Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

Maxtumquli: U nimadir, yoqasi bor, yoni yo‘q?
U nimadir, qanoti bor, qoni yo‘q?
Savol va topshiriqlar:


247
U nimadir, odam yutar, joni yo‘q?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
Turdi shoir: U kafandir – yoqasi bor, yoni yo‘q,
Kapalakdir – qanoti bor, qoni yo‘q,
Qaro yerdir – odam yutar, joni yo‘q,
Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!
Maxtumquli: U nimadir, darvozasiz qal’adir?
U nimadir, derazasiz binodir?
U nimadir, bir-biridan a’lodir?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
Turdi shoir: U ko‘ngildir – darvozasiz qal’adir,
U qabrdir – derazasiz binodir.
U oy-kundir – bir-biridan a’lodir,
Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!
Maxtumquli: U nimadir, yemadilar – to‘ydilar?
U nimadir, qiyomatga qo‘ydilar?
U kim edi, tovonidan so‘ydilar?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
Turdi shoir: U diydordir, yemadilar – to‘ydilar,
U namozdir – qiyomatga qo‘ydilar,
Nasimiyni tovonidan so‘ydilar,
Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!
Maxtumquli: U nimadir, yetti o‘lka kezadi?
U nimadir, belin bir zarb ezadi?
U nimadir, odam kabi sezadi?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
Turdi shoir: U cho‘pondir – yetti o‘lka kezadi,
U qo‘zidir – belin tayoq ezadi,
Bedov otlar odam kabi sezadi,
Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!


248
Maxtumquli: U nimadir, tuproq uzra surinmas?
U nimadir, odamlarga ko‘rinmas?
U nimadir, hech bir to‘nga burkanmas?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
Turdi shoir: Eranlardir
1
xor-zor bo‘lib surinmas,
U balodir kelsa, ko‘zga ko‘rinmas,
Yolg‘on gurung hech bir to‘nga burkanmas,
Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!
1. Aytishuvning ilk bandlaridan borliqdagi tirik mavjudot-
larning uzluksiz harakatda ekani ifodasiga diqqat qiling va 
o‘zingiz ham bir nechta misol keltirib, davom ettiring.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin