Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 659
w www.oriens.uz June 2022 mifologizatsiya-qadimgi turkiy adabiyot asosi” kabi ilmiy asarlarida yodgorliklardagi
folklor namunalari oʻrganadi. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining nazariyasi: “Kul tigin
yodnomasi poetikasi” (Oʻlmas obidalar) tarkibida), “Qadimiy hikmatlar”, “Kultigin
yodnomasida alliteratsiya”” “Kultegin yodnomasida adabiy etiket”, “Kultegin
yodnomasida badiiy san’atlar” kabi ilmiy asarlari yodgorliklardagi nasriy va she’riy
san’at turlari namunalarini oʻrganadi.
Yozuvlar bengu toshlari deb ham ataladi va bu toshlar davlat xabarini
oluvchilar va xoqonlar vafotidan keyin yodgorlik qurish uchun barpo
etilgan. Ko‘kturk davridagi yozuvlar:
Ko‘kturk yozuvlari
To‘nyuquq yodgorligi
Kultegin yodgorligi
Bilga xoqon yodgorligi
Ma’lumki, kitobni bosib chiqarish texnikasi Uyg‘ur davrida yozilgan
yozuvlarda ishlatilgan. Davrga oid ko‘plab hikoyalar mavjud. Ko‘kunch nomidagi
teatr namunasi ushbu asarlar qatoriga kiradi. Asosan, Ko‘kturk davri asarlaridagi
hayajon va milliy ong bu davr yozuvlarida unchalik ko‘rinmaydi. Yozuvlar, odatda,
qabr toshlari shaklida topilgan.
O‘rxun-Enasoy yozuviyining Lena Baykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy,
Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniqlangan. O‘rxun-
Enasoyy
yozuvini
tekshirish
va
oʻrganishda
V.Tomsen,
V.V.Radlov,
P.M.Melioranskiy, A.A.Polovsev, G.Geykel, S.E.Malov, L.N.Gumilyov, D.Nemet
kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akademik
Gʻ.Abdurahmonov va A.Rustamov, professor N.Rahmonovlar ham O‘rxun-Enasoy
yozuvini oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni
tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmoqda.
XULOSA Ma’lum boʻladiki, Q.Sodiqov oʻz asarlarida yodgorliklarning til xususiyatlarini
va tarixiy, falsafiy tomonlarini yoritgan boʻlsa, N.Rahmonov esa ularni nazariy va
badiiy jihatdan yoritib berdi. Oʻrxun-Enasoy obidalari birinchi navbatda tarixni
yoritadi. Xususan, etnik tarix bilan tutashadi. Turkiy qabilalar oʻrtasidagi farqlar,
asosan, ularning tillari orqali aniqlanadi. Demak, qabilalar tarixini yoritishda ham
yodgorliklarning ahamiyati katta. Yozuvning kelib chiqishi, alifbolarning har xilligi,
boshqa yozuvlarning turkiy-run yozuviga ta’siri kabi masalalarga ham obidalar
matnini oʻrganish orqali javob topish mumkin.