Proceedings of Ingenious Global Thoughts An International Multidisciplinary Scientific Conference Hosted from San Jose, California
https://conferencepublication.com
November 29
th
, 2020
303 Uchinchi baytdagi “tanzi‟-ul-mulk” birikmasi Qur‟oni Karimdagi (tanza‟ul-mulka mimma tashou)-
“podsholikni xohlagan odamingdan tortib olasan” oyatiga ishora.
5
Shoir ushbu misrada Alloh barcha
narsaga qodir xattoki, u har qanday o„zini qudratli, o„zini hamma nasaga qodirman deb o„ylagan podshoni
ham xohlagan paytida gadoga aylantirib qo„ya oladi, yoki aksincha O„zi xohlagan bandasini podshohga
aylantirib qo„ya oladi. Xuddiki, Dorodek mashhur podshohni ham Iskandardek yosh yigitga bosh egidirib
mag‟lub qilib qo‟ygandek. Alloh Taolo O„zi har qanday vaziyatda adolatli, xalq uchun foydali yo‟lga
boshqaradi. Ushbu uchinchi bayt Qur‟oni Karimdagi “Oli-Imron” surasi 26-oyatiga ishora desak xato
bo‟lmaydi.
Yo„ling muhlik toshi yoquti ahmar,
Eshiging tiyra gardi mushki soro.
To„rtinchi baytdagi “muhlik” so„zi “o„ldiruvchi, halok qiluvchi, halokatli”
6
“ahmar”- “qizil”,
“tiyragard”-“quyuq chang, to„zon, qorong„ulik”
7
degan ma‟noni bildiradi. Fikrimcha, Jannat yo„li haqida
gap ketyapti. Aniqroq qilib aytganda, Allohga olib boradigan yo„l qanchalik mashshaqatli bo„lmasin, u
yo„lning toshlari qizil qimmatbaho yoqutga o„xshatilyapti. Jannatning eshigi mashaqqatli amallar
8
bilan
o„ralgan, lekin shunday bo‟lishiga qaramay u yerdan hushbo‟y mushkanbar hidi anqib turishi aytilyapti.
Soho bo‟lsa shabistoninda toli‟,
Bo‟lub nuri quyoshdek olamaro
Beshinchi baytda eng kichik va nursiz yulduz ham qorong„u tunda nur sochsa quyosh nuri kabi butun
borliqni yoritadi. Bu baytda Alloh Taoloning mag„firati biz bandalarning gunohlaridanda kengligiga ishora
qilinyapti. Alloh Taoloning eng yaxshi ko„rgan bandasi unga tavba qiluvchilardir. Banda tog‟dek gunoh
qilib chin dildan afsuslanib, nadomat chekib bir marta tavba qilsa Alloh Taolo InshaAlloh O‟z mag„firatiga
olishi aytilgan hadislarda. Bu baytda ham insonning gunohlari qop-qora tunga o‟xshatilyapti va tavbasi esa
kichik bir yulduzga qiyos qilinyapti. Alloh esa shu kichik bo‟lsa ham, lekin chin dildan qilingani uchun u
bandaning butun xayotini kichik bir tavbasi orqali quyosh nuridek yorityapti. Alloh Taolo juda ham
mag‟firatli Zot.
Navoiy nafs zulmatig„a qolmish,
Sen o„lmay xizri rah chiqmoq ne, yoro
Bu baytda yuqorida aytib o„tilgandek, Navoiy ham o„z nafsning qorong„u tubiga tushib qolgandek
xis qilyapti va Alloh taoloning O„zi bu nafsning qorong„uligidan olib chiqsa ne ajab?!
Qiyomatda gunohin afv etarg„a,
Rasulingni shafi‟ et, kirdigoro
Barcha banda xohlaganidek, lirik qahramon ham qiyomat kuni o„z gunohlaridan xoli bo„lishni
xohlaydi va buning uchun u Yaratgan Tangri taolodan, payg„ambarimiz Muhammad solollohi alayhi
vasallamning o„zlari unung gunohlariga afv so„rab oluvchi qilsin deb duo qilib o„z g„azalini chiroyli
yakunlayapti.
Alisher Navoiy – buyuk shoir, biz uning g‟oyalari ustida ozgina to„xtaldik. Butun she‟riyatining
fasohati, go„zalligi bilan qalblarga huzur bag„ishlayni. Undagi oliy uyg„unlik, oliy san‟atkorlik, oliy
tuyg„ular, qaynoq muhabbat (Allohga, payg„ambarlarga, pirga, go‟zal insonga, yaxshilikka muhabbatning
ajabtovur uyg„unligi) ruhiy orom va ma‟naviy yuksalish manbaidir. Shoirning har bir bayti – bir mo„jiza,
hayrat namunasi ekanigini guvohi bo„ldik.
9
5
Э.И.Фозилов таҳрири остида Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати, Ўзбекистон ССР фан
нашриёти 3-жилд. Б-180
6
Э.И.Фозилов таҳрири остида Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати, Ўзбекистон ССР фан
нашриёти 2-жилд. Б. - 410
7
Э.И.Фозилов таҳрири остида Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати, Ўзбекистон ССР фан
нашриёти 3-жилд. Б. - 326
8
Baytda “tiyragard” so„zi bilan berilgan bo„lib, mashaqqatli amallar quyuq chang-to„zonga o„xshatilyapti.
9
Н.Комилов Хизр чашмаси, Т.: «МАЪНАВИЯТ», 2005. Б.-26