5-ma’ruza ishlash obyekti va usuli



Yüklə 419,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.02.2023
ölçüsü419,21 Kb.
#85366
  1   2
5-Ma\'ruza



5-MA’RUZA 
Ishlash obyekti va usuli 
Neft va neft-gaz koni yer po‘stining yakka tektonik strukturasida 
mujassamlashgan neft va gaz uyumlari majmui. Konlarga kiruvchi uglevodorod 
uyumlari, odatda yer ostida turli tarqalganlikka ega bo‘lgan, ko‘p hollarda turli 
geologik-fizik xossali, qatlam yoki tog‘ jinslari massivida joylashgan bo‘ladi. Ko‘p 
holatlarda ayrim neft-gazli qatlamlar katta qalinlikdagi o‘tkazuvchanmas jinslar 
bilan ajralgan yoki konning ayrim qismlarida joylashgan bo‘ladi. 
Bunday ajralgan yoki xossalari farq qiluvchi qatlamlar turli ishlatish 
quduqlari guruhi bilan ishlatiladi, ayrim hollarda turli texnologiyalardan 
foydalaniladi. 
Konni ishlash obyekti tushunchasini kiritamiz. Ishlash obyekti–ishlashdagi 
kon chegarasi ichida sun’iy ajratilgan geologik tuzilma (qatlam, massiv, tuzilma, 
qatlamlar majmui), sanoat miqyosidagi uglevodorodlar zaxirasiga ega, ularni yer 
ostidan olish muayyan burg‘i quduqlari guruhi yoki boshqa tog‘-texnik qurilmalari 
yordamida amalga oshiriladi. Konni ishlatuvchi mutaxassislar orasida keng 
tarqalgan atamaga ko‘ra, har bir obyekt “o‘zining burg‘i quduqlari to‘ri” bilan 
ishlashda bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiatning o‘zi ishlash obyektini 
yaratmaydi – ularni konlarni ishlatuvchi mutaxassislar ajratadi. Ishlash obyektiga 
bir, bir necha yoki konni hamma qatlamlari kiritilishi mumkin. 
Ishlash obyektining asosiy xususiyati – unda sanoat miqyosidagi neft 
zaxiralarining borligi, ushbu obyektga taaluqli va ular yordamida ishlatiladigan 
burg‘i quduqlari guruhidir. 
Ishlash obyekti tushunchasini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun quyidagi 
misolni ko‘rib chiqamiz. Kesimi III.1-rasmda keltirilgan kon berilgan bu kon 
qalinligi, to‘yingan uglevodorodlarni tarqalganlik maydoni va fizik xossalari bilan 
farq qiluvchi uchta qatlamdan iborat. 



Yüklə 419,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin