Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix13.03.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#87604
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti

Sanoat 
sohasi. 
GFRning 
haddan 
tashqari 
«o’ta 
sanoatlashgan»iga
qaramay keyingi yillarda YaIM tarkibida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va
bandlar hissasining qisqarishi va xizmat ko’rsatish sohalari (bu tarmoq ulushi
YaIMda 37% dan iborat) ulushining ko’payib borishi xosdir. Bu jarayon moddiy
ishlab chiqarish tarmoqlarida ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini qo’llash (ishlab
chiqarish xizmatlarining ortishi) orqali mehnat unumdorligining ortishi, aholi
is’temoli tarkibining o’zgarishi va turmush darajasining yaxshilanishi, bo’sh
vaqtning ortishi va boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos jarayonlar
bilan bog’liqdir. Ayni vaqtda, yuqorida ta’kidlanganidek, Germaniya o’ziga xos
xususiyatga ega bo’lib, bu davlatning sotsial yo’nalishlaridagi iqtisodiy siyosati,
ta’lim, tabiatni qo’riqlash, sog’liqni saqlash, uy-joy qurilishi, sotsial ta’minot kabi
sohalarda davlatning faolligi milliy iqtisodiyotda xizmatlarning ortishiga ijobiy
ta’sir qilmoqda. Hozirgi vaqtda xilma-xil xizmatlar sohasida mehnatda bandlarning
57% (bundan savdo va transportda 19%), davlat boshqaruvi sohalarida esa 15%
band.
Transporti. Transport yo'llarining zichligi bo'yicha Germaniya jahonda oldingi 
o'rinlardan birini egallaydi. Yevropa kengashi bo'yicha sheriklari bilan bo'lgan iqti-
sodiy aloqalarning jadalligi va Yevropaning markazida joylashgani bilan bog'liq 
holda transportning barcha turlari rivojlangan. Transport tarmog`ning asosini 
temiryo'llar tashkil qiladi (44 ming km ga yaqin), shulardan 90 % i elektrlashtirilgan. 
Umumiy yuk aylanmasida asosiy o'rinni avtomobil transporti (60% atrofida) egal-
laydi, keyingi o‘rinlarda temiryo‘l transporti (20%), ichki suv (15%) va quvur 
transportlari turadi.
Yo'lovchi tashishda avtomobil transportining hissasi yanada yuqori (90% ga yaqin). 
transportining hissasi yanada yuqori (90% ga yaqin). Oliy darajadagi avtomobil yo'l-
larining umumiy uzunligi 11 ming km dan ortiq. Konteyner tashuvchi kemalarning 
tonnaji bo'yicha Germaniya, AQSH, Panama, Tayvandan keyingi 4- o`rinni egal-
laydi. Mamlakatning dengiz portlari yuk aylanmasi bo'yicha Yevropa davlatlarining 
yirik portlaridan pastroq o'rinlarni egallaydi. Eng yirik dengiz portlari Gamburg
Vilgelmsxafen, Bremen, Emden, Rostok hisoblanadi. Mamlakat tashqi aloqalarda 
dengiz transporti qatorida havo transporti ham muhim ahamiyatga ega. Barcha yirik 
yarmarka markazlarida aeroportlar mavjud. Jami Germaniyada 16 ta xalqaro 


20 
aeroportlar bor bo'lib, Frankfurt aeroporti Yevropada yuk tashish bo'yicha birinchi 
va yo'lovchi tashish bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi (Londonning "Xitrou” aero-
portidan keyin).
Germaniya sanoatining ulushlarda taqsimlanish. (9-rasm.) 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin