O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr
1.O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika Ta’lim
Markazi.Umumiy o’rta ta’limning Milliy o’quv dasturi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezident-ining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni.
2. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan
praktikum. (O O‘Y uchun ) Toshkеnt. “O‘qituvchi” 2004 yil.204 b.
3.Jumayеv
M.E,
Boshlang‘ich
sinflarda
matеmatikadan
laboratoriya
mashg‘ulotlarini tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006
yil.188 b.
4.Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova
A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 290 b.
Elektron ta’lim resurslari:
1.w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped
Matematika fani asoslarini yaratishga ulkan hissa qo’shgan Muhammad
al-Xorazmiy, Ahmad al Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy va Mirzo Ulug‘bek kabi
buyuk allomalarimizga munosib yosh avlodni tarbiyalash, zamonaviy bilimlarni
o’quvchilarga
yetkazish
hamda
mamlakatimiz
yoshlarini
matematika
go’zallikllaridan bahramand bo’lishlariga sharoit yaratib berish – barcha uchun
ham qarz, ham farz hisoblanadi. Matematika olamni bilishning asosi bo’lib,
tevarak-atrofda kechayotgan voqea va hodisalarning o’ziga xos qonuniyatlarini
14
ochib berishda hamda ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyalarning
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi,
ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik
tarzda tartib-intizomlilikka o‘rgatadi va eng muhimi mulohaza yuritishga chorlaydi
hamda tafakkurni kengaytiradi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek, “Matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola
aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”.
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor
yunalishlaridan biri sifatida belgilandi hamda matematika ilm-fani va ta’limi
rivojlantirishini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar
amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-
5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2019- yil 9- iyuldagi
“Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
V.I.Romanovskiy
nomidagi
matematika
instituti
faoliyatini
tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-sonli Qarori, 2020- yil 7-
maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qarori, 2020- yil 24-
yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida matematika fani va ta’limini har
tomonlama takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan qator salmoqli vazifalar
belgilangan.
Xususan, mazkur dasturdan o’rin olgan “Matematika ta’limini rivojlantirish
konsepsiyasi” yuqoridagi matematika ta’limini har tomonlama takomillashtirish
hamda yangi sifat bosqichiga olib chiqish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini
ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Matematika olamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofimizdagi voqea
va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda juda katta ahamiyatga
egaki, matematik bilimlarsiz ishlab chiqarish va fanning rivojlanishini tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham matematik madaniyat — umuminsoniy
madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Matematika fanini o‘qitishdan ko‘zlangan zamonaviy maqsad va vazifalar
quyidagilardan iborat:
- o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim
olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar
tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
15
- jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan,
aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni
shakllantirish;
- milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan
oqilona
foydalanish
va
asrab-avaylash,
matematik
madaniyatni
umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va
texnologiyalarning
rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyoda
raqobatbardosh bo‘lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa ta’lim
tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatish bo‘yicha ham xalqaro tajriba va
andozalarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
Bundan ta’lim bo‘yicha qator xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari ham dalolat
bermoqda. Shu o‘rinda, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning
15 yoshli o‘quvchilarning ona tili, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha
savodxonlik darajasini baholashga qaratilgan PISA - o‘quvchilar yutuqlarini
baholash xalqaro dasturi tadqiqotlari natijalari e’tiborga molik.
Bundan tashqari, ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi (IEA) tomonidan
tashkil etilgan TIMSS - matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining xalqaro
monitoringi dasturini ham keltirish mumkin. Ushbu tadqiqot o‘quvchilarning turli
davlatlarda matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasi va sifatini solishtirishga
hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko‘maklashadi.
Tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda matematika fanini o‘qitishga xalqaro
baholash dasturlarining mazmuni, baholash me’zonlari va mexanizmlari mahalliy
sharoitdan kelib chiqqan holda joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
STEAM (S – science - tabiiy fanlar T – technology - texnologiya, E – engineering
- muhandislik, A – art - san’at, M – mathematics - matematika) ta’lim
texnologiyasi aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilarning egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda dars va
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni
bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar
yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu texnologiyani
amalga oshirishda o‘quvchilar tomonidan turli texnik qurilmalarni yasash uchun
loyihalar yaratish, loyiha asosida qurilmaning maketini yaratish va uni amaliyotda
ishlatib ko‘rish, kamchiliklarini topish hamda uni bartaraf etish kabi vazifalar
bajariladi.
Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi
kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon
beradigan turli ko‘rinishdagi malakalarni o‘quvchilar tomonidan egallashni
16
nazarda tutadi. Shunday qilib, kompetensiyaviy yondashuvda matematik
ta’limning asosini amaliy, tadbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi.
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarini shakllantirish, kichik o‘quv
tadqiqotlarni bajarish orqali umumta’lim fanlarini o‘rganishga qiziqishni
kuchaytirish maqsadida fan o‘quv dasturlariga amaliy mashq va tatbiq hamda
loyiha ishi kiritildi. Bu holat nafaqat muayyan o‘quv fani bo‘yicha o‘zlashtirish
sifatini yaxshilaydi, balki fanlararo va fanning kundalik turmush bilan bog‘lanish
imkoniyatlarini ochadi va ta'lim samaradorligini oshiradi.
Matematika darslarini tashkil qilishda nazariyadan ko‘ra ko‘proq
amaliyotga e’tibor berish hamda o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini
berishga asoslangan yondashuvdan ma’lum darajada voz kechish talab qilinadi.
Matematika darslarida ko‘proq keys, tadqiqot, loyiha, kichik o‘quv kashfiyotlari
kabi interaktiv metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘quvchilarda kichik
tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishda kuzatish, tajriba, o‘lchashlar, analiz
(tahlil) va sintez, induksiya va deduksiya, taqqoslash va analogiya kabi ilmiy
izlanish metodlaridan o‘rnida foydalanish talab etiladi. O‘quvchilarda bilim va
ko‘nikmalarni shunchaki shakllantirib qolmasdan, ularni hayotiy vaziyatlarda
qo‘llay olish kompetensiyalarini ham tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu o’rinda loyiha ishlarining o’rni e’tiborga molik. O‘quvchilar bir o‘quv yilida
o‘zlari qiziqqan fani yoki ta’lim sohasidan faqat bitta loyiha ishini bajarishlari
tavsiya etiladi. Loyiha ishi mavzulari o‘qituvchilar tomonidan bitta yoki bir necha
o‘quv fanlari doirasida muammoli vaziyat yoki keys sifatida tanlanadi. Loyiha ishi
mavzusi ustida o‘quvchilar alohida-alohida yoki qiziqishlariga qarab 3-4 kishilik
guruh bo‘lib ishlashlari ham mumkin. Loyiha ishi o‘quv yili oxirida o‘tkaziladigan
himoya bilan tugaydi. Himoyani bitta yoki bir necha o‘quv fanlari doirasida
konferensiya tarzida o‘tkazilishi mumkin. Loyiha ishi mavzusi ustida
o‘quvchilarning individual yoki guruhiy ishi quyidagi o‘quv faoliyatlarni o‘z
ichiga olishi mumkin: o‘z izlanish faoliyatlarini rejalashtirish, vazifalarni o‘zaro
taqsimlab olish, oldilariga o‘quv maqsadlarini qo‘yish, kerakli ma’lumotlarni izlab
topish, mavzuga doir muammoli vaziyat yechimlarini qidirish, ulardan eng
maqbulini tanlash va uni asoslash, zarur hollarda so‘rovlar yoki tajribalar
o‘tkazish, loyiha ishi natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash, o‘z faoliyatlarini tahlil
qilish va baholash, loyiha ishi himoyasi uchun taqdimot tayyorlash va uni himoya
qilish. O‘quvchilar loyiha ishi muammosi bo‘yicha izlanishlarini odatda darsdan
tashqari mustaqil mashg‘ulotlarda olib borishadi.
Dostları ilə paylaş: |