Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/59
tarix06.03.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#86823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
majmua SIRTQI MO\'M-22

 
 
2-ma’ruza 

MАVZU: BOSHLANG‘ICH SINFDA MATEMATIKA TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH 
KONSEPSIYASI, KOMPITENSIYA VA STANDARTLAR.  
 
R е j а: 
1. Boshlang‘ich sinfda matematika ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi
2. Matematika ta’limining amaldagi holati va mavjud muammolar 
Tayanch iboralar: Kompitensiya, konsepsiya, standartlar.
Mustaqil ta’lim topshirig‘i: 
Mavzu 
Foydalaniladigan
adabiyotlar 
Amalga oshirish shakli 
Boshlang‘ich 
sinfda 
matematika 
ta’limini 
rivojlantirish konsepsiyasi 
1. 
Jumayеv 
M.E, 
Boshlang`ich 
sinflarda 
matеmatikadan 
laboratoriya 
mashg‘ulotlarini tashkil 
etish 
mеtodikasi.
Toshkеnt. “Yangi asr 
avlodi” 2006 yil. 20 b.. 
2. 
Jumayеv 
M.E, 
Tadjiyeva 
Z.G`. 
Boshlang`ich 
sinflarda 
matеmatika 
o‘qitish 
mеtodikasi. 
(OO‘Y 
Konsepsiyani yod olib, 
o’rganish va tahlil qilish. 



uchun darslik.) Toshkеnt. 
“Fan va texnologiya” 
2015 yil.
Matematika 
kompetensiyasini 
egallashda qo’llaniladigan 
metod 
va 
didaktik 
o’yinlar 
1.Jumayеv 
M.E,
Boshlang`ich 
sinflarda 
matеmatika 
o‘qitish 
mеtodikasidan praktikum.
(O O‘Y uchun ) Toshkеnt. 
“O‘qituvchi” 2018 yil 242 

2. 
Jumayev 
M.E. 
Matematika 
o‘qitish 
metodikasi (OO‘Y uchun 
darslik)Toshkent. 

“Turon-Iqbol” 2016 yil 
426 b 
Didaktik 
o’yinlardan 
namunalar tayyorlash. 
 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika Ta’lim 
Markazi.Umumiy o’rta ta’limning Milliy o’quv dasturi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezident-ining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni. 
2. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan 
praktikum. (O O‘Y uchun ) Toshkеnt. “O‘qituvchi” 2004 yil.204 b. 
3.Jumayеv 
M.E, 
Boshlang‘ich 
sinflarda 
matеmatikadan 
laboratoriya 
mashg‘ulotlarini tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 
yil.188 b. 
4.Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova 
A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 290 b. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
5.tdpu-INTRANET.Ped 
 
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida matematika fanini 
o‘qitishni rivojlantirish Konsepsyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 


10 
Prezident 
Sh.Mirziyoevning 
2020-yil 
24-yanvarda 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. 
2. Konsepsiya xalq ta’limi tizimida matematika fanini o‘qitishni rivojlantirishning 
asosiy yo’nalishlarini belgilab beradi.
3. Xalq ta’limi tizimida matematika fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi 
tizimda vujudga kelgan muammolarni hal qilish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 
u quyidagi huquqiy va me’yoriy hujjatlarga asoslanadi: O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PF-4708- sonli “Matematika sohasidagi ta’lim 
sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Qarori, 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti 
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-son 
Qarori.
II. MATEMATIKA TA’LIMINING AMALDAGI HOLATI VA MAVJUD 
MUAMMOLAR
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga bilim berishning 
zamonaviy pedagogik innovatsion uslublarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi 
iqtisodiyoti keyingi 10 yil ichida dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga 
kirishi, ya’ni 2030-yilga kelib iqtisodiyotning fan va texnika yo‘nalishi bo‘yicha 
jahonda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratishda muhim 
shartlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim maktablari uchun 
majburiy bo‘lgan Davlat ta’lim standartlari talablarida berilgan tayanch ta’lim 
mazmuni bajarish, o‘quv dasturiga zamon talablaridan kelib chiqib, fundamental, 
nazariy yoki eksperimental fan sifatida yondashish, fanning falsafiy va 
metodologik jihatdan yangilanishini, ta’lim mazmuni va o‘qitish uslubiga nisbatan 
takomillashtirilgan, samarali boshqaruv usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 
Matematika ta’lim tizimining oxirgi yillardagi vaziyati tahlili quyidagi dolzarb 
muammolar bilan aniqlanadi: Matematika fanining jamiyatdagi o‘rni yetarlicha 
baholanmaganligi; Fan bo‘yicha DTS talablarining yuqori belgilanganligi va o‘quv 
dasturi yuklamasining oshib ketganligi; Darsliklarda fan mazmunining 
«quruqligi», hayotdan ajralib va eskirib borayotganligi; Fanni o‘rganishga 
o‘quvchilar qiziqishining sustligi; Malakali matematika o‘qituvchilarining kamligi;
Matematika fanining o‘quv metodik ta’minoti (o‘qituvchi kitobi, 
multimedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa) yetarli darajada ishlab 
chiqilmaganligi; O‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan 
holda, fan bo‘limlari va mavzularining o‘qitish ketma-ketligi hamda murakkablik 
darajasida vujudga kelgan nomutanosibliklarning mavjudligi; Matematkani 
o’qitish metodlarining eskirganligi; Umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo 


11 
bog‘lanish va amaliy yondashuvlarga e’tibor qaratilmaganligi; Mavjud oliy ta’lim 
muassasalarida matematika fani yo‘nalishida tayyorlanayotgan pedagog 
kadrlarning bilim va ko’nikmalari sifati bugungi kun talablariga mos 
kelmayotganligi.
III. MATEMATIKA TA’LIMINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Matematika ta’limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, axborot-
kommunikatsion texnologiyalarning ishlab chiqarish sohalarida va kundalik 
hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Iqtisodiy talablarni bajarish uchun 
bunyodkor va ijodkor kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda, bu yutuqlardan 
iste’molchi sifatida foydalanuvchilarga ham sifatli ta’lim berilishi lozim. Fan 
texnikaning keskin rivojlanishi, olamning globallashuvi hamda axborot-
kommunikatsion texnologiyalarning taraqqiy etishi insonlarning dunyo-qarashini, 
muvaffaqiyatga 
erishish 
usullarini, 
inson 
salohiyati, 
qobiliyati 
hamda 
yaratuvchanlik faoliyati jamiyatning asosiy kapitali bo‘lib xizmat qiladi. Bu 
holatda jamiyatdagi har bir o‘quvchi shaxsining jamiyatda raqobatbardosh bo‘lib 
shakllanishi, o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy muhitga moslashuvchan, faol, 
ijtimoiy yetuk salohiyatli, yuqori darajadagi bilim egasi, ruhan va qalban chiniqqan 
komil insonni shakllantirish davlatimiz oldidagi vazifalardan biridir. Matematika 
fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, 
fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik 
bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish; jadal taraqqiy 
etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, 
tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; milliy, ma’naviy 
va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va 
asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy 
qismi sifatida tarbiyalash; o‘quvchilarning kuzatuvlar orqali amaliy faoliyatlarini 
bog‘lagan holda loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, kreativ, 
tanqidiy fikrlash va mantiqiy tahlil, qiziquvchanlik, muammolarni hal qilish, 
yangiliklar yaratishga bo‘lgan ko‘nikmalarini namoyon qilish va rivojlantirishdan 
iborat.
Matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: o‘quvchilar 
tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar 
haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash; inson kamoloti va jamiyat 
taraqqiyotida 
matematikaning 
ahamiyatini 
anglash, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli 
qo‘llashga o‘rgatish; o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan 
holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish; fanlar integratsiyasini 
inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, 
ijodkorlik (kreativlik) ni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga 


12 
yo‘naltirish; hozirda matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga, 
o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini berishga asoslangan yondashishdan 
ma’lum darajada voz kechib, o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni 
tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va uni rivojlantirishga erishish, 
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va faollashtirish. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin