Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi


Robototexnika kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/37
tarix06.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#86903
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
b1c5bbe02af98b6a7bff99222b365a67 ROBOTOTEXNIKAGA KIRISH

Robototexnika kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual 
yondoshuvlardan foydalaniladi: 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining 
barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni 
loyihalashtirayotganda ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi 
mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o‘qitish maqsadlaridan kelib chiqqan holda 
yondashishligini nazarda tutadi. 
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida 
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g’inlarni o‘zaro 
bog’langanligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv: shaxsning jarayonli sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlantirish va intensivlashtirish, o‘quv 
jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyati, tashabbuskorligini ochishga 
yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 


 
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini 
bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi 
kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik tenglik, ta’lim beruvchi va 
ta’lim faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda 
ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim 
oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda 
ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 
Axborotni taqdim etishning zamonaviy vositalari va qo‘llash.  Yangi kompyuter 
va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin