- 65 -
fonologiya sohalari vujudga keldi. Umuman tildagi rivojlanish qonuniyatlari sin-
gari, tarixiy-fonetik va fonologik o'zgarishlarni o'rganishdagi fonetik va fonologik
qonuniyatlar ham quyidagicha turlarga bo'linishi mumkin:
1)
Umumiy fonetik qonuniyatlar – barcha tillarga xos bo'lgan universal
holdagi tartib va qoidalarni belgilab beradi va ular tilning boshqa bosqichlarida
ro'y beruvchi umumiy hodisalar bilan ham bog'lanadi. Masalan, barcha turkiy
tillarida jarangsiz undoshlar ikki unli tovush oralig'ida jaranglilashishi mumkin.
Barcha turkiy tillarda singarmonizm (unlilarning uyg'unlashuvi
yoki unlilar
garmoniyasi) qonuniyati mavjud bo'lib (o'zbek tili bundan qisman mustasno
hisoblanadi), u so'z o'zagidagi unlining uning affiksidagi unli bilan uyg'unlashu-
vida ko'rinadi. Bunday singarmonizm hodisasi unlilarning til va labning holatiga
ko'ra uyg'unlashuvi bilan izohlanadi. Masalan, qozoq tilida: attar, bashtar; turk-
man tilida: barar, dashar; qirg'iz tilida: ottuz, moyun, tundu kabilar.
2)
Alohida fonetik qonuniyatlar – ayrim tillar uchun xos bo'lgan
hodisalarni izohlaydi. Masalan, boshqa turkiy tillariga xos bo'lgan singarmonizm
o'zbek tili tarixida ham bor bo'lib, unli fonemalar bu tilda 8-9 ta bo'lgan. Tarixiy-
fonetik o'zgarishlar o'zbek tilining ichki alohida fonetik qonuniyatlari va tashqi
ta'sir
natijasida, ya'ni boshqa tillar bilan aloqasi borasida ko'rsatilgan
xususiyatlar o'zgarishlarga uchragan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida 6- ta unli fo-
nema bo'lib, ular tilning ko'tarilishi (yuqori, o'rta, quyi) va labning holatiga ko'ra
fonologik oppozitsiyani tashkil qiladi:
i – u
e – o'
a – o
Bu fonetik va fonologik alomatlar boshqa turkiy tillar uchun xos emas.
Fonetik va fonologik qonuniyatlar tildagi
ichki va
boshqa tillar bilan
aloqa natijasida bo'luvchi –
tashqi faktorlar ta'sirida bo'lishi mumkin. Ba'zan
esa har ikki faktor ham bir yo'la ta'sir qilishi mumkin. Masalan, o'zbek tilida /o/
fonemasining hosil bo'lishida ikki fikr mavjud. O'zbek tilidagi ichki fonetik
- 66 -
faktorga asoslangan qarash /o/ fonemasi /a/ fonemasining lab va chuqur til orqa
undoshlaridan
keyin kelib, /o/ -lashganini ko'rsatadi. Boshqa tashqi faktorga
asoslangan qarash o'zbek tilidagi /o/ fonemasi fors-tojik tilining ta'siri ostida
hosil bo'lgan deb hisoblaydi. Shevalar orfoepik, grammatik va leksik normalar-
dan tashqarida bo'l-gani tufayli ularda turli o'zgarishlar saqlanib qoladi va asta-
sekin adabiy tilga ham ko'chadi.
Fonetik qonuniyatlar xronologik (davr) jihatdan ikki turli bo'ladi:
1)
Diaxronik fonetik qonuniyatlar – bir guruh tillar yoki aynan bir
tilning
tarixida ruy bergan tarixiy-fonetik va fonologik o'zgarishlarni o'z ichiga oladi.
Bu tarixiy hodisalarni o'rganuvchi til tarixining bir bo'limi
diaxronik (tarixiy)
Dostları ilə paylaş: