1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Xotiradagi individual farqlar yoki xotira tiplari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

5. Xotiradagi individual farqlar yoki xotira tiplari 
Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezligida, aniqligida, mustahkamligida va 
qayta esga tushirishdagi tayyorligida ifodalanadi. Bu farqlar ma`lum darajada nerv faoliyati tiplarining 
xususiyatlari bilan qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi bilan bog`liqdir, 
individual farqlar hayot va ta`lim - tarbiya ta`sirida o`zgaradi. Xotiradagi individual farqlar yana shunday 
hollarda namoyon bo`ladiki, har xil odamlar obrazli materiallarni, rang, tasvir, narsa, tovushlarni samarali 
va mustahkam esda olib qoladilar. Boshqa bir odamlar esa so`zlarni yaxshi eslab qoladilar. Uchinchi bir 
toifa odamlarda esa ma`lum bir materialni esda olib qolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi. Psixologiyada 
xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko`rgazmali - obrazli xotira, so`z - mantiqiy xotira va oraliq tipdagi 
xotira. Masalan: obrazli - ko`rgazmali tipi ko`proq rassomlarda, so`z - mantiqiy tipi nazariyachi olimlarda 
uchraydi. Bundan tashqari xotirlash va esda qoldirish jarayonlari analizatorlarning qatnashishiga qarab 
xotira quyidagi tiplarga ajratiladi: ko`rish, eshitish, harakat va aralash xotira. Bir xil kishilar ko`rish 
orqali, ikkinchi xillari eshitish orqali, uchinchi xillari harakat yordamida, to`rtinchi xillari esda 
qoldirishning birga qo`shilgan usulida yaxshi esda qoldiradilar. Xotiraning aralash tiplari eng ko`p 
tarqalgan. 
Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog`liqdir. esda olib qolish va unutish 
tezligiga ko`ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud: 
1. Tez esda qoldirib sekin unutish 
2. Tez esda qoldirib tez unutish 
3. Sekin esda qoldirib sekin unutish 
4. Sekin esda qoldirib tez unutish 
6 . XOTIRA TASAVVURLARI 
Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qaytadan gavdalanishiga xotira 
tasavvuri deyiladi. 
Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari orqali amalga oshiriladi. Xotira va xayol 
tasavvurlari bir - biridan farq qiladi. Xotira tasavvurlari ilgari idrok qilingan, ammo hozir ko`z 
o`ngimizda bo`lmagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalanishidan iborat. Masalan: yoshlik 
vaqtimizdagi hodisalarni eslashimiz, ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasavvuri bo`ladi. 
Xayoliy tasavvur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo`lib, ongimizdagi bilimlarimiz, tajribamiz 
asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha uchramagan narsalarning obrazlarini yaratishdan iboratdir. 
Xayoliy tasavvur ijod qilish bilan bog`liq. 
Masalan: ertaklar, romanlar, umuman biror asarni o`qiyotganimizda undagi qahramonlarning ko`z 
o`ngimizda gavdalanish xayoliy tasavvurdir. Tasavvurlar paydo qilishda so`zning ahamiyati katta. So`z 
bilan atash tegishli obrazning yaratilishiga yordam beradi. Masalan: “ildiz”, “o`t”, so`zlarining to`rt 
kishiga berib qanday tasavvur qilishlarini so`rasak, ularning tasavvurlari bir -biridan farq qilishini 
ko`ramiz, chunki har biri tajribasiga ko`ra, kasbiga ko`ra tushunadi. Masalan: matematik ildizni algebra 
belgisi deb, botanik o`simlik qismini, uning ildizini, tish doktori esa tish ildizini tushunadi. Tasavvur 
qilishning fiziologik asosi shartli reflekslarining hosil bo`lishida bosh miya po`stida paydo bo`lgan 
izlarning jonlanishidir. Tasavvur birorta turtki ta`sirida jonlanadi. Masalan: biror odam haqida 


tasavvurlarning tug`ilishi uchun bironta so`z yoki hodisa turtki bo`ladi. Asosan maxsus qo`zg`ovchi 
so`zdir, shuning uchun so`z bilan tasvirlash orqali tasavvurlar tug`iladi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin