1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Xarakterning fiziologik asoslari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

2. Xarakterning fiziologik asoslari 
Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi 
temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab 
tizimining tipidan iborat. 
Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari 
bo`lganlari tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida asab tizimining 
o`zgargan xususiyatlaridan iborat. Hayvon asab faoliyatining tug`ma konstitutsion turi genotip. Lekin 
hayvon tug`ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g`oyat xilma - xil taassurotlariga duch keladi va bunga 
muayyan faoliyat orqali u muqarrar javob berishi lozim bo`ladiki, ko`pincha bu faoliyatlar 
mustahkamlanib, butun hayoti bo`yicha saqlanib qoladi. SHu sababli hayvonning batamom tarkib topgan 
asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta`siri ostida hosil bo`lgan o`zgarishlarning qotishmasi 
- fenotip xarakterdir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo`lib qolgan xususiyatlarining, 
jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv - fiziologik asosidir. Xarakterning nerv - fiziologik asosini 
tushunish uchun I.P. Pavlovning ikkinchi signal tizimi haqidagi ta`limoti katta ahamiyatga egadir. 
Ikkinchi signal tizimi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo`lish bilan birga, kishi xulqini ham idora 
qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi
ijtimoiy maslak, mardlik, o`z burchiga sadoqatli bo`lishlarini o`z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, 
albatta xarakter psixologiyasining mazmuni o`zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir: 
psixologiya xarakterning mazmunini tashqil qilgan tomonlarini yoritishligi tufayli, u ijtimoiy fanlar 
qatoriga kiradi. 
3. Xarakter tipologiyasi 
Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor urinib ko`rilgan. Nemis 
psixologi va psixiatri e.Krechmer tomonidan XX asr boshlarida tavsiya etilgan tipologiya eng mashhur va 
dastlabki urinishlardan biri edi. Keyinchalik uning hamkasblari U.SHeldon, e.Fromm, K. Leongard va 
A.E.Lichkolar tomonidan ham shunday tipologiyalar tavsiya etildi. Inson xarakterining barcha 
tipologiyalari quyidagi asosiy g`oyalarga muvofiq tarzda tashqil etilgan: 
1. Inson xarakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida juda erta namoyon bo`la boshlaydi va butun 
hayoti davomida barqaror bo`lib boradi. 
2. Xarakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushma emas. Ular xarakter tipologiyasini tuzish 
imkonini beruvchi bir - biridan farq qiluvchi tiplardan iborat. 
3. Mazkur tipologiyaga ko`ra, ko`pchilik kishilarni ma`lum guruhlarga birlashtirish mumkin. 
E. Krechmer odam tanasining tuzilishi va konstitutsiyasiga ko`ra, eng ko`p uchraydigan uchta tipni ajratib 
ko`rsatgan (astenik, atletik, piknik).Ularning har birini shaxsning ma`lum xarakter tiplari bilan 
bog`langan bo`lsa ham aslida hech qanday ilmiy asoslar bo`lmagan. 
1. Astenik tip - Krechmer fikricha, uncha katta bo`lmagan gavda tuzilishi urtacha yoki undan balandroq 
bo`yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz terisi noziq, elkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi 
rivojlanmagan. 
2. Atletik tip - skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o`rtachadan yuqori, baland bo`yli, keng elkali, 
kuchli ko`krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir. 
3. Piknik tip - bosh, ko`krak qafasi va qorin bo`shligi yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch - 
harakat a`zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir. 
E. Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruxiy kasalliklar o`rtasida muvofiqlik bor, degan fikrni ilgari 
suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq deb hisoblaydi. 
E. Krechmer tipologiyasi hayotiy kuzatishlar asosida xulosalar chiqarish orqali tuzilgan bo`lsa ham 
kamchiliklarga ega. Ba`zi ilmiy tadqiqotlar ma`lum tana tuzilishiga ega kishilar ruxiy kasalliklarga moyil 
ekanligini aniqladi va xarakter aktsentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin