1-rasm. Tarixiy-madaniy turizmning mazmuni 1 1-rasmda keltirilgan jihatlar tarixiy-madaniy turizmning mohiyatini ochishi bilan birga,
uning o‘ziga xos jihatlarini ham yoritib beradi. O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish
uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lib, xalqning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi
noyob madaniy merosni asrab avaylashni kuchaytirish sohani raqamlashtirish, innovatsion
rivojlantirish va moddiy–texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilg‘or tajribalarini
samarali qo‘llash hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan
biridir.
Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda hududlarda mavjud bo’lgan tarixiy hamda
arxeologik obyektlarning o’rni muhimdir. Ularning tarixiyligi, hudud tarixida tutgan o’rni
hamda saqlanganlik darajasi unga qiziquvchi turistlarning sonini oshishiga yordam beradi
Har qanday tashrif buyuradigan sayyoh uchun bir manzilgohda bir nechta obyektlarning
mavjud bo’lishi, uning safar vaqtining davomiyligini uzaytirib beradi. Bu jarayon esa turistik
1
Manba: tadqiqotlar natijasida muallif ishlanmasi
Turizm
san'ati va
adabiyoti
•mashhur adabiy asarlar, teatr, kino namoyandalari; haykallar; san'at va hunarmandchilik
namunalari, teatrlar, studiyalar va boshqalar
Tarixiy
turizm
•insoniyat sivilizatsiyasi va ijtimoiy-iqtisodiy madaniyat yodgorliklari; qadimiy shaharlar, qadimiy
shaharlar xarobalari; harbiy madaniyat yodgorliklari (qal'alar, mustahkam devorlar va qal'alar,
janglar va boshqalar)
Arxitektura
madaniyati
turizmi
•meʼmoriy ansambllar, saroy majmualari, ziyoratgohlar va ibodatxonalar; kichik me'moriy shakllar
(binolar, minoralar, arklar, zallar, panteonlar, maqbaralar, yodgorlik g'orlari); gidrotexnik
inshootlar (to'g'onlar, kanallar, gidroelektrostantsiyalar); port sanoat arxitekturasi; dam olish
arxitekturasi
Turistik
mavzuli
parklar
madaniyati
•sun'iy landshaftlar (turar-joylar, sport va dam olish maskanlari, sanoat hududlari, transport
tuzilmalari)
Shahar va
madaniy
turizm
•shahar muhiti va shahar madaniyati; shahar panoramalari; landshaft rejalashtirishni tashkil etish.
Muzey
turizmi
•muzeylar, ko'rgazmalar, tarixiy va madaniy tadbirlar va taqdimotlar o'tkazish.