2 – ma’ruza. Mikrobiologiya tadqiqodlarinining asosiy metodlari (2 s.) Reja 1



Yüklə 359,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix13.02.2023
ölçüsü359,28 Kb.
#84040
1   2   3   4   5   6
portal.guldu.uz-Mikrobiologiya va virusologiya

 
 

7-rasm. A - Xolera vibrionining elektron mikrofotografiyasi; V - Bakteriya 


hujayrasining pililari ipchalar ko‗rinishida ko‗rsatilgan. 
1). YOrug‗lik va elektron mikroskoplprning bakterialarning tadqiq qilishdagi roli.
2). Prokariotlarning mikroskop ostida kuzatish: a) fiksirlangan, bo‗yalgan preparat 
tayorlash. b) ezilgan tomchi usulida bakteriya preparatlarni tayorlash. v) bakterialarni 
boyitilgan va sof kulturalarini tayorlash. g) sterilizatsiya usullari.
2) MBR-I mikroskopining tuzilishi 
Mikroskopning mexanik va optik qismlardan tuzilgan. Mexanik qismiga
buyum stolchasi va tubus mahkamlanagan shtativ (tutqich) kiradi (1-rasm). Buyum 
stolchasiga ko‗riladigan preparat o‗rnatiladi. Preparatni qisqichlar yordamida qisish 
va o‗ng va chap tomondagi ikki murvati yordamida gorizantal tekislikda harakatga 
keltirish mumkin. Buyum stolchasi tagida kondensor kronshteyni mahkamlanagan. 
SHtativni yukori qismi tubus tutqichni makro- va mikrmurvatlar yordamida 
harakatlantirish mumkin. Bu murvatlarni soat mili yo‗nalishida buralsa tubus tutqich 
pasayadi, soat miliga teskari tomonga buralsa - ko‗tariladi. Mikromurvatni bir 


aylanishi tubusni 0,1mm ga suradi. Mexanik qismiga yana revolver kirib, unga 
ob‘ektivlar buralib joylashtiriladi. Tubusni yuqori uchiga okulyar mahkamlanadi. 
Optik qismiga yoritgich apparat, ob‘ektiv va okulyar kiradi. YOritgich apparat esa 
kondensor va ko‗zgudan tuzilgan bo‗ladi. Ko‗zguni bir tomoni yassi va ikkinchi 
tomoni botiq ko‗rinishga ega. 
8-rasm
Kondensor 
linzalar 
tizimidan 
tashkil topgan bo‗lib, yorug‗lik 
manbaidan keluvchi va ko‗zguda 
qaytarilgan parallel nurlarni to‗plab
berish 
vazifasini 
bajaradi. 
YOrug‗lik o‗tishi jadalligi iris 
diafragma 
orqali 
boshqarilishi 
mumkin. 
Diafragma 
ostida 
yorug‗lik nuri filtrlari uchun 
gardish joylashgan. Kondensorni tik 
yo‗nalishda 
maxsus 
murvat 
yordamida 
harakatga 
keltirish 
mumkin. 
Kondensor 
bilan 
ishlanganda ko‗zguning faqat tekis 
tomonligidan foydalaniladi. 
Ob‘ektiv metall gardishda joylashtirilgan linzalar tizimidan tuzilgan bo‗lib, 
ularning eng asosiysi tashqi (frontal) linzadir. Ob‘ektivni kattalashtirishi uni fokus 
masofasi va egriligiga bog‗likdir. MBR-1 mikroskopida 8, 40 (quruq) va 90 
(immersiya yoki moy) marta kattalashtiruvchi ob‘ektivlar bor. Quruq ob‘ektivlarning 
frontal linzasi bilan ob‘ekt orasida havo bo‗ladi, moy (immersiya) ob‘ektivlarda esa 
maxsus moy bo‗lib, uning nur sindirishi buyum oynanikiga teng bo‗ladi (1,5). 
Natijada, yorug‗lik nurlari ob‘ektdan va moydan o‗tib tarqalib ketmaydi (2-rasm). 
Mikroorganizmlarni kuzatganda ko‗pincha immersiya 
ob‘ektivi ishlatiladi. 
Okulyarlar ikki linzadan tashkil topadi: yuqori–ko‗z, quyi–to‗plagich linzalar. Ular 
orasida umumiy gardishda diafragma joylashadi. Kattalashtirish imkoniga ko‗ra 
okulyarlar har xil bo‗ladi: 5x, 7x, 10x, 12x, 15x va 20x marta kattalashtiruvchi 
okulyarlardir. 
Eng 
muhimi 
mikroskopning 
kattalashtirishi 
va 
ko‗rsatish 
imkoniyatidir. 
Mikroskopning 
umumiy 
kattalashtirishini 
topish 
uchun 
ob‘ektiv 
kattalashtirishini okulyar kattalashtirishiga ko‗paytirish kerak. Masalan: immersiya 
ob‘ektivi ishlatilganda (90 x) okulyar 7x bo‗lsa, umumiy kattalashtirish 630 martaga 
teng bo‗ladi. Mikroskopning ko‗rsatish imkoniyati deb ma‘lum mikroskopda ikki 
nukta orasidagi eng kichik ko‗ra oladigan masofaga aytiladi. Bu masofa ko‗ra bilish 
masofasi (d) deyiladi. Uning kattaligi nurning to‗lkin uzunligiga ( ), ob‘ektivning 
appertura soniga (A1) va kondensorning appertura soniga (A2) bog‗lik bo‗ladi. 


2
1
A
A
d



Agar A1 + A2 , 
A
d
2


Appertura soni quyidagi formula bilan aniqlanadi: A sinus n u-ob‘ektivga 
kiruvchi nurning yarim burchagi; n - ob‘ektiv va preparat orasidagi muhitning nur 
sindirish ko‗rsatkichi. 
Agar, u 90 0, n esa 1,5 (immersion moyning nur sindirish ko‗rsatkichi) bo‗lsa, 
unda A 1,5. YOrug‗lik nurining uzunligi 600 nm (0,6 mkm) bo‗lsa, unda d 0,2 mkm 
bo‗ladi. YOrug‗lik nuri o‗rniga ultrabinafsha nur ishlatsa bu ko`rsatkichni 
kuchaytirish mumkin va hokazo. Agarda d ning absolyut qiymati qancha kichik 
bo‗lsa, shuncha mikroskopning ko‗rsatish imkoniyati katta bo‗ladi va shuncha kichik 
ob‘ektni ko‗rish mumkin. 
Mikroorganizmlarni mikroskop orqali kuzatish uchun, avvalo, preparat 
tayyorlanadi. Tayyorlangan preparatlar "ezilgan tomchi", "osilgan tomchi", "nusha 
olish usuli", fiksirlangan bo‗yalgan va hokazo usullarda tayyorlangan bo‗lishi 
mumkin. 

Yüklə 359,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin