21 st 2022 64 muqanna qo’ZG’oloni va uning oqibatlari


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities



Yüklə 205,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix13.02.2023
ölçüsü205,37 Kb.
#84188
1   2
17 (11)

International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Washington, DC USA 
httpseconferencezone.org March 20
th
-21
st 
2022 
65 
o’ziga qarorgoh qilib oladi. Butun Qashqadaryo vohasi qo’zg’olonchilar qo’liga o’tadi. Muqanna
qo’zg’oloni davomida Samarqand, Buxoro, Naxshab va Kesh hududlari aholisi ham faol
harakatga keladi. Uni Eloq, Ohangaron, Shosh, Farg’ona vodiysining ko’p sonli aholisi ham
qo’llab quvvatlaydi.
Oq kiyimlilar qo’zg’olonidan daxshatga tushkan xalifa Abu Ja’far 775-yilda Jabroil ibn Yaxyo
boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga yuboradi. Ammo qo’zg’olonchilar Samarqand
ostonalarida bu qo’shinga mag’lub bo’ladi. U katta talofatlar berib bazo’r Samarqandga yetib
keladi. Jabroil ibn Yaxyoga yordamga yuborilgan Uqba ibn Salim boshchiligidagi 10 000 kishilik 
qo’shin Kesh va Samarqand, G’ariga boshliq 14 000 kishilik qo’shin Termiz yaqinida
qo’zg’olonchilar tomonidan tor-mor etiladi. Natijada Chag’oniyon va Naxshab vodiylari
qo’zg’olonchilari qo’liga o’tadi. Qo’zg’olon 776-yilda Buxoro vodiysida kuchayib ketadi. Bu
Buxoro uchun katta xavf ekanligini yaxshi bilgan arablar 776-yil aprelida Samarqand noibi
arab qo’mondoni Jabroil ibn Yaxyo va Buxoro amiri Xusayn ibn Maozning birlashgan kuchlari 
oq kiyimlilar qo’rg’oni Narshaxni egallaydilar. Qo’zg’olonchilardan 7000 kishi o’ldiriladi.
Qo’zg’olon yo’lboshchilaridan Hakim ibn Ahmad va Hishriylar qatl etiladi. Natijada Kesh va
Samarqand qo’zg’olonning asosiy markazlariga aylanadi. 777-yilda Oq kiyimlilarga zarba berish
uchun xalifa Mahaiy Nishopurga keladi va Xuroson noibi Maoz ibn Muslim va Hirot amiri
Said Xoroshiy qo’mondonligida katta qo’shin to’planib, Samarqandga yuboriladi. 777-778-yillar
mobaynidagi og’ir janglardan keyingina Samarqand arablar tomonidan ishg’ol etiladi. Oq 
kiyimlilar Narshax va Samarqandda mag’lubiyatga uchragach, sotqinlik yo’liga o’tib, arablarga
yordam beradilar.
780-783— yilarda qo‘zg‘olon harakatlari so'nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu davrda Muqannaning 
asosiy kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida to‘plangan edi. Qo‘zg‘olonning bosh tayanch 
nuqtasiSom qal’asi ham shu joyda bo'lgan. Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo'shinlari katta 
ustunlikka ega bo'lib, ular mahalliy aholining yuqori tabaqalarini o'z tomoniga jalb etib, 
qo'zg'olonchilarni tobora siqib borayotgan edi. Muqanna Somda mustahkamlanib, o'z tarafdorlari 
bilan so'nggi nafasigacha kurashdi. Ammo bu kurashda Muqanna mag’lubiyatga uchraydi va
o’zini yonib turgan olovga tashlab xalok bo’ladi. Bu voqea Beruniy ma’lumotiga ko'ra 783— yilda 
yuz beradi. Tarixchi Tabariyning ma’lumotlariga ko’ra, Muqanna o’z halokatining muqarrarligiga
ko’zi yetgach, zahar ichgan. Shunday qilib, Movarounnahrda 14 yil davom etgan va Arab
xalifaligini larzaga keltirgan Muqanna boshchiligidagi qo’zg’olon shu tariqa yakunlandi. 
Oq kiyimlilar qo’zg’oloni yengilishining bir qancha sabablari bor edi. Avvalo, qo’g’olonchilar
uyushqoqlik bilan xarakat qila olmadilar. Mahalliy zodagonlar aloxida guruhni tashkil etib,
keyinchalik umumiy xiyonat yo’liga kirib arablar tomoniga o’tib ketishadi. Muqannaning o’zi
Som ( yoki Sanam) qal’asida bo’lib bevosita qo’g’olonga raxbarlik qila olmadi. Uning o’zi
umumiy tenglik g’oyasini ko’tarib chiqib, o’zi kichik davlat boshlig’iga aylana boradi.
Bundan tashqari, o’zaro urushlar natijasida aholi juda charchadi, ekinzorlar payxon qilindi,
iqtisodiy tanazzul boshlana bordi. Muqqannadan so’ng ham uning safdoshlari harakati ham
bo’lib turadi. Bu qo’zg’olon xalifalik kuchini zaiflashtirdi va boshqa o’lkalarda ham ozodlik
harakatlarining chiqishiga sabab bo’ladi. Qo’zg’olon ayni chog’da xalifalikning Movarounnahrdagi 
mustamlakachilik va bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukmronligining davom etishini 
shubha ostiga solib qo'ydi. Eng muhimi, u erk va ozodlik uchun talpinayotgan yurtimiz kishilarida 
vatanparvarlik tuygusini jo'sh urdirdi, ulami ajnabiy zolimlarga qarshi yanada shiddat bilan kurash 
olib borishga da’vat etdi. Buning samarasi esa IX asrning boshlariga kelib yurtimiz ustidan xalifalik 
hukmronligining uzil-kesil ag'darilishi va bir qator mustaqil milliy davlatlaming yuzaga kelishida 
to'la namoyon bo'ldi. 
Foydalanilgan adabiyotlar; 
1.Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova – O’zbekiston tarixi T:Toshkent 2006 
2. R.Xoliqov, K.G’aniyev, M.Nasrullayev – O’zbekiston tarixi T:Samarqand 2019 
3. R.Murtazayeva, A.Odilov, A.Ermatov, K Soipova – O’zbekiston tarixi T:Toshkent 2020


Yüklə 205,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin