Қудуқларни перфорация қилиш Ma’ruza rejasi



Yüklə 225,8 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix08.02.2023
ölçüsü225,8 Kb.
#83424
6-ma\'ruza (3)



MA’RUZA №6 
Қудуқларни перфорация қилиш
Ma’ruza rejasi 
6.1. Quduqda quvurlarni teshish 
6.2. Quduq tubi atrofiga ta’sir etish usullari 
6.4.Quduqda quvurlarni teshish 
Quduqda ishlatish quvurlar tizmasini maxsuldor qatlamning kerakli 
chuqurligigacha tushirilib sementlangan quduq tuzilishi kam harajatliligi uchun 
ko’p qo’llaniladi. 
Maxsuldor qatlamni otish natijasida teshik hosil qilish jarayoni teshish 
(perforasiya) jarayoni deb atalsa, teshishda qo’llaniladigan aparat perforotor deb 
ataladi. 
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi va sement xalqasida teshik hosil qilish 
uchun to’rtta usuldan foydalaniladi: 
O’qli, o’qsiz, torpedalash va suv qum aralashmasi bilan teshish. 
O’qli perfaratorlarning quyidagi turlari mavjud: 
1)Bir vaqtda otiladigan teshgichlar, bunda maxsuldor qatlamni teshish 
barcha o’qlar bir vaqtda otilib, maxsuldor qatlam teshiladi. Bu usul mustahkam 
qalin qatlamli quduqlarda qo’llaniladi. 
2)O’qlari ketma-ket otiladigan perfaratorlar, bunda birinchi o’q otilgandan 
keyin ikkinchi o’q otiladi. Bu usul mustahkamlovchi quvurlarni zararlanishi (yoriq 
hosil bo’lishi)ni oldini olish uchun qo’llaniladi. 
3)Terib otuvchi perfaratorlar bunda kerakli oraliqlarni navbatma-navbat 
otish uchun qo’llaniladi. Bu usul qalin bo’lmagan qatlamlarni ochish uchun 
ishlatiladi. 
O’qli perfaratorlar 65,80 va 98 mm diametrda ishlab chiqariladi.Tizmani 
teshishda 11-12,7 mm li o’qlardan foydalaniladi. O’qli teshgichning kamchilik 
tomoni barcha otishlar har doim ham tizmani tesha olmaydi. Ayrim otishlarda 
energiyaning tezda yo’qatilishi natijasida tizmani teshib o’tmaydi. O’qli 
perfaratorlarning markasi APX-84 va APX-98, PP3. 


12.3-rasm. PPZ turidagi o’qli perfarator 
Maxsuldor qatlamni ochishda torpedali teshish usuli yaxshi samara 
beradi. Unda snaryad yordamida teshiladi, snaryad maxsuldor qatlamni yorib 
kiradi va portlaydi g’ovak va yoriqlar hosil qiladi. TPK-22 va TPK-32 «torpednыy 
perfarotor Kolodyajnogo» markali perfaratorlar ishlatiladi.Perfaratorning tashqi 
diametri 100 mm bo’lib diametri 127 mm li quduqlarda qo’llaniladi. 
O’qsiz teshish usulida maxsuldor qatlam kumlyativ zaryad yordamida 
teshiladi. Portlashi natijasida hosil bo’lgan portlovchi modda tezligi 8000 m/s 
gacha bo’lib. 
O’qsiz perfaratorlar korpusli va korpussiz perfaratorlarga bo’linadi. 
Korpusli perfarator bir qancha zaryadlar joylashtirilgan germetik yopiq korpusdan 
tashkil topgan bo’lib uni ko’p marta ishlatish mumkin. Korpusda kumlyativ 
zaryad, detanasiya hosil qiluvchi shnur va portlovchi patron joylashgan bo’ladi. 
Bunday perfaratorlar 10 va 20 zaryadli bo’lib markasi PK-103.


Korpussiz teshgichda har- bir zaryad alohida germetik qobiq bilan 
mustahkamlangan bo’lib, bu portlash vaqtida yoriladi. Korpussiz perfaratorlar 
KPR-50, KPR-65, KPR-8 va KPR-100 markali turlari mavjud. 
Teshish usullarini tanlashda perfaratorlarni xususiyatlarini bilishimiz 
shart. O’qsiz perfaratorlarni qattiq tog’ jinslaridan tuzilgan quduqlarda ishlatish 
yaxshi natija beradi; o’qli perfarator- uncha qattiq bo’lmagan tog’ jinslaridan 
tuzilgan qatlamni teshishda qo’llaniladi. Snaryadli teshish usuli qattiq va kam 
o’tkazuvchan tog’ jinslarida qo’llash yaxshi natija beradi. Otilgan o’q va 
snaryadlar tizmani deformasiyalaydi va sement xalqa va qatlamlarda yoriq hosil 
qiladi.
6.2.Quduq tubi atrofiga ta’sir etish usullari 
Kam o’tkazuvchan qattiq tog’ jinslarida neftning quduq tubi tomon oqimi 
depressiyaning qancha katta bo’lishiga qaramay kam bo’ladi. Bunday tog’ 
jinslaridan tuzilgan haydovchi quduqlarda qancha katta bosim bilan suvni 
haydamaylik qabul qilishi juda kichik bo’ladi. 
Bu kabi quduqlarda maxsulot oqishini yoki qabul qiluvchanlik darajasini 
oshirish uchun suniy ta’sir etish usullaridan foydalaniladi. Buning uchun g’ovaklar 
soni va o’lchamini oshirish, tog’ jinsi (g’ovakligini) yorigini kengaytirish, shu 
bilan birga g’ovakliklarga joylashib qolgan parafin va smolalarni olish kerak 
bo’ladi. 
Quduq tubi atrofiga ta’sir kilish tavsifiga ko’ra quyidagi guruxlarga 
ajratiladi: mexanik, kimyoviy va issiqlik. Bu usullarni qo’llab yaxshi natija olish 
uchun, bu usullarni ketma-ket qo’llash yaxshi natija beradi. 
Quduq tubi atrofiga ta’sir etish usullari qatlam sharoitiga qarab tanlab 
olinadi. G’ovak kanalchalar devoriga o’tirib qolgan smola va parafinlardan 
tozalash va neftning qovushqoqligini pasaytirish uchun termoqimyoviy va issiqlik 
kimyoviy usullardan foydalanilsa yaxshi natija beradi. Kam o’tkazuvchan karbonat 
(dolomit, ohaktosh) tog’ jinslardan tuzilgan qatlamlarga kislotali ishlov berish 
usuli qo’l keladi. Mexanik usullari – zich tog’ jinslardan tuzilgan maxsuldor 
qatlamlarda qo’llash yaxshi bo’ladi.

Yüklə 225,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin