6. Irodani tarbiyalash Inson xulq - atvorining irodaviy boshqarilishi bir necha yo`nalishda amalga oshiriladi:
1. Ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish.
2. O`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish.
3. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash.
Bu jarayonlar bola tomonidan nutqning o`zlashtirilish va xulq - atvorini boshqara olish bilan boshlanadi.
Irodaning rivojlanishida shaxs tomonidan o`z oldiga tobora murakkablashib boruvchi maqsadlarni qo`yib
borish muhim ahamiyatga ega. Masalan, o`smir o`z oldiga o`zida layoqat bo`lmagan qobiliyatni
rivojlantirishni maqsad qilib qo`yishi mumkin. Bolalarda irodaning rivojlanishi motivatsion va axloqiy
sohaning rivojlanishi bilan bog`liq holda boradi. Faoliyatga yuqori darajadagi motivlar va qadriyatlarning
qo`shilishi -irodaviy sifatlarning rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Iroda asosan o`smirlik va
o`spirinlik davrida jadal sur`atlar bilan rivojlana boshlaydi. Irodani tarbiyalash va qayta tarbiyalashda
badiiy adabiyot va kinofil’mlarning o`rni katta. Biroq ota - ona va pedagoglarning o`rnini hech narsa
to`ldira olmaydi. Inson irodasini tarbiyalashning eng muhim sharoitlari - kun tartibiga rioya qilish, butun
hayotiy talablarga to`g`ri amal qilishdir. Irodali kishi o`z vaqtining xo`jayinidir. O`z faoliyatini oqilona
tashkil etadigan kishi o`z ishini shoshilmay bajarishi, faoliyati esa uyushqoqlik va maqsadga
yo`naltirilganligi bilan ajralib turishi mumkin.
Shaxsning irodaviy sifatlari har doim boshqalar bilan faol munosabat jarayonida shakllanadi.
Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Irodaning psixik faoliyatidagi vazifasi nimadan iborat?
a) aks ettirish; b) boshqaruvchilik;
v) undovchilik va tormozlash; g) darak berish va baholash.
2. Tavakkalchilik shaxsning qanday xususiyatiga bog`liq?
a) xarakteri; b) irodasi; v) qobiliyati;
g) temperamenti.
3. Irodaviy aktning eng muhim bug`ini qaysi?
a) maqsadni anglash; b) qaror qabul qilish;
v) motivlar kurashi; g) irodaviy zo`r berish.
4. Iroda sustligining eng ko`p uchraydigan tipi qaysi?
a) abuliya;
b) apraktsiya; v) yalqovlik; g) qat`iyatsizlik.
5. Irodani mustaqil tarbiyalashning qanday usullari samarali?
a) arzimas qiyinchiliklarni engishni odat qilish; b) ma`lum maqsadga erishish uchun intilish;
v) qabul qilingan qarorlarni bajarish; g) hamma javoblar to`g`ri;