Proceedings of Ingenious Global Thoughts
An International Multidisciplinary Scientific Conference
Hosted from San Jose, California
https://conferencepublication.com
November 29
th
, 2020
302
BIR G‘AZAL SHARHI
Shokirova Hilola
TDSHU Matnshunoslik va
adabiy
manbashunoslik yo„nalishi magistranti
Alisher Navoiy nomini eshitgnimizda, buyuk davlat arbobi, shoir,
mutafakkir, ilohiy va irfoniy
g„azallar muallifi hayolimizda gavdalanadi. Navoiy qoldirgan adabiy merosni hikmat marjonlari to‟la
dengizga o‟xshatish mumkin.
1
Alisher Navoiy asarlarini o„granish uchun eng avvalo, falsafiy dunyoqarshga
bundan tashqari diniy, tasavuffiy bilimlarga ega bo‟lish kerak. Fikrimni isboti sifatida adabiyotshunos olim,
filologiya fanlari doktori, tasavvuf ilmining bilimdoni Najmiddin Komilovning fikrlarini havola qilaman:
“Sharq xalqlari tafakkuri tarixida chuqur ildiz otgan tasavvuf ta‟limotini yaxshi
bilmay turib, Alisher Navoiy
dunyoqarashi va adabiy merosini barcha murakkabliklari, falsafiy teranligi bilan to„liq holda to„g„ri,
haqqoniy yoritib berish mushkul…”
2
Davlatshoh Samarqandiy ham Alisher Navoiyni “Mir Nizomiddin”, ya‟ni “dinning nizomi - qonuni”
deb bejiz ulug‟lamagan. Hazrat Navoiyning
deyarli barcha asarlarida, xususan, “Xamsa” dostonlarining
muqaddimalarida Allohga hamd, payg„ambarga na‟t, munojot va rasululloh (s.a.v.)madhining mavjudligiyoq
bu fikrni tasdiqlaydi.
3
Alisher Navoiyning “Hazoyin ul-maoniy” sidan o„rin olgan “Iloho, podshoho, kirdigoro…” deb
boshlanuvchi g„azali fikrimizning isboti desak xato qilmagan bo‟lamiz.
G„azalning birinchi misrasidanoq Alloh taoloning go„zal ismlari va sifatlari bilan boshlanayotganini
ko„rishimiz mumkin:
Iloho, podshoho, kirdigaro,
Sanga ochig‟
nihon-u oshkoro
Baytdagi kirdigaro so„zi, “yaratuvchi, Xudo, tangri taolo” degan ma‟noni anglatadi. Ya‟ni birinchi
baytni quyidagicha tahlil qilish mumkin,
Yakka-yu yagona, olamlar podshohi va butun borliqning
yaratuvchisi Alloh taolo ekanligi ta‟kidlanib, Allohning ulug„ ismlari ya‟ni Ismi A‟zamga ishora qilinyapti.
“Ismi A‟zam” birikmasi “eng ulug„ ism” ma‟nosini anglatadi. Alloh taolo ismlarining eng ulug„i
Ismi A‟zam, deyiladi. Kimda-kim Ismi A‟zam bilan Allohga iltijo qilsa, duosi mustajob bo„ladi.
4
Shuningdek barcha yashirin va oshkora qilingan gunoh ishlari-yu xayrli va savobli
amallarning barchasi
Allohga a‟yondir. U ko„ruvchi va biluvchi Zotdir.
Sabur ismi bila qilsang tajalliy,
Qilib Namrudg„a yuz ming mudoro.
Baytdagi sabur so‟zi, “sabrli, toqatli, chidamli, bardoshli” ma‟nosida, tajalliy so‟zi esa, “ko„rinish,
jilvalanish” ma‟nosida qo‟llanilgan bo‟lib, jannatga kirish eshiklari sabr orqali ekanligiga ishora desak ham
bo„ladi. Ikkinchi baytning birinchi misrasini quyidagicha tushinish mumkin, sabr ila jiddu jahd qilsa, ya‟ni
Alloh taolo bandasiga kuchli sabr nurlarini sochsa Ibrohim alayhissalom
kabi Namrudning yuz ming
fitnasiga chidaganidek sabr qilsa, Alloh Ibrohim alayhissalomni qutqarganidek, boshqa bandalarga ham O„zi
yordam beradi. Zero, Alloh barcha narsaga qodir.
Qachonkim zohir etsang “tanzi‟-ul-mulk”
Sikandarning bo„lub mag„lubi Doro.
1
“Қашқадарё”газетасидан Одилжон Бегимов мақоласи.
2
http://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/najmiddin-komilov-timsollar-timsoli-alisher-navoiy-
gazaliga-sharh.html
3
Д.Юсупова Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи (Алишер Навоий даври). – Т.: “Академнашр”, 2013. Б. -
193
4
Зиёвуддин Раҳим Қуръон-қалблар шифоси. – Т.: Имом Бухорий халқаро маркази нашриёти, 2017. Б.
- 407