C
RT
l
zF
d
RT
zF
ZFC
e
2
0
2
(6)
Kelib chiqadi. O`zaro itarilish energiyasi U
0
ni esa:
i
dl
U
2
0
(7)
ga muvofiq hisoblash mumkin.
B.V. Deryagin va uning shogirdlari elekrtolitlarning suvdagi eritmalari bilan olib borgan
tajribalarida (6) tenglamani uyiltirilgan eritmalar uchungina tatbiq etish mumkinligini
ko`rsatdilar. B.V.Deryagin ikkita sferik zarracha orasidagi o`zaro itarilish energiyasini hisoblab
topishga muvaffaq bo`ldi.
Zolning barqarorligiga ta`sir ko`rsatuvchi ikkinchi kuch- zarrachalar orasida o`zaro tortilish
kuchlaridir. Bu kuchlar tabiati jihatdan xuddi ikki neytral zarracha orasida ta`sir etuvchi
kuchlarga o`xshaydi. Molekulalararo kuchlarning kelib chiqish sabablaridan biri dipollar
orasidagi o`zaro ta`sir (Debay effekti), ikkinchisi bir molekulaning ikkinchi molekula ta`sirida
qutblanishi (Keezom effekti) va uchinchisi- maxsus dispersion kuchlarning ( F.London
kuchlarining ) paydo bo`lishidir.
Koagulyatsiya hodisalari tabiatda va turmushda keng tarqalgan. Qand sanoatida qand
lavlagi sharbatini( ya`ni diffuzion sharbatni) tozalashda kolloidlarning koagulyatsiya jarayonida
foydalaniladi. Diffuzion sharbat tarkibida shakar va suvdan tashqari, ko`pincha, shakarmas
moddalar ham uchraydi; ular kolloid dispers holatda bo`ladi. Diffuzion sharbatni shakarmas
moddalardan tozalash maqsadida sharbatga 2-2,5 % kal`siy oksid qo`shiladi. Bunda ba`zi
shakarmas moddalar koagulyatsiyaga uchraydi. Sharbat ikkinchi marta saturatsiya jarayoni
natijasida tozalanadi. Saturatsiya jarayonining mohiyati shundaki, sharbatga karbonat angidrid
yuboriladi. Bu vaqtda kal`isy oksid bilan CO
2
orasida reaksiya sodir bo`lib, kal`siy karbonat
cho`ka boshlaydi. Bu modda o`zining cho`kish jarayonida eruvchan shakarmas va rangdor
moddalarni o`ziga yutib, sharbatni tozalaydi. Koagulyatsiyaning qo`llanilishiga doir ikkinchi
misol sifatida tuproq hosil bo`lishini qarab chiqamiz. Tuproq juda murakkab kolloid sistema deb
qaraladi. Tuproq zarrachalarining katta-kichikligi, ularning shakli, tabiati tuproqning yutish
qobiliyatiga, binobarin ekin unumiga katta ta`sir ko`rsatadi. Ichiladigan suvni tozalash uchun
ham kolloidlarning o`zaro koagulyatsiyalanish hodisasidan foydalaniladi. Suvdagi organik
moddalar, odatda manfiy zaryadli bo`ladi. Suvga xlor qo`shilib suvdagi bakteriyalar
yo`qotilgandan keyin, suvga oz miqdorda temir sul`fat yoki alyuminiy sul`fat qo`shiladi.hosil
bo`lgan gidroksidlarning musbat zaryadli kolloidlari suvdagi organik moddalarning manfiy
zaryadli kolloidlarinikoagulyatsiyalaydi. Natijada hosil bo`lgan koagulyatlar cho`kadi va suv
tiniydi.
Takrorlash uchun savolar
1. Liofob kolloid eritmalarning agregativ va kinetik barqarorlik nimadan iborat?
2. Sedimentatsion barqaror sistemalarga misollarlar keltiring.
3. Shul`se- Gardi qoidasi nima?
4. Koagulyatsiya chegarasi nima?
5. Koagulyatsiyani qanday usullar bilan tezlatish mumkin?
6. Kolloidlarning barqarorligi va koagulyatsiyaga oid qanday fizik nazariyalarni bilasiz?
7. Sust koagulyatsiya nima?
8. Tabiatdan va turmushdan koagulyatsiyaga oid misollarni keltiring.
Dostları ilə paylaş: