Boshlang’ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni, o`quv dastirini rejalashtirish tamoyillari



Yüklə 169,58 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.02.2023
ölçüsü169,58 Kb.
#85118
6. Boshlang’ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni, o`quv dastirini rejalashtirish tamoyillari



Boshlang’ich maktablarda tabiatshunoslik fanining 
mazmuni, o`quv dastirini rejalashtirish tamoyillari 
 
R e j a : 
1. 1-2 sinflarda “Atrofimizdagi olam” darsligi bilan ishlashning metodik 
xususiyatlari. 
2. 1-2 sinflarda shakllanishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar. 
3. 3-4 sinf “Tabiatshunoslik” darsligi bilan ishlash metodikasi. 
4. Tabiatshunoslik darslarida kuzatishlarni murakkablashib borishi. 
 


Tayanch 
iboralar: 
“atrofimizdagi 
olam”, 
“tabiatshunoslik”, 
“o’lkashunoslik”, “bilimlarni mustahkamlash”, “mantiqiy tafakkur”, “darslik bilan 
ishlash metodikasi”. 
Boshlang’ich sinflarda bolalarni o’qitishning qulay sharoitlaridan 
foydalanib, fanlararo bog’lanishni to’la darajada amalga oshirish zarur. Atrof olam 
bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda shakllantiriladigan aniq tasavvurlar 
boshqa predmetlar bo’yicha vazifalarni hal qilishga yordam beradi va aksincha. 
Fanlararo aloqa nutqni rivojlantirish kabi vazifalarni hal qilishda amalga oshiriladi. 
“Atrof olam bilan tanishtirish” kursi o’quv materialining o’zi, foydalaniladigan ish 
uslublari va metodlari bola nutqini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. 
Bu mashg’ulotlarda bolalar bir - birlari bilan bevosita muloqotda bo’ladilar, 
taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar, o’zlarining sevgan ishqibozliklari haqida 
hikoya qiladilar va hokazo. Syujetlirolli o’yinlarda bolalar tasavvurlar qilib, o’z 
qahramonlari uchun matn yaratadilar. Mehnat ta‘limi, o’qish, atrof olam bilan 
tanishish kabi fanlar bilan bog’lanish tabiatga va ishlab chiqarishga kompleks 
ekskursiyalar o’tkazishda amalga oshirilishi mumkin. 
“Atrofimizdagi olam” darsligi bilan ishlash. Atrof olam bilan tanishtirish 
bo’yicha birinchi darsda bolalarni darslik bilan: muallifi, titul varag’ining 
mazmuni, bezatilishi bilan tanishtirish kerak, kitob bilan tanishtirish mundarijasi 
bo’yicha bo’ladi. Bolalarni darslik bilan ishlashga o’rgata borib, o’qituvchi ularga 
ishdagi izchillikni tushuntirishi kerak: avval rasmlar qarab chiqiladi, so’nggra 
maqollar o’qiladi, shundan keyin savollarga javoblar olinadi. 
Darslikdagi hamma maqollarni ham o’qib aytibberish mo’ljallanmagan, 
ularning ba‘zilarini bolalar faqat o’qib chiqishlari va savollarga javob berishlari 
kerak xolos, ba‘zilari bo’yicha ishning qisman ikkala turi amalga oshiriladi. Olib 
boriladigan ishlar hikoyaning mazmuniga, hikoya tilining qiyinligi yoki 
tushunarligiga bog’liq. 
Darslik mazmuniga she‘rlar, maqollar, matallar, topishmoqlar, hikoyalar, 
ertaklar kiritilgan. “Bizning maktab”, “Bizning mahalla”, “Bizning bog’”, “Biz va 


tabiat” mavzulari bo’yicha tekstlar qisqacha ishchanlik ruhidagi maqolalar tarzida 
berilgan. 
Darslikdagi she‘rlarni, albatta yod olish shart emas. Asosiy maqsad - mavzu 
mazmunining mohiyatini tushunishdir. 
Mavzu bo’yicha yangi atamalar va xulosalar darslikda yo’g’on harf bilan 
ajratilgan, bu esda yaxshi qoldirishga yordam beradi. Xalq ertaklarining har xil 
vaziyatlarda tasvirlangan qahramonlari ko’pgina mavzularda bordir. Ular go’yo 
bolalar bilan birga atrof olamni bilib olishga o’rganadilar. Bunday uslub 
o’qituvchiga o’yin vaziyatini o’rgatishga va yaratishga, bolalarda tabiatga va o’quv 
faniga qiziqishni oshirishga yordam beradi. Rasmlar bolalarda kuzatuvchanlikni 
rivojlantiradi, shunga ko’ra ulardan ko’rilayotgan rasmda ilgarigiga qaraganda 
nimalar yangi vujudga kelganini so’rash zarur. Darslik rasmlar bilan bezatilgan, 
ularga savol va topshiriqlar berilgan. Ularning ba‘zilari o’qituvchiga bolalar 
e‘tiborini tabiat jismlari va hodisalarining har xil xususiyatlari, belgilarini 
aniqlashga, bu bilan dars mavzusi bo’yicha faktik materialni umumlashtirishga 
qaratishga yordam beradi. Savol hamda topshiriqlarning guruhi ikki yoki bir nechta 
rasmlarni o’zaro taqqoslashni talab qiladi yoki tabiat va odamlar mehnatidagi
ba‘zi sabab bog’lanishlarni ochishni taklif qiladi. Darslikning savol va 
topshiriqlari o’qituvchiga bolalar e‘tiborini maqola mazmuniga qaratishga, undagi 
asosiylarni 
aniqlashga 
yordam 
beradi. 
Savollar 
yordamida 
bolalar 
o’rganiladiganlarni chuqur va ravshanroq tasavvur qiladilar. 
Darslik materialida har bir mavzu bo’yicha o’rganilganlarning asosiy 
mazmunini aks ettiruvchi va tushunchalar mohiyatini ochib beruvchi qisqacha 
xulosalar ham bor. Tabiatshunoslik mazmunidagi matnlardan keyin tabiatdagi 
kuzatishlar uchun topshiriqlar, amaliy ishlarning rejalari berilgan. Darslikda 
ekskursiya hamda fan bo’yicha darslar o’tkazish uchun savol va topshiriqlar
ko’rinishidagi material bor. 
Darslik yil fasllarining O’zbekiston uchun xos belgilarni ta‘riflaydi, 
bolalarning tabiatdagi kuzatishlarini osonlashtiradi, jonsiz va jonli tabiat o’zaro 
bog’lanishlarini ta‘kidlaydi. 


Darslikning asosiy g’oyasi - insonning tabiat bilan o’zaro aloqasi, inson 
mehnatining tabiatdagi ahamiyati, unda yurish-turishning qoidalaridir. Ijtimoiy 
hayotning hodisalariga bag’ishlangan maqolalari bolalar e‘tiborini inson, jamiyat 
va tabiatning birligiga qaratadi. 
3 sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida fan 
sifatida o’qitish 3-sinfdan boshlanadi. O’quv materiali “ Tabiatda suv va havo”, 
“Foydali qazilmalar”, “Tuproq”, “O’simliklar dunyosi”, “Hayvonot dunyosi”, 
“Tabiat va inson salomatligi”, “Tabiat va inson” mavzulariga birlashtirilgan.
Tabiatshunoslik bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat 
jonajon tabiat go’zalligi va boyliginigina emas, balki boshqa mamlakatlar xalqlari 
bilan qardoshlarcha hamkorlikda o’z mamlakatining ahamiyatini ko’rsatishga ham 
imkon beradi. 
O’z Vatanining tabiati va odamlari mehnati to’g’risidagi bilimlarning keng 
doirasi o’qituvchiga umumiy ta‘lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy 
yo’nalishlari qo’ygan eng muhim ta‘lim tarbiya vazifalarini amalga oshirishga 
imkon beradi. 
3-sinfda o’quvchilar ob-havoni muntazam kuzatishni davom ettiradilar: 
bulutlanishni, shamol kuchini (kuchli, bo’sh, mo’tadil) belgilaydilar. Fenologik 
kuzatishlar o’tkazishni davom ettiradilar: kunning uzunligini (kalendar bo’yicha), 
barglarning sarg’ayishini xazonrezgilikni, yil fasllari bo’yicha o’simlik va 
hayvonlar holatini belgilaydilar. Barcha kuzatishlar “Kuzatishlar kundaligi” va 
umumsinf tabiat va mehnat kalendariga yozib boriladi. 
Har oyning oxirida kuzatishlar umumlashtiriladi va yig’ma jadvalga 
kiritiladi. Unda shu oyning fenologik xususiyatlari belgilanadi. Kundaliklarga 
o’simlik va hayvonlar ustida olib borilgan umumlashgan kuzatishlar yoziladi. 
O’quvchilar jonsiz tabiatdagi o’zgarishlarning o’simlik va hayvonlar hayotidagi 
o’zgarishlar bilan qanday bog’liq ekanligi haqida xulosa chiqaradilar. 
3-sinfda umumsinf tabiat va mehnat kalendarini yuritish davom etadi, bu 
ikki yil davomida kuzatilgan hodisalarni taqqoslash imkoniyatini beradi. Har kuni 
ob-havo, o’simlik va hayvonlar holatini belgilab, o’quvchilar joriy kuzatishlarini 


o’tgan yili shu kun o’tkazgan kuzatishlari bilan solishtiradilar. Bunday ish 
kuzatishlarga qiziqishni, ularning sifatini oshiradi, tabiatshunoslik tushunchalarini 
chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. “Madaniy o’simliklar ”, “Uy hayvonlari” 
mavzularini o’rganishda bolalar kuzatish, tajriba, ekskursiya, amaliy ishlar 
o’tkazish yo’li bilan o’simlik va hayvonot dunyosining mahalliy vakillari bilan, o’z 
joyi yuzasining shakllari bilan, suv havzalari va suvning xususiyatlari bilan, tuproq 
hamda foydali qazilmalar bilan tanishadilar.
Bolalar uchun “Bizning o’lka” tushunchasi hammadan avval ularning uylari 
va maktabi joylashgan joydir, chunki ular ayniqsa atrof joyda bevosita kuzatishlari 
mumkin bo’lgan tuproq, o’simliklar, hayvonlar, yer yuzasining shakllari, suv 
havzalari, foydali qazilmalar bilan tanishadilar. 
“Madaniy o’simliklar ”, “Uy hayvonlari” mavzularini o’tishda o’qituvchi 
o’quvchilarning tabiat ob‘ektlarini kuzatishlariga, ularni kuzatishlar kundaligida va 
sinf 
tabiat 
va 
mehnat 
kalendarida 
qayd 
qilishlariga, 
kuzatishlarni 
umumlashtirishlariga va shuningdek, darslik sahifalaridagi topshiriqlarni 
bajarishlariga alohida e‘tibor qaratish lozim. 
Bolalar ekskursiyada tuproq bilan tanishadilar, tuproq kesmalarini qarab 
chiqadilar. O’qituvchi ular e‘tiborini yer ostida joylashgan tuproq qatlamlari va 
tog’ jinslarining yotishiga qaratadi. Amaliy ish va tajribalar jarayonida o’quvchilar 
tuproq tarkibi to’g’risida bilib oladilar, o’z o’lkalari tuproqlarining xilma-xilligi 
to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. Bu bo’lim birinchi bo’lib o’rganiladi, chunki u 
o’quvchilarni qishloq xo’jaligi mehnati bo’yicha mashg’ulotlarga (tuproqni kuzda 
ishlashga, ko’chat qalinligining ildizmevalar hosiliga va manzarali o’simliklarning 
gullash vaqtiga, o’g’itlashning ildizmevalarning hosiliga, gul manzarali 
o’simliklarning o’sishiga ta‘sirini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan tajribalar 
qo’yishga nazariy jihatdan tayyorlaydi. Tuproq tarkibi to’g’risida tasavvurga ega 
bo’lmay turib, o’quvchilar madaniy o’simliklarning o’sish va rivojlanishi 
to’g’risida to’la qimmatli bilimlar ololmaydilar. 
Mahalliy o’simlik va hayvonlarning bir necha turlari bilan o’quvchilar tabiat 
va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga, shuningdek, o’quv tajriba maydonchasida 


o’tkazilgan ekskursiyalarda tanishadilar. E‘tibor jonli tabiat burchagi hamda 
tabiatning o’zida o’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishini kuzatishga 
qaratilishi kerak. 
“Tabiat va inson” mavzusi bolalarga o’z joylarining yuzasi to’g’risida aniq 
va tasviriy tushunchalar berish maqsadiga ega. Bolalar O’zbekistonning eng 
muhim daryolari, ularning hosil bo’lishi, quyilishi, boshlanishi, o’zani to’g’risida 
dastlabki bilimlar oladilar. Tabiatdagi suv bilan ular mahalliy suv havzalariga 
ekskursiyaga borganlarida tanishadilar. 
“Foydali qazilmalar” mavzusida quruqlik har xil tog’ jinslaridan: granit, 
qum, loy, kaltsit va boshqalardan iborat ekanligi to’g’risida dastlabki tasavvur 
beradi. Bu mavzuchada foydali qazilmalarning xususiyatlarini o’rganish markaziy 
o’rinni egallaydi. Ularni o’rganish o’quv fani darslarda kuzatishlar o’tkazish yo’li 
bilan olib boriladi. Ekskursiyalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, ularda bolalar 
foydali qazilmalarni qazib olish bilan, ishchilar mehnatini mexanizatsiyalash bilan 
tanishishlari, o’lkani qanday foydali qazilmalarga boy ekanligini bilib olishlari 
mumkin. 
“Tabiat va inson salomatligi” mavzusini o’rganish bolalar 1-2 sinflarda 
egallagan sanitariya-gigiyena bilimlari va ko’nikmalari asosida quriladi. 
Bolalarning xilma-xil hissiyot va qabul qilishlaridan to’laroq foydalanish uchun 
ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan birga ularni gigiyena qoidalarini 
amaliy jihatdan bajarishga o’rgatish zarur. 
Gigiyena bilimlarining muvaffaqiyatli egallab olinishi o’qitishning barcha 
xilma-xil metodlari hamda uslublarini qo’llanish bilan ta‘minlanadi. Shu maqsadda 
“Odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish” mavzusini o’rganishda 
o’z-o’zini kuzatishdan keng foydalaniladi, uning yordamida faqat organizmda 
borayotgan jarayonlarni aniqlabgina qolmasdan, balki o’zining salomatlik holatini 
belgilash ham mumkin. Masalan, yurak qisqarishining tezligiga qarab, yurak va 
o’pka ishining normadan chekinishi to’g’risida fikr yuritiladi. 
Imkoniyat boricha gigiyena qoidalarini muntazam bajarishga intilishni 
uyg’otuvchi xilma xil hissiy ta‘sir ko’rsatish vositalaridan foydalanmoq darkor. 


Bunday vositalarga qo’l, yuz va bo’yin terisini toza yuvishdan, kiyimlarining 
bashangligidan, tishlarining sog’lomligidan, xonaning tozaligidan, harakatning 
chaqqonligidan vujudga kelgan yoqimli taassurotlarni kiritish mumkin. Ayrim 
hollarda aksincha, salbiy emotsiyalarni: iflosga, pashshalarga va hokazolarga 
nafratni vujudga keltirish kerak. O’quvchilarni sanitariya tarbiyasida “Salomatlik
burchagi”ni tashkil qilish katta ahamiyatga ega, uni o’qituvchi o’quvchilar bilan 
birga olib boradi. “Burchak”da bolalarga sanitariya va gigiyena qoidalarini eslatib 
turuvchi plakatlar, ishoralar osib qo’yiladi. 
“Odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish” mavzusini 
o’rganishga bag’ishlangan darslarda bir necha minutni sanitar o’quvchilarning 
shaxsiy gigiyena qoidalarining bajarilishi to’g’risidagi qismlarga ajratish ma‘qul 
bo’ladi. Bu bolalarni intizomli qiladi va ularda mas‘uliyat his qilishni tarbiyalaydi. 
Gigiyena bilimlari hamda ko’nikmalarini egallab olishga bolalarni odam tanasining 
tuzilishi va a‘zolarining vazifalari to’g’risidagi oddiy ma‘lumotlar bilan 
tanishtirishga yordam beradi. Bolalar odam organizmining bir butun ekanligini 
tushunib olishlari kerak. Uchinchi sinf o’quvchilari uchun muskullar bilan qon 
aylanishning, muskullar bilan ovqatlanishning o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar 
to’la tushunarlidir. “Nerv sistemasi” va “Sezgi organlari” mavzularini o’rgana 
borib, o’quvchilar ishlayotgan organlar o’rtasidagi, shuningdek, organizm bilan 
atrof muhit o’rtasidagi aloqalarning qanday amalga oshishi to’g’risida ma‘lumotlar 
oladilar. 
Gigiyena bilimlari va ko’nikmalarini o’qitishni faqat o’qish vaqti bilan 
cheklanmaslik kerak. Salomatlikni muhofaza qilishga, kun rejimini, shaxsiy 
ijtimoiy gigiyena qoidalarini bajarishga, o’quvchilar turmushiga jismoniy mashqlar 
hamda sport o’yinlarini tatbiq qilishga bag’ishlangan o’qishdan tashqari 
vaqtlardagi suratlar, kinofilmlar namoyish qilish, shu mavzular bilan bog’liq 
ertaliklar o’tkazish darslarda olingan gigiyena bilimlari hamda ko’nikmalarini 
chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi. 
4-sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida 
o’quv fani sifatida o’qitish 4-sinfda ham davom etadi. O’quv materiali “Yer – 


Quyosh sistemasidagi sayyora”, “Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi”, “Vatanimiz 
bo’ylab sayohat” mavzulariga birlashtirilgan. 
“Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora” mavzusini o’rganishning boshlanishida 
bolalar yozgi topshiriqlarga yakun yasaydilar, jonajon o’lka tabiati to’g’risidagi 
materialni takrorlaydilar, keyin “Yulduzlar”, “Quyosh” mavzulari bilan 
tanishadilar. Amaliy ish va mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar ayrim narsalarni, 
sinfni, maktab maydonchasini rejada qanday tasvirlash kerakligi bilan tanishadilar. 
“Quyosh” mahalliy belgilar, kompos bo’yicha orientirlashga o’rganadilar. 
Bu mavzucha o’quvchilarni geografiya xaritasini tushunishga olib kelish uchun 
zarur asos bo’lib xizmat qiladi. O’z joyini o’rganishga asoslanib, o’qituvchi 
o’quvchilarda O’zbekistonning tabiiy xaritasi to’g’risida, boshlang’ich tasavvurlar 
hosil qiladi. Xarita bilan ishlash butun o’quv yili davomida davom etadi.
Xaritalarda foydalanilgan shartli belgilar bilan o’quvchilarni tanishtira borib, 
ularni o’z o’lkasi tabiatining tegishli rasmlari bilan taqoslash kerak. Shunga intilish 
kerakki, xarita ham bolalar uchun kitob kabi bilim manbai bo’lib qolsin. 
“Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi” kichik mavzusi bolalarni mamlakatimiz 
tabiatning xilma-xilligi to’g’risidagi asosiy ma‘lumotlar bilan tanishtiradi. “Yer 
yuzi tabiatining xilma-xilligi” mavzusini muvaffaqiyatli ravishda o’rganish uchun 
HMD (
tabiiy va tabiiy zonalar) xaritalaridan, gerbariy, devoriy surat, kinofilm, 
rasm, jurnal va gazetalardagi fotosuratlardan, radio va teleko’rsatuvlardan, berilgan 
Gidrometmarkaz xabarlaridan keng foydalanish zarur. O’quvchilarni daftarda 
yozilgan har bir zonaning tabiiy sharoitlari xarakteristikasi: 1-xaritadagi holati; 2-
yuzasi; 3-daryo va ko’llari; 4-yil fasllari; 5-o’simliklari; 6-hayvonot dunyosi; 7-
shahar va qishloqdagi odamlar mehnati kabilarni o’z ichiga olgan rejadan 
foydalanishga o’rgatish kerak. Ular xaritadan har bir zonani, u HMDlarning qaysi 
qismida joylashganligini ko’rsatib bera olishlari kerak. 
Tabiiy zonalar relefi umumiy doirada, masalan, “asosan tekisliklar va tog’lar 
va hokazolar bor” tarzida ta‘riflanadi. Yil fasllarini xarakterlash qish va yozning 
xarakterli harorati va yog’inning ko’pozligini tasvirlash bilan birga olib boriladi. 
Bunda yil fasllarining xususiyatlarini shu hududda Quyoshning yoz va qish 


vaqtlarida yoritish xarakteri bilan bog’lash lozim. Masalan, “Cho’lda Quyosh 
yozda ufqdan yuqoriga ko’tariladi va deyarli tik tushuvchi nurlari Yer yuzasini 
kuchli qizdiradi yoki “Tundrada, hatto yozda ham Quyosh ufq ustida pastda turadi 
va uning nurlari yer yuzasi bo’ylab qiya holda o’tadi, uni kuchsiz ravishda 
qizdiradi”. O’quvchilar yil fasllari, o’simliklari, hayvonot dunyosi, qishloq 
xo’jaligidagi odamlar mehnati to’g’risida hikoya qilayotganlarida bunday 
talqinlarga asoslanishlari kerak. Mantiqiy mulohazaning bunday izchilligi faqat 
ushbu mavzuninggina emas, balki ilgarigi mavzuning ham - Yerning sharga 
o’xshashligi va uning holatini Quyosh atrofida yillik harakati vaqtida o’zgarishi 
to’g’risidagi materialni ongli o’zlashtirib olinishiga yordam beradi. 
Bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun xarita 
bo’ylab xayolan sayohat o’tkazish foydalidir, bu sayohat vaqtida bolalar yo’lga 
nimalar kiyib olishlarini, yo’lda nimalarni ko’rishlarini, qanday o’simlik va 
hayvonlar uchrashini aytishlari kerak bo’ladi. U yoki bu zonaning tabiiy 
sharoitlarini ta‘riflashda bolalar o’simliklar dunyosini ta‘riflashga ko’proq e‘tibor 
berishlari kerak. Bunda o’simliklarga umumiy xarakteristika berish, 
o’simliklarning tipik turlarini ta‘riflash va ularning gerbariy namunalarini 
ko’rsatish kerak. Shunga ko’ra o’simliklarni o’rganishga bag’ishlangan daslarni 
predmetli dars sifatida tuzish maqsadga muvofiqdir, bunda tarqatma materiali qilib 
gerbariylardan, landshaft to’g’risida tasavvur shakllantirish uchun esa suratlardan 
foydalaniladi. 
Hayvonot dunyosining ta‘rifi bolalarga tanish bo’lgan yovvoyi hamda uy 
hayvonlarining guruhlari bo’yicha sistematik tasvirlardan iborat bo’lishi kerak. 
Bunda hayvonning tashqi ko’rinishi, nima bilan oziqlanishi, ovqatni qanday 
topishi, ba‘zi xulq-atvori, odam uchun foydalimi yoki zararlimi ekanligi 
ko’rsatiladi. O’lkamiz biror qismining tabiiy xususiyatlarini o’rgana turib, 
o’quvchilar uning uchun xarakterli bo’lgan qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab 
chiqarishining turlari to’g’risida tasavvur olishlari kerak. 
HMD dasturlaridan farq qilib, tabiatshunoslik bo’yicha O’zbekiston 
maktablari uchun tuzilgan dastur tabiiy zonalarni o’rganishni shimoldan janubga 


qarab emas, balki janubdan shimolga tomon olib borishni tavsiya qiladi. Bu 
o’qitishning muhim tamoyili – “Yaqindan uzoqqa boorish” tamoyili bilan taqozo 
qilinadi. O’z o’lkasini o’rgana turib, bolalar cho’l zonasida yashayotganliklarini 
bilib oladilar. Cho’l va vohalardagi tabiat va odamlar mehnati - bu o’quvchilar har 
kuni duch keladigan o’ramdir. Shunga ko’ra tabiiyki, avval o’zining tabiiy, ya‘ni 
eng janubiy zona to’g’risidagi bilimlarni umumlashtiriladi, keyin esa bolalarni o’z 
atrofidan chetdagi boshqa tabiiy zonalarga olib boriladi. Daftarlarda har bir tabiiy 
zonani xarakterlovchi yozuvlar qilish, bezak tanlash yoki rasm chizish, o’simlik va 
hayvonlarning nomlarini yozish va shu kabilarni qilish kerak bo’ladi. 
“Vatanimiz bo’ylab sayohat” mavzusini o’rgana turib, o’qituvchi tabiat 
muhofazasi bo’yicha qonuniy hujjatlar, ularni har biri fuqaro tomonidan bajarilishi 
zarurligi to’g’risida gapirib berishi kerak. Mavzuda alohida e‘tibor inson 
tomonidan tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishiga qaratiladi. Tabiat 
muhofazasiga oid masalalar tabiatshunoslikning deyarli barcha bo’limlariga 
daxllidir. Mavzuning asosiy masalasi - tabiat muhofazasi to’g’risidagi ilgarigi 
darslarda bayon qilingan ayrim ma‘lumotlarni bildirish, tabiat muhofazasi bo’yicha 
qanday tadbirlar o’tkazilayotganligini ko’rsatishdir. 
Tabiat muhofazasining ma‘nosi va ahamiyatini o’quvchilarga ocha borib, 
o’qituvchi bu mavzuning katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini e‘tiborda 
tutishi kerak. Tabiat faqat jamiyatning moddiy hayoti uchun boylik olish 
manbaigina bo’lib qolmasdan, balki xalq ma‘naviy boyligining asosi hamdir. 
O’qituvchi tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklardan ehtiyotkorlik bilan 
foydalanish to’g’risida qanday g’amxo’rlik qilayotganligini gapirib berishi, 
o’quvchilarni O’zbekiston Konstitutsiyasida aks ettirilgan tabiat muhofazasi 
to’g’risidagi qonunlar bilan, O’zbekiston tabiatni muhofaza qilish jamiyatining 
Ustavi bilan tanishtirib borishi kerak. Bu kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining 
ma‘naviy tarbiyasi sistemasida katta ahamiyatga ega. Tabiat muhofazasi to’g’risida 
g’amxo’rlik bolalarda kompleks tarbiyaning muhim qismi sifatida, vatanparvarlik 
hissini shakllantirishda, inson va tabiat o’rtasida oqilona o’zaro munosabat 
o’rnatishda g’oyat katta ahamiyat kasb etadi. 


Tabiat muhofazasi bo’yicha amaliy faoliyat bolalarda tabiat boyliklarini 
himoya qilish hamda ko’paytirishga intilishni rivojlantiradi. Shunga ko’ra ularni 
qushlar uchun oziqa tayyorlashda qatnashishga, kech kuz, qish va erta bahorda 
qushlarni boqishga, gul manzarali o’simliklar urug’larini yig’ishga, ularni aholi 
o’rtasida tarqatishga, ko’kalamzorlarni parvarish qilishga, tuproqni yemirilishdan 
saqlovchi o’simliklarni o’stirishga jalb qilish kerak.
 


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nuriddinova M.I.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T., 
2005.
2. Bahramov A.,“Tabiatshunoslik.”Darsligi3-sinf.T:.“Cho’lpon” nashriyoti. 2014. 
3. Bahramov A., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 4-sinf. T:. “Sharq” nashriyoti 2014. 
4. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T. 1992. 
5. PakulovaV.M.,Kuznetsova M.I.Metodika prepodavaniya prirodovedeniya.M., 
1990. 
6. Nishonboeva M.G. Biologiya darslarida ekologik tarbiya. O’qituvchilar uchun 
qo’llanma. T., 1992. 

Yüklə 169,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin