B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


Davlatning ijtimoiy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

11.5. Davlatning ijtimoiy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari 


139 
Ijtimoiy siyosat – davlat tomonidan ijtimoiy rivojlanish va ijtimoiy ta'minot 
sohalarida Davlat dasturlari asosida amalga oshiriladigan siyosat. ―Bu borada, 
albatta, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromad bilan bir qatorda yashash 
sharoiti va standartlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlangani, 
kishilar istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur 
infratuzilmaning mavjudligi va uning samarasi, aholini sifatli iste'mol tovarlari
shu jumladan, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan ta'minlash, zamonaviy 
talablar asosida ta'lim olish hamda sog'liqni saqlash tizimidan bahramand bo'lish 
kabi hayot darajasini belgilaydigan muhim ko'rsatkichlar inobatga olinadi‖. Bu 
davlat tadbirlari ijtimoiy guruhlar, umuman, butun jamiyat a'zolari turmush 
darajasi va turmush sifatini oshirishga qaratilgan majmua hisoblanadi. (11.7-rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11.7-rasm. Davlatning ijtimoiy siyosati strategiyasi, sub'ektlari va 
tamoyillari 
Davlatni
ng ijtim
oiy si
yosati
 
Ijtimoiy siyosat 
strategiyasi asosiy 
yo‘nalishlari 
Аholining munosib turmush darajasi 
va turmush sifatini taʼminlash 
Oila institutini mustahkamlash, onalik va 
bolalikni himoya qilish 
Inson huquq va erkinliklarini kafolatlash 
Ishonarli ijtimoiy muhofaza, ijtimoiy 
sohalarni rivojlantirish 
Ijtimoiy siyosat 
sub‘ektlari 
Davlat
Ish beruvchilar 
Jamoat birlashmalari 
Ijtimoiy siyosat 
tamoyillari 
Ijtimoiy adolat 
Ijtimoiy mas‘uliyat 
Ijtimoiy sherikchilik 
Ijtimoiy kafolatlar 


140 
Ijtimoiy siyosat sub'ektlari davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya 
organlari, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari 
hisoblanadi. Davlatning ijtimoiy siyosati quyidagi tamoyillarga tayanadi: 
ijtimoiy adolat
• ijtimoiy mas'uliyat; 
• ijtimoiy sherikchilik; 
• ijtimoiy kafolatlar. 
Ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari sifatida milliy iqtisodiyotning barqaror 
o'sishini rag'batlantirish va ishlab chiqarishni iste'mol manfaatlariga bo'ysundirish, 
mehnat motivatsiyasini kuchaytirish, tadbirkorlikni har taraflama qo'llab-
quvvatlash, aholining munosib turmush darajasi va turmush sifatini ta'minlash, 
ijtimoiy himoya qilish, madaniy merosni, milliy o'zlik va an'analarni rivojlantirish 
ko'rsatiladi. Davlat ijtimoiy siyosatining asosiy mezoni – aholi turmush darajasi va 
turmush sifatidir.
Aholining turmush darajasi odamlarning zarur moddiy va ma'naviy ne'matlar 
bilan ta'minlanganligi, shuningdek, inson taraqqiyoti – bilimi, salomatligi, shaxsiy 
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari hamda uning yashash shart-sharoitlari – uy-
joyga egaligi, atrof-muhitning ahvoli, iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligidir. 
Aholi turmush darajasining ma'naviy ehtiyojlar qondirilishida esa maktab 
yoshigacha (0–6 yosh) bo'lgan bolalarning maktabgacha tarbiya-ta'lim 
muassasalari bilan qamrab olinishi, umumiy savodxonlik darajasi, nashr 
etilayotgan adabiyotlar, matbuot hajmi, axborot vositalari va kompьyuterlar bilan 
ta'minlanganlik, maktablar, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari, ularda tahsil 
olayotganlar soni va hokazolar hisobga olinadi. 
Turmush darajasi ko'plab omillar ta'sirida o'zgarib turuvchi dinamik 
jarayondir. Bir tomondan, turmush darajasi muntazam o'zgarib turuvchi turli 
ne'matlarga ehtiyojlarning tarkibi va katta-kichikligi bilan belgilanadi, ikkinchi 
tomondan esa, bozordagi tovar va xizmatlar, aholi daromadlari, xodimlar ish 
haqlarining holatidan kelib chiqqan holda, ehtiyojlarni qondirish imkoniyati bilan 
cheklanib qoladi.
Shuning uchun aholi turmush darajasi quyidagicha tasniflanadi:
• to'kin-sochinlik (inson barkamol rivojlanishini ta'minlovchi ne'matlardan to'liq 
foydalanish imkoniyati); 
• normal daraja (inson jismoniy va intellektual qobiliyatlarini takror hosil qilishni 
ta'minlovchi ilmiy asoslangan oqilona iste'mol darajasi); 
• kambag'allik (ishchi kuchini takror hosil qilish uchun moddiy ne'matlardan 
ularning quyi chegarasi doirasida foydalanish imkoniyati); 
• qashshoqlik (moddiy ne'matlardan biologik mezonlar asosida minimal darajada 
foydalanish). 


141 
Aholi turmush sifatini aks ettiruvchi birinchi xalqaro ko'rsatkichlar tizimi 
1960 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi 
vaqtda u 12 ta asosiy ko'rsatkichlar guruhini qamrab olgan (11.8-rasm). 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin