Ishlanishi: 1 AK=3 N -ya’ni 1 ta aminokislotani 3ta nukleotid kodlaydi
1) 52 AK=156 N - bu DNK ning bir zanjiridan axborot olgan i-
RNK dagi nukleotidlar
2) 1-zanjirda – 156 N 156-1=155 fosfodiefir bog’
2-zanjirda – 156 N 156-1=155 fosfodiefir bog’
155+155=310 jami fosfodiefir bog’lar Javob: B ____________________________
20. Qaysi javobda odam organizmidagi gemoglobin oqsilining α
zanjiri sintezida qatnashuvchi i-RNKdagi nukleotidlar soni va β
zanjiri sinteziga javobgar DNK qo‘sh zanjiridagi nukleotidlar soni
to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 846;870 B) 423; 870 C) 47;48 D) 423;435
1) α zanjirning har bir 141 tadan, β zanjirining harbir zanjiri
145 tadan aminokislota qoldig‘idan iborat
2) α - 141AK*3=423N β -145AK*3=435N -bu DNK ning bir zanjiridan axborot olgan
i-RNK dagi nukleotidlar. Shuning uchun:
3) 1 ta zanjirda – 435 ta
2 ta zanjirda – 870 ta DNK dagi jami nukleotidlar – 870 ta Javob: B ____________________________
21. Hujayradagi i-RNK molekulasida 80 ta urastil nukleotidi
mavjud. Shu i-RNK zanjiridan teskari transkripsiya jarayonida
sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida sitozin
nukleotidlari soni i-RNKdagi uratsil nukleotidlari sonidan 3 marta
ko‘p, guanin nukleotidlari soni 2 marta kam. DNK ning shu bitta
zanjiridagi timin nukleotidlari miqdori guanin va sitozin
nukleotidlari yig‘indisining yarmiga teng bo‘lsa, DNK qo‘sh
zanjiridagi vodorod bog‘lari sonini toping.
A) 2560 B) 1280 C)2280 D)1840
1) i-RNK da U=80
2) i-RNK da U DNK dagi A dan transkripsiya qilingan, shuning
uchun DNK ning 1 ta zanjiridagi A=80 bo’ladi.
1ta zanjirda: S=3*U; G=U/2; T=(S+G)/2
A=80; S=3*80=240; G=80/2=40; T=(240+40)/2=140 3) DNK dagi barcha A-T ni topish uchun bitta zanjirdagi A
soniga T sonini, G-S ni topish uchun bitta zanjirdagi G soniga S
sonini qo’shamiz :
A-T=80+140=220 ; G-S=240+40=280
4) DNK dagi H bog’lar sonini topamiz: A va T o’rtasida-2 ta, G
va S o’rtasida 3 ta H bog’i borligini bilgan holda: H=2A-T+3G-S
H=(220*2)+(280*3)=440+840=1280 Javob: B ____________________________
22. DNK zanjirida adenin va timin orasida ikkita, guanin va
sitozin orasida uchta vodorod bog‘ mavjud. DNK molekulasida 100
ta timinli nukleotid bo‘lib, umumiy nukleotidlarning 10%ini tashkil
etadi. Ushbu DNK molekulasidagi vodorodli bog‘lar sonini toping.
A) 1500 B) 2800 C) 400 D) 1400 Ishlanishi: 1) har doim A miqdori T ga, G miqdori S ga teng.
A-100N-10%=10%-100N-T ikkalasi 20% ni tashkil etadi.
2) 100%-20%=80% Demak, 80% i G va S ni tashkil etishi
kerak va ular G-40%=40%-S ni tashkil qiladi.
3) (A)100---10%
x --- 40% x=(100*40)/10 x=400N bu G-S 4)
H=2A-T+3G-S => H=(2*100)+(3*400)=1400 Javob: D ____________________________
23. DNK molekulasida 4836 ta A va 8423 ta G bor. Ushbu
molekulani uzunligi va H bog’lar sonini aniqlang.