Umumiy tarzda ishlab chiqarishning natijasini mahsulot deb
atash qabul qilingan. Mahsulot deb odatda, moddiy ishlab chiqarish
jarayonida yaratilgan moddiy-ashyoviy ne’matga aytiladi. Zamonaviy
iqtisodiyot va boshqaruv nazariyasida «mahsulot» tushunchasi kam
ishlatilgani holda, ishlab chiqarish natijasida yaratilgan mahsulotlarini
esa ish, tovarlar, xizmatlar deb ataladi.
Ish ishlab chiqarish faoliyatining sezilarli natijasi bo‘lib, faoliyat-
ning hajmi va ko'lami, miq’yosi sifatida
olingan mahsulot yakuni
hisoblanadi. Ish ishlab chiqarish elementi va uning natijasi sifatida
o‘zida mahsulotlar, tovarlar va yanada ko‘proq tarzda xizmatlaming
belgilarini mujassamlashtiradi. Ishning natijasini o‘lchasa bo‘ladi,
mehnatga haq to‘lash esa butun ish va operatsiyalar bo‘yicha amalga
oshiriladi. Tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish ma’lum bir turdagi
ishlami bajarish bilan organik bog‘liqdir.
Tovar ishlab chiqarish faoliyatining mahsuloti tarzida ishlab
chiqarilgandan keyingi sotuvchi va xaridorlar orasidagi bozor muno-
sabatlarining obyekti tarzida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarilgan
mahsulot tovar bo'lishi uchun o‘zining qo‘llanuvchanlik va foydalilik
sifatlariga ega bo‘lishi kerak. Bu shuni anglatadiki,
tovar uni sotib
oluvchi xaridor va iste’molchining ma’lum bir ehtiyojini qondirishi
lozim. Iqtisodiyotda tovarlami har xil belgilari bo‘yicha farqlash qabul
qilingan. Ular ichida keng tarqalganlari quyidagi tovarlar guruhidir:
• ishlab chiqarishga mo‘ljallangan;
• iste’mol uchun;
• yakuniy va oraliq iste’mol uchun;
• uzoq va qisqa muddatli foydalanishga;
• kundalik talabga;
• mavsumiy;
• ajoyib va ommaviy yoyilgan;
• asosiy va yordamchi;
• xom ashyo va tayyor buyumlar;
• ko‘ruvchi va ko‘chmas;
•
moddiy-ashyoviy tovarlar, axborot mahsulotlari, ma’naviy
boyliklar.
Tovarlar iste’mol qiymatida nafligi bilan, almashuvchan qiymatida
esa bahosi bilan tavsiflanadi.
Xizmatlar bajarish jarayonida avval yaratilgan
mahsulot
sifatida yoki yangi moddiy-ashyoviy mahsulotni yaratishni talab
etmaydigan shaxsning ehtiyojini qondiradigan faoliyat ko‘rinishida
mehnatning maxsus mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Yoki bo'lmasa
xizm atlar-bu insonlarga sotiladigan tayyor narsa ko‘rinishida emas,
balki insonlar ehtiyoj sezadigan harakatlami amalga oshirish shaklida
taqdim etiladigan nafdir. Xizmatlarga ta’lim olish, davolanish,
maishiy xizmat, transport xizmati, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, bolalar
va qariyalarga qarash, maslahat faoliyatlari, ma’lumotlami taqdim
etish, ishbilarmonlik operatsiyalarini o‘tkazishga ko‘maklashish va
hokazolar taalluqlidir.
Ishlab chiqarish menejmentining ko‘p sonli
fimksiyalari quyidagi
tarzda mujassamlanadi:
• tashkilotning xo‘jalik faoliyatini tahlil etish;
• ishlab chiqarish rivojlanishini bashorat etish;
• ishlab chiqarish dasturlarini va rejalarini, biznes-rejalami ishlab
chiqish;
• ishlab chiqarishni operativ tartibga solish;
• ishlab chiqarish xodimlarini boshqarish;
• tashkiliy-boshqaruv tadbirlarini o‘tkazish;
• ishlab chiqarishning borishi, mahsulot, tovar, xizmat sifatini
nazorat etish, xarajat va natijalami hisob-kitob qilish;
• marketing faoliyati.
Ushbu vazifalami bajarish quyidagi chora-tadbirlami va ishlab
chiqarish menejmentining maqsadli vazifalarini ta’minlaydi:
1) ishlab chiqarishning yutuqqa erishish strategiyasini, mahsulot
sifatini, samaradorligi va raqobatbardoshligini asoslash, ishlab
chiqarishning barqaror faoliyat yuritishini qo‘llab-quwatlash
dasturini ishlab chiqish;
2) ishlab chiqarishni tizimli tashkil etish darajasiga erishish, uning
texnologik va resurs ta’minotini yaxshilash, malakali kadrlar
salohiyatini oshirib borish;
3) vatanimiz va xorijdagi ilg‘or tajribalami hisobga olgan holda,
zamonaviy innovatsiyalar asosida mahsulotlar, texnologik
jarayonlar, jihozlar, asbob-uskunalar turlarini ishlab chiqish va
doimiy takomillashtirish;
4)
buyurtmalar, shartnomalar, bitimlar tizimini boshqarish, bozor
savdolarida qatnashish, yangi segmentlami egallash va mustah-
kamlash, ishlab chiqarishni reklama qilish;
5) xodimlaming ish sharoitlarini va mehnatga haq to‘lashni yax
shilash, ularning ijtimoiy muammolarini yechishda ishtiroq
etish, ishlab chiqarishda, tashkilotda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy
muhitni qo‘llab-quvvatlash.
Dostları ilə paylaş: