Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari. Power Point dasturi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.04.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#102974
  1   2


Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari.
Power Point dasturi 
Reja: 
1. Taqdimot haqida tushuncha 
2. MS Power Point dasturi 
3. MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish  
Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz va bular 
inson ongida turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni 
o’rab turgan olamning ongimizdagi aksi bu axborot sanaladi. Inson 
hamisha ko’rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat 
qiladi. Buning uchun esa turli xil yo’llarni o’ylab topdi va rivojlantirdi. 
Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo’li juda 
osonlashib qolgan. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan 
vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar 
uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point dasturini ishlab 
chiqargan.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni 
ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt 
shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan 
slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd 
- bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va 
diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd - ma`lum bir o’lchamga ega bo`lgan 
muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan 
namoyish elеmеntlari joylanadi. Ma’ruza konspekti - Power Pointda 
prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. 
Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va 


tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan 
bo’ladi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, 
shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni 
ichiga olgan hujjat. 
Microsoft Power Point (to'liq nomi — Microsoft Office Power 
Point, inglizcha: power pointpower point — ishonarli hisobot) — 
taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur 
bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft 
Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 – 
yilda yaratilgan bo’lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini 
yoqotmagan va hali hamon yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda. 
PowerPointda 
yaratilgan 
taqdimotlar proyektor yordamida 
katta 
ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga 
mo'ljallangan. 
Microsoft Power Point — univеrsal, imkoniyatlari kеng bo`lgan, 
ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, 
chizma, grafiklar, animasiya effеktlari, ovoz, vidеorolik va boshqalardan 
tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi. 
MICROSOFT POWER POINT dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi 
yoki u yangi ish boshlovchi bo’lsa, yoki tajribali bo’lishidan qat`iy nazar, 
ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. 
Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi taqdimot masalasini hal 
etish ham oson, ham tez va asosiysi, sarf-harajatni juda ham kam 
bo’lishini ta'minlaydi. Shunday dasturlar yaratildiki, saydlar tayyorlash 
uchun matn, grafik muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va 
Internet xususiyatlarini bog’lagan holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi: 
1) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda 
joylashtirish; 2) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy 
tartibda joylashtirish; 3) taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha 
slaydlarga avtomatik o’tkazish; 4) taqdimotdagi har bir slaydni alohida 
ko’rinishda bezash; 5) taqdimotda multimediali slaydlar yaratish. Dastur 
tomonidan matn, rasm, grafik va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan 
tartibda joylashtirish. 


Taqdimot qilish tеxnologiyasining samaradorligi ko`p jihatdan taqdim 
etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga 
bog`liq ekanligini ham unutmaslik lozim. 
Tarixi 
Power Point yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskinsda paydo 
bo'ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin 
ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini 
birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning 
original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur 
nomini Power Point deb o'zgartirishga qaror qiladi. 
1987-yil Power Point 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish 
etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli 
ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. 
PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko'k jildli kitob 
shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi 
munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror 
qiladi. 
1987-yil Forethought va Power Point Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga 
sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows 
uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP Power 
Pointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi 
mumkin edi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin