10
xarajatlari, amartizasiya xarajatlari, amartizasiya xamda boshqa xarajatlar kiritilgan.
Muomala xarajatlari davr xarajatlari ham deb ataladi. Sof muomala xarajatlari
(sotuvchi maoshi va boshqalar), marketing (iste’molchilik talabini o’rganish),
reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof
muomala xarajatlari tovar
qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan
keyin olingan foyda hisobidan koplanadi. Hozirgi zamon sarf-xarajatlar g’oyasi
bo’yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari
yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki
tashqi xarajatlarga bo’linadi. Tashqi xarajatlar korxona o’zi
uchun zarur resurs va
xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir.
Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish xaqi, xom ashyo va materiallar uchun
to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga
olingan yer uchun renta, transport
xizmati va boshqa xar xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to’lov
xujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya
xarajatlari deb xam
ataladi.
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslar foydalanish bilan bog’liq
xarajatlar
ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to’lovlari shaklida
chiqmaydi. Shu sabali ichki xarajatlar darajasini baholash o’z
resurslari qiymatini
shunga o’xshash resurslarning bozor baholariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.