Suv resusrslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilari va obyekti



Yüklə 105,67 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.03.2023
ölçüsü105,67 Kb.
#87380
dilshod suv 2



Suv resusrslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilari va obyekti 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar O‘zbekiston 
Respublikasi hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni 
amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat: 
-O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 
-faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga 
oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar 
-suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, 
shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, 
yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy 
shaxslar;
-dehqon ho‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy 
shaxslar. 
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga 
oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun 
soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. 
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir. 
Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi: 
1) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish 
doirasida foydalaniladigan suv resurslari; 
2) sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida 
foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya 
qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 


3) atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib 
olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun 
foydalanilgan suv hajmi mustasno; 
4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish 
paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga 
qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun 
foydalanilgan suv hajmi mustasno; 
5) gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun 
foydalaniladigan suv resurslari; 
6) issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta 
quyiladigan suv resurslari; 
7) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish uchun 
foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ 
tomonidan tasdiqlangan sho‘rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari. 
8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari. 
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi 
suvdan foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv 
o‘lchagich asboblar ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. 
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv 
obyektlaridan suv olish limitlaridan, suvni iste’mol qilishning texnologik va 
sanitariya normalaridan, ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sug‘orish normalaridan 
yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi. 
Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv 
resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer 
osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilganda, 
soliq bazasi manbaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib 
berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv 


resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining 
nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15-
yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu 
ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim. 
Issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq bazasi soliq to‘lovchi 
tomonidan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv 
resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Binolarning bir qismi, alohida inshootlar ijaraga berilganda soliq bazasi suv 
yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga 
beruvchi tomonidan aniqlanadi. 
Binolarning bir qismini, alohida inshootlarni ijaraga olgan va suv yetkazib 
berishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar bilan shartnoma tuzgan yuridik 
shaxslar soliq bazasini mustaqil ravishda aniqlaydi. 
Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan 
solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv 
hajmining farqini solishtirish amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks 
ettiradi. 
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa 
ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar ushbu ishlarni bajarish jarayonida 
foydalaniladigan suv uchun soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa 
ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik 
shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar soliq to‘laydi. Qurilish 
ishlari 
yangi 
qurilish 
maydonchasida 
bajarilgan 
taqdirda, 
qurilishda 
foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti soliq to‘laydi. 
Suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ soliq 
bazasini aniqlash uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq xo‘jaligida, shu 
jumladan baliqchilik xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga 
ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv resurslarining hajmini har yili joriy 


soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay, dehqon ho‘jaliklari, tadbirkorlik 
faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun 
mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar 
bo‘yicha esa — suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq 
organlariga hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay taqdim 
etadi. 
Dehqon ho‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga 
hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash 
uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar 
uchun soliq bazasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ 
taqdim etgan ma’lumotlarga asosan soliq organlari tomonidan aniqlanadi. 
Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklari soliq 
bazasini tabiiy va sun’iy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga 
qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib 
quyiladiganlar mustasno, o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydilar. 
Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini 
hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining 
haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan 
foydalanish va suvni iste’mol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan 
tasdiqlangan suv resurslari iste’molining normativlariga ko‘ra aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish 
uchun ishlatadigan soliq to‘lovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus 
uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib 
quyiladigan suv hajmi o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Norma suvning 
haqiqiy hisobi yoki suvdan maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud bo‘lganda 
qo‘llaniladi. Soliq to‘lovchi soliq to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini 
amalga oshirgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv 
resurslari hajmining hisobini alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida hisob 
yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi qaysi faoliyat bo‘yicha soliq 


to‘lash sof tushumning umumiy hajmida nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha faoliyatdan 
olinadigan sof tushumning solishtirma hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va boshqa 
maqsadlar uchun foydalanilgan suvning hajmi ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar 
uchun soliq bazasi hisoblanadi. Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab 
chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda iste’mol idishidagi tayyor 
mahsulotga to‘g‘ri keladigan suvning hajmi tushuniladi. 
 

Yüklə 105,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin