Bo`nga sabab, ko`zning to`r pardalaridagi qolbachalar ishlamaydi. Masalan: ilon, kaltakesak, kabutar,
tovuqlarning to`r pardasida faqat qolbachalar bo`ladi. eshitish sezgilarining fizik sababi havo
to`lqinlarining harakati bo`lib, bu havo to`lqinlari tovush chiqaruvchi to`lqinlar tebranganda hosil bo`ladi.
To`lqinlarning tekis harakatlaridan musiqaviy, notekis harakatlaridan shovqinli tovushlar hosil bo`ladi.
Odamning eshitish organi bir sekundda 16 martadan 20000 martagacha tebranishlagi tovushlarni qabul
eta oladi. Hid bilish sezgilari. Burun kovagining yuqori qismida joylashgan hid bilish (sezgilar)
retseptorlari hid bilish e`zosi hisoblanadi. Havo bilan birga burun kovagiga to`shadigan hidli moddalar
zarrachalari hid bilish analizatorlarining asosiy qismlaridir. Ta`m bilish sezgilari. Ta`m bilish
retseptorlariga so`lakda va suvda eruvchi moddalarning ximiyaviy xossasi kiradi. Ta`m bilish
so`rg`ichlari til yuzasida, tanglaydi, milkda va xalqumning yuqori qismiga joylashgan. Ta`m bilish
sezgilari ta`m bilish retseptorlari hisoblanadi. Ta`m bilish sezgilari 4 ta sifatga ega: shirin, nordon, sho`r
va achchiq.
Teri sezgilari: Burun va og`iz shilliq pardasi, terisiga mexanik va termik qo`zg`atuvchining ta`siridan
sezgining quyidagi turlari kelib chiqadi:
a) taktil sezgilar (biror narsaning tegishini sezish); b) sovuqni sezish; v) issiqni sezish; g) og`riqni sezish;
Biror narsani tegishini til uchi va barmoqlar uchi bilan yaxshi sezamiz. Muskul - harakat sezgilari va
statik sezgilar Bunga og`irlikni his qilish sezgilari, qarshilikni, ayrim a`zolarning harakatini bilish
sezgilari kiradi. Bu sezgilarning fizik sababi gavdalarimizning harakatlaridir. Statik sezgilar
gavdamizning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgilari deyiladi. Bu statik sezgilar uchun
ichki quloq daxlizi va ichki quloqdagi endolimfa nomli suyuqlik bilan to`lgan yarim doira kanallari
retseptor vazifasini bajaradi. endolimfada sezuvchi nerv tarmoqlari bor, u organizmning fazodagi
harakatini va holatini idora etadi. Organizm harakatlanganda endolimfa tebranib, ana shu nervni
qo`zg`aydi, muvozanat a`zosi zararlansa muvozanat saqlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: