1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

III. Idrokning tasnifi 
Ma`lumki, idrok sezgi a`zolari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi a`zosi 
ishtiroq etishi mumkin. Lekin ulardan biri eng muhim o`rinda turadi. Masalan, suratni idrok qilishda 
ko`rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi bosh o`rinda turadi. Idrok jarayonida qaysi 
sezgi a`zosining etakchilik rolini o`ynashiga qarab idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan: 
ko`rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta`m bilish idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning 
aralash turi ham mavjud bo`lib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtiroq etadi. Masalan, kinofil’mni 
idrok qilishda ko`rish va eshitish sezgisi ishtiroq etadi. Tevarak - atrofdagi narsa va hodisalar bir - biriga 
bog`liq. Ular muayyan makonda, ma`lum vaqtda sodir bo`ladilar. SHuningdek, ular bir - birlariga va 
idrok qiluvchiga nisbatan ma`lum munosabatda, shakl, hajm va boshqa xossalarga egadir. Idrokni tasnif 
qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos qilib olinadi, unga ko`ra idrok quyidagi 
turlarga ajratiladi: 
1. Fazoni idrok qilish. 
2. Vaqtni idrok qilish. 
3. Harakatni idrok qilish. 
Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini, hajmini va o`zaro munosabatlarini aks ettirishdir. 
Demak, fazodagi narsalar uch o`lchovda idrok qilinadi, narsalarning shakli: uch burchakli, turt burchakli, 
kub, kvadrat, doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta - kichik, o`rtacha, yirik mayda va 
boshqalar. Narsalarning bir -biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o`ngda, chapda, yuqorida, pastda, 
uzoqda va hokazo. Fazoni ko`rish, teri, muskul - harakat organlari bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko`z 
bilan va ikki ko`z bilan idrok qilamiz. Monokulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar 
bitta ko`zning to`r pardasida aks etadi. Bu nurlar ko`z gavharida bir -birini kesib o`tadi va ularning 
kesishgan joyida ko`rish burchagi hosil bo`ladi. Bu burchakning katta - kichikligi idrok qilinayotgan 
narsaning katta kichikligiga hamda uning ko`zdan qanchalik uzoq - yaqinligiga bog`liq. Ko`z gavharining 
va umuman, ko`zning narsalarni eng yaxshi ko`rish uchun moslashuvini akkomodatsiya deyiladi. 
Odatda fazodagi narsalarning, shakl, hajmi va o`zaro munosabatlarini ikki ko`z bilan (binokulyar) 
idrok qilinadi. 
Biz bir narsaga ikki ko`z bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta aks etadi. Buning sababi o`sha narsadan 
keladigan nurlarning ko`z to`r pardasiga mos yoki nomos nuqtalarga to`g`ri kelishiga bog`liq. 
Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergentsiya muhim ahamiyatga ega. 
Konvergentsiya biror narsaga qaraganda ikkala ko`z soqqasining qanshar tomon bab - baravar 
burilishidir. Konvergentsiya masofani, chuqurlikni aniq, to`liq idrok qilishga imkon beradi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin