Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
656
w
www.oriens.uz
June
2022
ko‘kturk alifbosidan
keyinchalik xunnlar, qirg‘izlar ham foydalanganlar. Bundan
tashqari, Yevropaga ko‘chib kelgan turklar va XVI asrda Vengriyada Sekeller deb
nomlangan guruh tomonidan ham foydalanishgani izlanishlar davomida ma’lum
bo‘ldi.
Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va oʻrganilishi
XVIII asrdan
boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqida dastlabki xabarni beradi. Shved
zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmit yodgorliklarni
Yevropa ilm ahliga ilk
marta taqdim qilgan edilar. Dastlab, Oʻrxun, Selenga va Toʻli daryolari atrofidan —
Shimoliy Moʻgʻulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular Oʻrxun yodgorliklari
nomini oldi. Enasoy daryosi qirgʻoqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan
ataladi. Yodgorliklar topilganidan keyin ularni oʻqish, oʻrganish muammosi
koʻndalang boʻldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning
qoʻlidan kelmadi. Nihoyat, 1893-yildagina ularni oʻqish
uchun dastlabki qadam
qoʻyildi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar
yodgorliklardagi barcha harflarni oʻqidilar. Shundan soʻng ularni jiddiy oʻrganish
boshlandi. Boshqa xalqlar singari Oʻzbekistonda ham mazkur yodgorliklarni
oʻrganishga qiziqish katta boʻldi.
Shu sababdan, maqolada yodgorliklarning
Oʻzbekistonda oʻrganilishi mavzusiga toʻxtalishni joiz topdik.
Oʻtgan yillar davomida umumturkologiya qadimgi turkiy yodgorliklar sohasida
yangi yutuqlarni qoʻlga kiritdi, yangi yozuv yodgorliklari topildi va topilmoqda.
Ilgari fanga ma’lum boʻlgan yozma yodgorliklar qadimgi
turkiy tilning maxsuli
sifatida ilmiy istifodaga kiritildi. Bu oʻrinda “Oltin yorugʻ” (IX asr) sutrasi, moniylik
va buddaviylik oqimidagi yozma yodgorliklarning qadimgi turkiydan hozirgi oʻzbek
tiliga qilingan tabdili nashrlarini eslash kifoya. Bulardan tashqari, Oʻzbekiston
hududidan miloddan oldingi davrlarga va milodiy VII-VIII asrlarga oid turkiy-run
yozuvidagi yodgorliklar topildi va tahlil etildi [8: 123]. Shu bilan birga, Janubiy Sibir
va Oʻzbekiston tuprogʻidan topilib, ilgari tahlil etilgan turkiy-run yozuvlari qaytadan
deshifrovka qilindi. Qadimgi turkiy tilning manbalaridan Kulteginga bagʻishlangan
yodgorlikning qiyosiy nashri va til xususiyatlariga bagʻishlangan
asar ham aynan
Oʻzbekisonda yaratildi [1: 45].
Dostları ilə paylaş: