“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil 432 6/2021 (№ 00056) http://iqtisodiyot.tsue.uz
mumkin. Shuningdek, sohani rivojlanishi bevosita davlat siyosatiga bog‘liqdir. Davlatning
olib boriladigan oqilona siyosati tarixiy-madaniy turizm sohasini rivojlanishiga, xalqaro
hamkorlikni kuchayishiga, sohada innovatsiyalar va axborot texnologiyalaridan samarali
foydalanilishiga olib keladi va aksincha nooqilona siyosat turizm obyektlari va yodgorliklari
qarovsiz qolishiga, talon taroj qilinishiga olib keladi.
Ko‘rinib turganidek, tarixiy-madaniy turizmni rivojlanishiga turli omillar ta’sir
ko‘rsatadi. Mamlakatimizda tarixiy-madaniy turizmni PEST tahlili
3
ni amalga oshirish ushbu
sohani rivojlanishi holati haqida to‘liq tasavvurni shakllantirish imkonini beradi.
Siyosiy va huquqiy omillar: -
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining (O‘zbekiston
Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6199 sonli Farmoni, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida
xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 939-son qarori.) Sohaga oid boshqa
farmonlar Prezident va hukumat qarorlari (jumladan litsenziyalar va ruxsatnomalar
berilishini yengillashtirilishi);
-
Mamlakatdagi siyosiy barqarorlik ta’minlanganligi;
-
YUNESKO Xalqaro tashkilotining mamlakatimizdagi tarixiy arxeologik yodgorliklar
va madaniy san’at asarlarini tiklash, saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha aniq mexanizm va
dasturlarning mavjudligi;
-
90 ta mamlakat sayyohlariga O‘zbekistonga vizasiz kirish rejimining o‘rnatilishi;
-
Mamlakatda barqaror tinchlik ta’minlanganligi hamda jinoyatchilik darajasining
pastligi;
-
O‘zbekiston tashqi siyosating oshkoralikni ilgari surishga hamda mintaqaviy va ko‘p
tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi;
-
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash
bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishining yangi mexanizmi joriy etilgani
-
davlat boshqaruvida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarining
shakllantirilishi
-
O‘zbekistonda 2017 yildan boshlab “Xavfsiz turizm” konsepsiyasi va
standartlarining joriy etilishi; -
Pandemiya sharoitida chegaralarning yopilishi natijasida turistlarning erkin
sayohat qilishning taqiqlanishi