Toshkent farmasevtika instituti


Vengriya va Germaniyada xalq ta„limi tizimi



Yüklə 470,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix02.03.2023
ölçüsü470,74 Kb.
#86295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
jahon mamlakatlari talimi tarbiya tizimi

Vengriya va Germaniyada xalq ta„limi tizimi 
Sobiq shurolar imperiyasi barham topguniga qadar Yevropadagi qator 
mamlakatlarda xalq ta‗limi taraqqiyoti sobiq kommunistik firqalar mafkurasi 
asosida 
amalga 
oshirildi. 
Ammo, 
mamlakatlar 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlashda yoshlarga zamon talablari asosida ta‗lim-tarbiya berish, ularni 
ilmiy-texnika inqilobi yutuqlariga asoslangan kasbiy bilimlar bilan qurollantirish 
lozim deb qaraldi. Shuning uchun mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan davlat 
qarorlari qabul qilindi. Vengriyada (1980 y) va Chexoslovakiyada (1981) maktab 
ta‗lim-tarbiyasi sifatini tubdan uzgartirish yunalishida dadil qadamlar tashlandi. 
Maktab ta‗lim-tarbiyasi puxta uylangan reja asosida yulga quyildi. 
Sotsialistik tuzum barham topguniga qadar mazkur mamlakatlarda jadal 
industrlashtirish yullarida (50 -y) yoshlarga umumta‗lim va kasbiy ta‗lim berish 
ehtiyoji kuchaydi. Qishloqlarda jadal sur‗atlar bilan yirik maktablar barpo etildi, 
mavjud maktablar yarim internatlar shakliga utdi. Uquvchilar kontengentining 30 
% i yarim internatlar va kuni uzaytirilgan guruhlarga jalb etildi. Majburiy ta‗lim 8 
yillik bulib, ta‗limning ishlab chiqarish bilan aloqasi kuchaytirildi. 
70 – yillarda maktab bitiruvchilarining 80 % i (8-sinfni) turli shakllardagi 
umumiy urta ta‗lim maktablarida davom ettirdilar. Ammo, umumiy urta ta‗lim (X-
XI sinflar) ga yoshlarni jalb etishda qator ob‗ektiv muammolar mavjud bulib
ularni hal qilishda Yyevropa mamlakatlari yaqindan hamkorlik qilishmoqda. 
Vengriya – hududi-93.000 kv.km, aholisi 11 mln., poytaxti – Budapesht 
shahri, mamlakat utmishi mustaqillik uchun kurashlar tarixi bilan hamohang 1919 
yilgi inqilob (133 kun) tufayli yagona mehnat maktabi haqida Dekret qabul 


qilingan edi. Maktab ta‗limini qayta qurish va savodsizlikni tugatish yulida ilk 
qadamlar quyildi. Ammo, Xorti boshchiligidagi fashistik rejim xalq ta‗limi rivojini 
ortga surib yubordi. 
Ikkinchi jahon urushi tugaganida mamlakatdagi bolalarning teng yarmi 
boshlang‘ich ta‗limni ham olmagan, kattalarning 10 % i savodsiz, talabalar orasida 
oddiy xalq bolalari 2,7 % ni tashkil etar edi. 
Utgan asrning 50-yillari nihoyasida mamlakatda 6-16 yoshli bolalar uchun 
tekin umumiy majburiy ta‗lim joriy etildi. ―Vengriyada xalq maorifi tizimi haqida 
Qonun‖ qabul qilindi (1961 y). Bu xalq maorifi sohasidagi erishilgan yutuqlarni 
yanada mustahkamladi. 
1972 yildagi ―Xalq maorifining ahvoli va uni takomillashtirish haqida‖ gi 
qaror va 1975 yilgi qurultoy umumiy majburiy urta ta‗limga tula utishi 
ta‗minlandi. Hozirgi kunda mamlakat xalq ta‗limi tizimi quyidagi kurinishga ega:
Bolalar bog‘chalari – 3-6 yoshli bolalarning bir qismini qamrab olgan (70 %). 
Bog‘chalarga qatnamaydigan bolalar maktabga borishdan 6 oy oldin tayyorlov 
mashg‘ulotlariga jalb etiladi. Bog‘chalardagi mashg‘ulotlar aholining ish rejimiga 
bog‘liq holda tashkil etiladi. 
Umumiy majburiy ta‗limga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan bolalar jalb 
etiladi. Bu amalda 2 bosqichli 8 yillik ta‗lim bulib, I-IV, V-VIII sinflarni uz ichiga 
oladi. 1-sinfga qabul qilinganlarning 80 % i asosiy maktab (8-sinf) ni 14 yoshida, 
qolgan 20 % i 16 yoshida tugallaydi. Yuqori sinflarda iqtidorlilar uchun alohida 
uquv rejasiga asoslangan chuqurlashtirilgan ta‗lim beriladi. 8-sinfni bitirgan 
usmirlar urta umumiy ta‗lim olish uchun yana 2 yil uqiydi. 
Urta ma‗lumot – tayanch maktabi (8-sinf) ni bitirgan uquvchilarning 20 % i 
jalb etiladi (iqtidorlilar, shundan bolalarning 15 % i). Shuningdek, ularning bir 
qismi kasb-hunar-texnika bilim yurtlariga jalb etiladi. Lekin ularning 15 % i ishlab 
chiqarish yunalishida umumiy ta‗lim oladi. 
Gimnaziya – 4 yillik ta‗lim bulib, unda chuqurlashtirilgan ta‗lim sinflari ham 
mavjud. Gimnaziyaning oxirgi sinflarida ba‗zi fanlar tanlov asosida urganiladi. 
Gimnaziyani tugatganlarga uzlashtirish natijalariga kura yetuklik attestatni olish 


uchun imtihonlarni topshirishga ruxsat beriladi. Ular oliy maktabda uqishni davom 
ettirishlari mumkin, qolgan qismiga ishga kirish uchun guvohnoma beriladi. 
Topshirilgan imtihonlar oliy uquv yurtiga kirish imtihonlari vazifasini ham 
bajaradi. 
Kasb-hunar urta maktabi – 4 yillik kasbiy ta‗lim bulib, xalq xujaligining 11 
yunalishi uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Uni tugatganlarga ham 
oliy maktabga kirish huquqini beruvchi yetuklik attestati beriladi. 
Hunar-texnika bilim yurtlari – 3 yillik kasbiy ta‗lim bulib, xalq xujaligining 
186 yunalishi uchun malakali ishchilar tayyorlaydi. Uni tugatganlarga yetuklik 
attestati beriladi. 
Gimnaziya va kasb-hunar maktablarining kechki va sirtqi bulimlari ham 
mavjud bulib, hamma uchun ochiqdir. 
Oliy uquv yurtlari – 18 universitet, 32 institut va yana bir necha oliy 
maktablarni uz ichiga oladi. Boshlang‘ich sinf uqituvchilari – pedagogika bilim 
yurtlarida, urta maktab uqituvchilari esa pedagogika institutlari va universitetlarda 
bayyorlanadi. Shuningdek, aspirantura, doktorantura, kon‗yunktura, fanlar 
akademiyasi, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari faoliyat 
kursatmoqda. Ularda hozir masofaviy ta‗lim, pedagogik texnologiyadan keng 
miqyosda foydalaniladi. 

Yüklə 470,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin