2 – ma’ruza. Mikrobiologiya tadqiqodlarinining asosiy metodlari (2 s.) Reja 1


Mikrobiologiyaning rivojlanishida mikroskopik texnika



Yüklə 359,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix13.02.2023
ölçüsü359,28 Kb.
#84040
1   2   3   4   5   6
portal.guldu.uz-Mikrobiologiya va virusologiya

Mikrobiologiyaning rivojlanishida mikroskopik texnika. 
YUqorida aytib 
o‗tilgandek, mikroskopik texnikaning taraqqiy etishi, uning ko‗rsatish qobiliyatining 
oshishi mikroorganizmlarni o‗rganishni yanada jadallashtirdi. Qorong‗i maydonda 
ko‗rish, lyuminessent mikroskop, fazo-kontrast mikroskop va elektron 
mikroskoplarning yaratilishi mikroorganizmlarni noziq strukturalarini (hivchinlar, 
hujayra devori, sitoplazmatik membrana va sitoplazmaning ichki strukturalari ) 
o‗rganish imkoniyatini yaratdi. 
Qorong‗i maydonda ko‗rish mikroskopi. Ko‗rish maxsus kondensor yordamida 
amalga oshiriladi. Odatda ishlatiladigan kondensorlar - (yorug‗ maydonli 
mikroskopda) o‗rtadagi nurlarini o‗tkazib, chetkilarini tutib qolsa, qorongi maydonli 
mikroskopda kondensor faqat chetki nurni o‗tkazadi, nurlarning og‗ish burchagi katta 
bo‗lganligi uchun, ular ob‘ektivga tushmaydi, natijada ko‗rish maydoni qorong‗i 
bo‗lib qoladi. Agar mikroskop ostida ko‗riladigan preparat bir jinsli bo‗lmay, xar xil 
optik zichlikka ega zarralar tutsa, unda kondensordan o‗tgan qiyshiq nurlar 
preparatdan o‗tganda zich zarralarni aylanib o‗tadi - difraksiya yuz beradi. Difraksiya 
natijasida nurlar har tomonga sochilib ob‘ektivga tushadi. Natijada qorongi fonda 
turgan bakteriyalar yaltirab ko‗rinadi. Bu usulda ko‗rish OI – 7 yoki OI- 19 kabi 
yoritgichlar ishlatilsa yaxshi natija beradi.
Ayniqsa, XX asrning 30-40-yillarida yaratilgan elektron mikroskoplar hujayra 
organoidlarining strukturasi bilan funksiyasi orasidagi bog‗lanishni aniqlashga, 
mikroorganizmlardagi bioximiyaviy jarayonlarni o‗rganishga imkon berdi. 
Elektron mikroskopda elektronlardan chiqadigan nurning to‗lqin uzunligi 
yorug‗lik nurining to‗lqin uzunligiga nisbatan ancha qisqa. Unda shisha linzalar 
o‗rniga ―elektron linzalar‖ - elektromagnit maydonlar paydo bo‗ladi, bular buyumlar 
molekulalarini yutadi, barcha optik sistema vakuumga (10-4 mm simob ustuniga) 


joylashtiriladi. SHuning uchun ko‗riladigan ob‘ektlar quruq bo‗lishi kerak. Aks xolda 
ob‘ektdagi suv vakuumda qaynab ketadi va buyum emiriladi. Elektronlar oqimi 
tekshiriladigan ob‘ektga tushganda, termik va radiatsion o‗zgarishlar sodir bo‗ladi, bu 
esa buyumning strukturasini buzib yuborishi mumkin. Ikki nuqta orasidagi masofa 10 
A (angstrem)ga teng bo‗ladi, bunda buyum 100000 marta kattalashgan bo‗ladi (3- 
rasm). 
Tekshiriladigan buyumlar, odatda, 10000 - 30000 marta kattalashtirib ko‗riladi. 
Elektron mikroskoplarda ko‗riladigan buyumlar nihoyatda yupqa bo‗lishi qerak. 
SHvetsiyalik olim SHestrand elektron mikroskoplar uchun yupqa kesmalar 
tayyorlaydigan mikrotom yaratdi. Bu mikrotom yordamida tayyorlanadigan 
kesmalarning qalinligi 100 - 150 A ga teng bo‗ladi. Ko‗riladigan buyumning suvi 
quritilib, so‗ngra u fiksatsiya qilinadi va qotirish uchun metakril smolasi bilan ishlov 
beriladi. SHundan keyin mikrotomda 100 - 150 A qalinlikda kesmalar tayyorlanib, 
maxsus ishlov berilgandan so‗ng elektron mikroskopda ko‗riladi.

Yüklə 359,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin