4. XOTIRA JARAYONLARI Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarning
obrazlarini miya po`stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po`stida muvaqqat nerv
bog`lanishining vujudga kelishidir. esda qoldirish o`zining faolligi jihatidan ikkiga bo`linadi.
a) esda qoldirish va uning turlari. b) ixtiyoriy esda qoldirish; v) ixtiyorsiz esda qoldirishda;
Ixtiyorsiz esda qoldirish oldindan maqsad qo`yilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi
sarflanmaydi. O`zining go`zalligi, hissiy ta`sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa
xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. M: tasodifiy hodisalar, karnay -
surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo`yib, mavzu
belgilanadi. Masalan: dars materiallarini esda olib qolish, imtixonga tayyorlanish. Ixtiyoriy esda
qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
1. maqsad qo`yish, masalan: institutga kirish oldidagi maqsad.
2. o`quv materiallarini tushunib esda qoldirish.
3. esda qoldirishning ratsional usullaridan foydalanish, masalan: esga tushirish yo`li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol’ o`ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog`liq narsa
va hodisalar beixtiyor oson qoladi. Biz ba`zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushuncha bo`lsa, shu
faktlarga tegishli bo`lgan hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo`lib, undan ortiqcha harakat talab
qilmagan holda uning hayotiy tajribalarini kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez
bo`lsa ham, ko`pincha noaniq bo`ladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish
esga tushiriladi. Ixtiyoriy esda qoldirish ko`zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda
qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda,
materialni puxta esda qoldirish uchun o`zining keraqli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlashni
ma`noli esda saqlash bilan qo`shilishi foydalidir.