2-ma’ruza
Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning
arxitekturasi va ishlash prinsiplari, sistema bloki komponentlarini о‘rganish.
Reja
1. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxi-
tekturasi va ishlash prinsiplari.
2. Protsessor va xotira yaratish texnologiyalari. Kompyuter tili tushunchasi.
Ma’ruza matni
Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat
hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar
bajaradi. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iboratdir. Avallo shuni
aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat
shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon
shaxsiy kompyuterlari, ilgargi universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira
hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan, ko`p masalalarni
yechish
uchun
bu
kompyuterlar
foydalanuvchilarni
qanoatlantirishidadir.
Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli –
analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan
amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori
bo`lgani uchun ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatda
kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda.
Shaxsiy kompyuterning tuzilishi
Shaxsiy kompyuterlar odatda ikkita qismga ajratib ko‘rsatiladi. Birinchisi -
apparat qismi u Hardware deb, va ikkinchisi - dasturiy ta‘minot qismi, u
Software deb nomlanadi, ya‘ni
Dostları ilə paylaş: |