16
o'rin tutadi. Reyn daryosi va uning irmoqlari bo'ylab (mamlakatning g'arbiy rayon-
larida) uzumchilik va bog'dorchilik yo'lga qo'yilgan.
GFR qishloq xo‘jaligida aholining atigi 4-5 foizi band bo‘lib, mamlakatning oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining 90 foizdan ortiqrog‘ini qondiradi. Bu ho-
lat mamlakat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda mehnat samara-
dorligi
naqadar
yuqori
ekanligidan
dalolat
beradi.
10
Tabiiy boyliklari
Rudali foydali qazilmalarning konlari о`rtacha balandlikdagi tog‘larga, neft va tabiiy
gaz konlari esa Shimoliy Germaniya pasttekisligiga to'g'ri keladi.
G'arbiy Yevropa davlatlari o'rtasida Germaniya o‘zining toshko‘miri va qo'ng'ir
ko‘miri bilan ajralib turadi. Toshko‘mirning asosiy konlari Rur, Saar va Axen
havzalarida joylashgan, ko'mirning 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanadigan ko‘mirdir.
Qo‘ng‘ir ko'mirning ishonchli zaxiralarining katta qismi (80 mlrd. t) Sharqiy Ger-
maniyada joylashgan. U ochiq usulda qazib olinadi.
Tabiiy gaz konlari mamlakatning shimolida to'plangan. Temir rudalari zaxiralari
mavjud bo`lsada, biroq ularning sifati past. Shimoliy Germaniya pasttekisligida tosh
tuzining katta qatlamlari joylashgan. Kaliy va magniy tuzlarining zaxiralari ham
mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqarish va shisha sanoati uchun xomashyo
resurslari kattadir.
Mamlakatning yirik daryolari - Reyn, Elba, Vezer, Ems (Shimoliy va Boltiq
dengizlari havzalari) va Dunay (Qora dengiz havzasi). Barcha muhim daryolar
kanallar bilan tutashtirilgan. 1993-yilda Shimoliy dengizdan Qora dengizgacha bo'l-
gan transyevropa suv yo'lining qurilishini yakunlagan Mayn-Dunay kanali ochildi.
O'rta Germaniya kanali va uning Berlin hamda Vezer daryogacha bo'lgan davomi
ta’mirlanmoqda. Xalqaro darvo mavqeyiga ega bo'lgan Reyn daryosining
iqtisodiy
ahamiyati
Germaniya
uchun
juda
muhimdir.
Dostları ilə paylaş: