zarur sharti bo‘lib hisoblanadi. Takliflar
mahsuldorlikni oshirgan
yoki xodimning mehnat sharoitlarini yaxshilagan taqdirdagina joriy
qilish uchun qabul qilinishi mumkin.
Ishlab chiqarish menejmentini loyihalash paytida
loyiha yechim-
larini asoslash maqsadida iqtisodiy samaradorlik aniqlanadi, tadbirlar
joriy qilinganidan keyin esa tadbirlaming unumdorligini aniqlash
maqsadida amaldagi samaradorlik hisoblab chiqiladi.
7.3. M E N E J M E N T N IN G I J T I M O I Y S A M A R A D O R L IG I
Ijtimoiy samara deganda jamoada
xodimlaming faolligini
oshirishga ko‘maklashadigan barqaror muhit, nisbatan qulay mehnat
va maishiy
shart-sharoitlami yaratish, jamoani ijtimoiy rivojlantirish
va unga xizmat ko‘rsatish tushuniladi.
Ijtimoiy samarani miqdoriy hisoblab bo‘lmaydi, uni korxonada ro‘y
beruvchi sifat o‘zgarishlariga ko‘ra aniqlash mumkin.
Qator hollarda
ijtimoiy samara bilvosita natijalar bilan o‘lchanadi. Masalan, ijtimoiy-
psixologik vaziyatning yaxshilanishi kadrlaming qo‘nimsizligini
qisqartirish va malaka saviyasini oshirish imkonini beradi.
Ayrim hollarda ijtimoiy natijalar ma’lum
miqdoriy natijalarda
o ‘zining bevosita ifodasini topadi. Masalan, korxonaning kadrlar
bilan komplektlanganligining umumiy ko'rsatkichi
(Skgm) quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: