Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

ADOLAT YAXSHI
Aslo odamzodga achchiq so‘z qilmang,
Faqir-u miskinga dalolat yaxshi.
Baxilga uchramang – kular yuz bo‘lmang,
Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.
Yetimni ko‘rganda kular yuz bo‘lgil,
Qo‘ldan kelsa, unga taom-tuz bergil,
G‘amginni ko‘rganda shirin so‘z bo‘lgil,
Chorasiz qullarga himoyat yaxshi.
Yigit uldir, so‘zga aylasa amal,
Qo‘ldan kelmas ishga etmasa jadal,
Ollohning amriga qilmagil badal,
Bekka – saxo, shohga – adolat yaxshi.
G‘ariblik bir darddir – odam o‘ldirmas,
O‘ldirmas hayotda, lekin kuldirmas,
Bo‘riga ojizlik, it ham bildirmas,
Albatta, dushmanga siyosat yaxshi.
Maxtumquli, shukr, shirin til berdi,
Daraxtlar ko‘karib, samar, gul berdi,
Go‘ro‘g‘li Rayhonga qanday yolbordi?
Omonlik deganga diyonat yaxshi.


246
1. Birinchi baytda tarannum etilgan insoniy sifatlarga e’tibor 
qaratin g.
2. Shoirning baxilga munosabati aks etgan misralarni sharh-
lang.
3. Insonning ezguligini tayin etishda yetim, g‘amgin va 
becho raga munosabat tutgan o‘ringa e’tibor qarating.
4. Asl yigitning sifatlari tasvirlangan misralarni qayta o‘qib, 
sharhlang.
5. «G‘ariblik bir darddir, odam o‘ldirmas, O‘ldirmas ha-
yotda, lekin kuldirmas» misralarining ma’nosi va ifoda 
yo‘sinini izohlang.
6. She’rning so‘nggi bandida shoirning faxriyasi aks etgan 
o‘rinlarni sharhlang.
7. «Bekka – saxo, shohga – adolat yaxshi» misrasini sharh-
lang. Bu satrning sarlavhaga chiqarilgani sababini izoh-
lashga urining.
SHOIR BO‘LSANG, XABAR BER
(Turdi shoir bilan aytishuv)
Maxtumquli: U nimadir, qizil va ko‘k o‘sadi?
U nimadir, oyog‘i yo‘q bosadi?
U nimadir, yetti daryo kezadi?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
Turdi shoir: U ekindir – qizil va ko‘k o‘sadi,
U ilondir – oyog‘i yo‘q bosadi,
U baliqdir – yetti daryo kezadi,
Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin