G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263
xorijiy t

FE’L (THE VERB)
Umumiy ma’lumotlar
Shaxs yoki narsaning harakati yoki holatini ifodalovchi so‘zlar fe’l
deyiladi.
1. Fe’llar sodda, yasama va qo‘shma bo‘ladi:
a) sodda fe’llar tarkibida qo‘shimcha yoki old qo‘shimcha bo‘l-
maydi;
b) yasama fe’llarning qo‘shimchasi yoki old qo‘shimchasi bo‘ladi:
-en: to widen — kengaytirmoq 
to strengthen — kuchaytirmoq
-fy: to simplify — sod dalashtir moq
to signify — ifodalamoq, bil dir moq
-ize: to mobilize — jalb qilmoq
to organize — tashkil qilmoq
-ate: to demonstrate — namo yish 
qilmoq
un-: to unload — yukni tushirmoq 
to untie — yechmoq
re-: to resell — qayta sotmoq
to disappear — g‘oyib bo‘lmoq
to separate — ajratmoq 
dis-: to disarm — qurol sizlantir moq
c) Qoshma fe’llar ikki so‘zdan yasaladi: 
to whitewash — oqlamoq
to broadcast — radioda eshi 
ttir-
moq
Eng keng tarqalgan qo‘shma fe’llar: fe’l + ravish
to come in — kirmoq
to take off — yechmoq
to go on — davom ettirmoq.
Fe’lning shaxsi ma’lum va shaxsi noma’lum shakllari
(Finite and non-fi nite forms of the verb)
Fe’lning shaxsi ma’lum ( Finite Forms)shaxsi noma’lum (Non- Finite 
forms or Verbals) shakllari bor.
1. Fe’lning shaxsi ma’lum shakllari shaxs, son, mayl, zamon, nisbatni 
ifodalaydi. Ular gapda doimo yakka o‘zi kesim bo‘lib keladi:


4
She lives in London. 
U Londonda yashaydi.
He is working in the library.
U kutubxonada ishlayapti .
They were invited to the concert.
Ular konsertga taklif qilinishdi.
My sister was here in the morning.
Mening opam ertalab shu yerda edi. 
Buyruq maylidagi fe’llar ham fe’lning shaxsi ma’lum shakliga kiradi, 
chunki u gapda tushirib qoldirilayotgan ega you ning kesimidir:
Close the window, please.
2. Fe’lning shaxsi noma’lum shakliga — infi nitiv (the Infi nitive) hara-
kat nomigerund (the Gerund) va sifatdosh (the Participle) kiradi. Ularda 
shaxs, son va mayl yo‘q va ular gapda mustaqil ravishda kesim bo‘lib kela 
olmaydi:
I have come here to speak to you 
(infi nitiv gapda maqsad holi).
Men bu yerga siz bilan gaplash-
gani keldim.
We discussed different methods 
of teaching foreign languages
(gerund aniqlovchi).
Biz xorijiy tillarni o‘qitishning tur-
li uslublarini muhokama qildik.
The book lying on the table belongs 
to Mr. A. (aniqlovchi).
Stol ustida yotgan kitob Mr. A.ga 
qarashli.
Fe’lning asosiy shakllari
Ingliz tilida fe’lning uchta asosiy shakli bor: infi nitiv (the Infi nitive), 
oddiy o‘tgan zamondagi shakli (Simple Pastva o‘tgan zamon sifatdoshi 
shakli (Past Participle). Ular barcha zamon shakllarini yasashda ishla-
tiladi.
To‘g‘ri va noto‘g‘ri fe’llar
1. Fe’llar oddiy o‘tgan zamon (Simple Past) va o‘tgan zamon sifat-
dosh (Past Participle) shakllarining yasalishiga qarab togri va notogri 
fe’llarga bo‘linadi.
2. To‘g‘ri fe’llarning Simple Past va Past Participle shakllari fe’l o‘za-
giga -ed qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.
Infi nitive 
Simple Past
Past Participle
to open 
to work 
to expect 
opened 
worked 
expected
opened 
worked 
expected
3. Simple Past va Past Participle shakllari -ed qo‘shimchasini qo‘sh masdan, 
turli yo‘llar bilan yasaladigan fe’llar notogri fe’llar deyiladi. Noto‘g‘ri 


5
fe’llarning o‘tgan zamon va o‘tgan zamon sifatdoshi shakllarini biz darsliklardagi 
maxsus jadvallardan yoki lug‘atdan o‘rganamiz. 
Jadvaldagi fe’lning ikkinchi shakli Simple Past shakli, uchinchi shakli 
esa Past Participle shaklidir.
Lug‘atlarda esa noto‘g‘ri fe’llarning Simple Past va Past Participle 
shakllari fe’lning asosiy shakli va o‘qilishidan keyin kichik qavs ( ) ichida 
berilgan bo‘ladi. Kichik qavs ichidagi birinchi shakl fe’lning Simple Past 
shakli, ikkinchi shakl esa fe’lning Past Participle shaklidir. Agar kichik qavs 
ichida faqat bitta shakl berilgan bo‘lsa, shu bitta shakl ham Simple Past uchun, 
ham Past Participle uchun ishlatiladi:

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin