Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


intilur, bir hovliqar, bir o‘ynar»



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

intilur, bir hovliqar, bir o‘ynar» misralarida хalqqa хos 
qanday sifatlar tasvirlanayotir deb o‘ylaysiz?
3. Хalqning yaratuvchilik qudrati: «Yo‘qlikni-da, ochlikni-
da yo‘q etar, O‘z yurtini har narsaga to‘q etar...» satr-
larida qanday ifodalanganligiga e’tibor qiling.
4. She’rni yod oling.
BINAFSHA
Binafsha senmisan, binafsha senmi,
Ko‘chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi, binafsha menmi,
Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan?
Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, cho‘zilding?
Binafsha,
Ayt menga,
Kimlardir, ularkim,
Ignani bag‘ringga sanchalar?
Binafsha,
Bir so‘yla,
U qanday qo‘llarkim,
Uzalar, hidlaylar, yanchalar?
Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha, shunchalar tortguvchi tusing bor,
Ko‘nglimga isriqlik to‘kmaysan?
Savol va topshiriqlar:


305
Binafsha, yig‘lama, binafsha, kel beri,
Qayg‘ungni qayg‘umga qo‘shgil.
Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri,
Bu yerdan ko‘klarga uchgil.
Binafsha, go‘zalim, qayg‘ulim, kelmaysan,
Qayg‘ung zo‘r, qayg‘umni bilmaysan,
Menga bir kulmaysan.
1922
1. Binafsha obrazi qanday majoziy ma’noga ega deb o‘y-
laysiz?
2. She’rning: «Binafsha senmisan, binafsha senmi, Ko‘-
chada aqchaga sotilgan. Binafsha menmanmi, binafsha 
menmi, Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan?» misralarida 
ifodalangan fi kr va tuyg‘ular haqida o‘ylab ko‘ring.
3. Binafsha obrazida lirik qahramon munosabati to‘liq namo-
yon bo‘lgan o‘rinlarni toping va izohlang.
4. Azobli hayot ta’sirchan tasvirlangan satrlarni aniqlang va 
sharhlab bering.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin