- 63 -
Har bir adabiy til unda gapiruvchi barcha kishilar
tomonidan ongli ran-
ishda qabul qilingan talaffuz normasiga egadir. Tilning talaffuzi og'zaki nutq
shakliga, yozuv esa, yozma nutq shakliga xos bo'lib, ular bir-biriga doim to'g'ri
kelavermaydi.
Orfoepiya (grekcha
orthos – "to'g'ri" va
epos – "nutq") ma'lum tilning
to'g'ri talaffuz
norma va qoidalari hisoblanib, unda so'zlovchilarning barchasi
uchun tushunarli norma qabul qilingan bo'ladi. Orfoepiyaning
asosini tilning
fonetik sistemasi, ya'ni
undagi tovushlar, bo'g'in, urg'u va intonatsiya tashkil
etadi. To'g'ri talaffuz etishni odatda
tilning orfoepik normasi deb yuritiladi. Al-
batta orfoepik normadan chetga chiqish hollari ham mavjud.
Chunonchi, she-
valar talaffuzi, vulgar yoki buzib talaffuz qilish kabilar.
Odatda ba'zi tayanch shevalar talaffuzi adabiy til talaffuz normasiga yaqin
turadi. Masalan, rus adabiy tilining talaffuziga Moskva
va Peterburg talaffuzi
asos qilib olingan. O'zbek adabiy tilining talaffuziga Toshkent va Farg'ona
vodiysi shevalarining talaffuzi asos qilib olingan.
Har bir til o'zining ma'lum davrdagi orfoepik normasiga ega bo'lib, davr-
lar o'tishi bilan undagi fonetik va boshqa o'zgarishlar natijasida uning orfoepik
normasi ham o'zgarishi mumkin. Fonetika va fonologiyadagi nazariy prinsiplar-
ga
asoslanib, orfoepiya tilning talaffuz normalarini amaliy jihatdan qanday
bo'lishini belgilab beradi.
Ba'zan chet tilidan ona tiliga kirgan so'zlarning
talaffuzi ham shu qabul
qilgan tilning orfoepik normasiga moslashtirib talaffuz etiladi. (Masalan, vokzal,
rels, miniatura, juri kabi).
Haqiqiy turkiy so'zlarda urg'u asosan so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi.
Biroq rus tili va u orqali chet tillardan kirgan so'zlarda urg'u har xil bo'g'inlarda
bo'lishi mumkin. Bu esa, o'zbek tilining orfoepik normasida urg'uning ko'chma,
ya'ni so'zlarning har xil bo'g'inlariga tushish tartibini keltirib chiqardi. Masalan,
fizik, Váshington, Lóndon kabi.
- 64 -
Qo'shma so'zlarning har bir komponenti o'zining alohida urg'usi bilan
talaffuz etiladi: taómnóma, gúltójixó'roz kabi.
Orfoepiya normasi og'zaki so'zlashuv nutqida va rasmiy nutqda ba'zi
o'zgarishlarga uchraydi.
Orfoepiya teatr, kino, radio, televideniye va notiqlik
san'ati hamda nutq madaniyatidagi barcha talaffuz xususiyatlarining yig'indisini
adabiy normaga solib turuvchi mezon hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: