1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

3. Idrokning konstantligi 
Idrok qilinadigan ob`ektlar idrok qiluvchiga nisbatan ko`p xil sharoitlarga ega. Ularning turgan joyi, 
masofasi, fazodagi holati, yoritilganlik darajasi cheksiz har xillikda bo`ladi. Lekin predmetlarni shakl
hajm va rang jihatdan nisbatan doimiylikda idrok qilamiz. Narsa -hodisalarni idrok qilish sharoiti 
o`zgarsa - yu, ulardan hosil bo`lgan obrazlarning o`z holicha saqlanib qolishi idrokning konstantligi 
deyiladi. Ko`rish idroklarida masofa, rang, shakl, hajm konstantliklari ro`y beradi. Masalan, qalamni 20 


sm va 1 sm. masofadan idrok qilish, doskani 1m va 10 m masofadan idrok qilish, oq qogoz yoki oq bo`rni 
quyoshda, xona ichida, koridorda ham oq idrok qilinadi. Konstantlik hodisasida odam narsalarni ko`z to`r 
pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq kurmaydi, balki ular haqiqatdan qanday mavjud bo`lsa 
shunday ko`radi. Bu kishining tajribasi, amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi. 
4. Illyuziya va gallyutsinatsiya 
Ba`zi hollarda narsalar noto`g`ri, yanglish idrok qilinadi. Narsalarni ana shunday noto`g`ri idrok 
qilishni illyuziya deyiladi. Masalan: Arastu illyuziyasida og`irligi aynan bir xil bo`lgan 1 kg torozi toshi 1 
kg paxtadan og`irdek idrok qilinadi. Illyuziya hodisasi ayniqsa geometrik shakllarni idrok qilishda ko`p 
uchraydi. Idrok qilib turgan shaxs psixikasida ro`y beradigan o`zgarishlar ham illyuziya hodisasini paydo 
qilishi mumkin. Masalan: o`rmondagi to`nkani biror yirtqich hayvon deb idrok qilish. Illyuziyalar hosil 
bo`lishining sabablari bor. CHunonchi Arastu ilyuziyasida hajmi katta narsaga ko`proq o`rganib qolgan. 
Geometrik shakllarda qo`shimcha chiziqlar ta`sir etadi. Ko`ruv illyuziyalari amaliy ishlarda katta 
ahamiyatga ega. CHunonchi harbiy ishlarda texnika va qism turgan joyni niqoblash sho`nga asoslangan. 
Illyuziyadan gallyutsinatsiyani farqlash lozim, gallyutsinatsiya yo`q narsalarni idrok qilishdir. Masalan: 
yo`q narsalarni ko`rish, yo`q tovushlarni eshitish kabi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin