Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Бухоро давлат университети



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/57
tarix12.02.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#84020
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
kolloid kimyo

 
Ma`ruza N13,14 
Mavzu: Kolloid sistemalarning barqarorligi 
 Dars maqsadi: 
Ta`lim beruvchi:Talabalarni kolloid sistemalarning agregativ va sedimentatsion 
barqarorligi, kolloidlarning koagulyatsiyasi haqidagi nazariya bilan tanishtirish 
Rivojlantiruvchi: talabalarda kolloid sistemalarning barqarorligi va koagullanish 
jarayonlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish 
Tarbiyalovchi: talabalarda koagulyatsiya hodisalari tabiatda, turmushda nihoyatda keng 
tarqalganligi tufaylikolloid sistemalardan oqilona foydalanish ko`nikmasini hosil qilish diqqatli 
bo`lish, kuzatuvchanlikka o`rgatish. O`zbekiston kimyogar olimlarining fanga qo`shgan va 
qo`shajak ishlarini, hissalarini targ`ib qilish 
Ko`rgazmali vosita: komyuter, ekran, proektor 
Texnologiya: O`quv texnika vositalarinidan foydalanib ma`ruza o`qish
( kompyuter texnologiyasi)
Dars bo`limlari: I. Tashkiliy qism (5+5 min) 
II. Asosiy qism ( 60 min)
III.Yakuniy qism ( 10 min) 
Dars jarayonining mazmuni: 
Reja: 
I. 
Tashkiliy qism 
Auditoriyani darsga tayyorlash 
II. Asosiy qism 
1.Kolloid sistemalarning barqarorligi 
2.Agregativ barqarorlik faktorlari 
3.kolloidlarning koagulyatsiyasi 
4.koagulyatsiya animatsiyasini ko`rsatish 
5.Koagulyatsiya haqida fizik nazariya 
6.Zolning koagulyatsiya chegarasini namoyish qilishi


7.Koagulyatsiyaning ahamiyati 
III. Yakuniy qism 
Uyga vazifa berish. Takrorlash uchun savollar 
Kolloid sistemalarning barqarorligi 
Kolloid sistema dispers fazasining solishtirma sirti katta bo`lganligi sababli sistema erkin 
sirt energiyasi ham katta bo`ladi. Shuning uchun kolloid sistemalar termodinamik jihatdan 
barqaror bo`lmaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq, erkin energiya minimumga 
intilishi kerak. Kolloid zarrachalar bilan suyuqlik orasidagi chegara sirt kamayganidagina 
kolloid sistemada erkin sirt energiya minimumga erisha oladi. 
Ayniqsa, dispers fazasi bilan dispersion muhiti orasida kuchsiz o`zaro ta`sir mavjud 
bo`lgan liofob kolloid sistemalar beqaror bo`lib, vaqt o`tishi bilan ularning disperslik darajasi 
turli kolloid sistemalarda turlicha bo`ladi. Misol tariqasida disperslik darajasi 20-30 yil davomida 
o`zgarmaydigan oltin zollarini va biror modda qo`shilganida bir necha sekund mobaynida 
emirilib, kolloid holatini yo`qatadigan sistemalarni keltirish mumkin. 
Liofob zollarda disperslik darajaning kamayishi ikki yo`l bilan sodir bo`lishi mumkin: 
birinchisi qayta kristallanish natijasida mayda zarrachalarning yirik zarrachalarga birikish yoki 
singish jarayoni bo`lsa, ikkinchisi- dispers faza zarrachalarining bir-biriga yopishib 
yiriklashuvidir. 
Kolloid zarrachalarining molekulyar kuchlar ta`sirida o`zaro birlashib yiriklasha borish 
jarayoni koagulyatsiya deyiladi. Yiriklashish jarayoni ba`zi kolloidlarda juda tez, ba`zilarda esa 
ancha uzoq vaqt davomida sodir bo`ladi. Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza 
zarrachalari suyuqlik va qattiq jismning solishtirma massalariga qarab idish tubiga cho`kishi 
(sedimentatsiya) yoki emul`siyadan iborat suyuq qavat holida ajralib qolishi ( koaservatsiya) 
mumkin. Dispers fazasining zarrachalari og`irlik kuchi ta`siri ostida cho`kmaydigan dispers 
sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi. Professor N.P.Peskov fikricha dispers 
sistemalarning barqarorligi ikki xil: agregativ va kinetik ( yoki sedimentatsion) bo`ladi. 
Dispers sistemalarning agregativ barqarorligi dispers sistemaning o`ziga xos disperslik 
darajasini saqlash, ya`ni koagulyatsiyaga uchramaslik xususiyatidir. Agregativ barqarorlikning 
sababi ikkita: birinchidan, kolloid zarrachalar bir xil zaryadga ega bo`ladi, ikkinchidan, kolloid 
zarrachani erituvchining molekulalari qurshab olib, zarracha atrofida sol`vat qobiqlar hosil 
qiladi. Sistemaning agregativ barqarorligi zol tarkibiga, uning zarrachalari tuzilishiga va kolloid 
eritma qanday holatda ekanligiga bog`liqdir. 
Suspenziya va emul`siyalarda zarrachalarning o`lchamlari ancha katta bo`lganligidan ular 
o`z-o`zicha harakat qila olmaydi, ya`ni ularda diffuziya deyarli sodir bo`lmaydi. Shuning uchun 
suspenziya va emulsiyalar sedimentatsion jihatdan barqaror emas. Demak, dag`al dispers 
sistemalar sedimentatsion jihatdan barqaror bo`lmagan mikrogeterogen sistemalardir. 
Kolloid sistemalarning disperslik darajasi yuqori bo`lganidan ularning mitsellalari o`z-
o`zicha harakat qila oladi, ya`ni kolloid eritmalarda diffuziya sodir bo`ladi. Shuning uchun 
kolloid eritmalar sedimentatsion jihatdan barqarordir. Lekin kolloid eritmadagi zarrachalar 
har xil ta`sirlar ostida bir-biri bilan birikib yiriklasha oladi va kolloid sistemaning disperslik 
darajasi kamayadi. Natijada, sistema o`z barqarorligini yo`qotadi. Shuning uchun kolloid 
sistemalar agregativ barqaror bo`lmagan mikrogeterogen sistemalardir.
Chin( molekulyar) eritmalarda erigan modda zarrachalari bilan erituvchi o`rtasida chegara 
sirt hosil bo`lmaydi. shuning uchun bu sistemalar bir jinsli (gomogen) bo`ladi. Ular sifat jihatdan 
kolloid eritmalardan ham, dag`al dispers sistemalardan ham farq qiladi. Chin eritmalarda 
zarrachalar bir biriga qo`shilib yiriklashmaydi, bu eritmalrda zarrachalar o`z-o`zicha harakat ham 
qiladi. Demak, chin eritmalar agregativ va sedimentatsion barqaror gomogen sistemalardir. 
2. Liofob kolloidlarning agregativ barqarorligi haqidagi tasavvurlarni beshta guruhga 
bo`lish mumkin: 
1. Ionlar yordamida stabillangan liofob kolloidlarning agregativ barqarorligi elektolit 
ionining zaryadiga bog`liq. Shunga ko`ra Shul`se-Gardi qoidasi B.V.Deryagin va 
L.P.Landauning ―z
α
-qonuni‖ shaklida ifodalanadi ( bu yerda z
α
-ion zaryadi). Bu qonun 


quyidagicha ta`riflanadi: kolloid zarrachalarning elektr potensiali o`rtacha qiymatga ega 
bo`lgan hollarda elektrolit ioninin gkoagulyatsiyalanish chegarasi z
α 
ga bogliq ravishda 
o`zgaradi. B.Deryagin va L.Landau quyidagi formulani taklif qildilar: 
6
6
2
3
2
)
(
z
e
A
kT
const





bu formulada: const-ma`lum konstanta, έ -erituvchining dielektrik konstantasi, A- Vander-
Vaal`s kuchlariga oid kattalik ( konstanta), z- koagulyatsiyani amalga oshiruvchi ionning 
zaryadi, k- Bol`tsman doimiysi, l- elektron zaryadi, γ - elektrolitning koagulyatsiya qilish 
konsentratsiyasi.
2. Liofob kolloidlarning agregativ barqarorligiga oid struktura- mexanik faktorlar 
haqidagi tasavvurlar ( P.A.Rebinder) quyidagidan iborat: kolloid zarracha sirtida iviqsimon 
struktura qavat hosil bo`lib, bu qavat yupqalanishga qattiq qarshilik ko`rsatadi; buning natijasida 
kolloid zarrachalarning Van-der-Vaal`s kuchlari ta`sir etadigan masofaga qadar o`zaro 
yaqinlashishi qiyinlashadi. Demak, struktur- mexanik jihatdan qaraganda kolloidlarning 
koagulyatsiyasi zarracha sirtining liofilligiga ham bog`liq. 
3. Kolloid sistemaning agregativ barqaror bo`lishiga ― kengaytiruvchi p‖ , suyuqlik 
qovushqoqligining katta-kichikligi, zarracha sirtiga yaqin turgan chegara suyuqlik qavatining 
polimolekulyar xossalari katta ta`sir ko`rsatadi. Agregativ barqarorlik faktorlaridan biri 
zarrachaning sol`vatlanishidir. 
4. Agregativ barqarorlik faktori sistemaning termodinaamik xossalaridan kelib chiqadi. 
Bunda asosiy rolni sistemaning entropiya faktori o`taydi. Dispers sistemaning ma`lum bir 
sohasida entropiya faktori koagulyatsiya jarayoniga qarshilik ko`rsatishi mumkin. 
5. Sterik ( fazoviy) faktorlar haqida quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Barqaror 
kolloid sistemalar hosil bo`lishi uchun dispers faza sirtida stabilizatorning adsorbsion qavatlari 
bo`lishi kerak. Bir zarrachaning adsorbsion qavati ikkinchi zarrachaning adsorbsion qavatini 
qoplashi natijasida sistemaning erkin energiyasi ortadi; bu holda ikkala zarracha bir-biriga 
qarshilik ko`rsatadi- ular birlashmaydi. Agar stabilizator sifatida polimer ishlatilgan bo`lsa, 
o`zaro itarilishda entropiya faktori ma`lum ahamiyatga ega bo`ladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin